Mavzu: O'zbekistonda sement sanoati reja


E’tiborlisi, 2022-yilda 1,9 mln tonna sement import qilingan


Download 69 Kb.
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi69 Kb.
#1468092
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu O\'zbekistonda sement sanoati reja

E’tiborlisi, 2022-yilda 1,9 mln tonna sement import qilingan.
2022-yilning o‘tgan 10 oy davrida 9,5 mln dollarlik sement eksport qilindi. Birja savdolari orqali 6 mln 37 ming tonna sement sotilishi ta’minlandi.
Ma’lumot o'rnida, 1-chorakda tabiiy gaz tanqisligi kuzatildi va ushbu davrda 1,8 mln tonna sement ishlab chiqarilmadi.
2022-yilda "Qizilqumsement" AJ tomonidan umumiy qiymati 137 mln dollar bo‘lgan yillik quvvati 1 mln 800 ming tonna klinker ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, "Rash milk", "Namangansement" (II-bosqich), "Qarshi konch syement", “Farg'ona Yasin qurilish mollari” (2-bosqich), "Shaffof syement sanoati" va “Jaxon Yevro Servis" MCHJlari kabi syement ishlab chiqarish loyihalari o‘z faoliyatini boshladi.
2022-2023-yillarda syement ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshiriladigan investision loyihalarning manzilli ro‘yxatiga ko‘ra Andijon viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 1 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 ta, Navoiy viloyatida 1 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Samarqandda 2 ta, Toshkent viloyatida 1 ta, Farg‘ona viloyatida esa 2 ta yangi syement zavodlari barpo etish rejalashtirilgan.
Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2016-yil yakuni bilan Respublikamizda 8,6 mln tonna syement ishlab chiqarilgan. 2021-yilda 14,2 mln tonna, 2022-yilda esa bu ko‘rsatkich 15,2 mln tonnani tashkil etishi kutilmoqda. Shu jumladan mamlakatimizda yuqori markali syement ishlab chiqarishga ham alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, hozirgi kunda sanoat korxonalarida 5 mln tonnadan ortiq yuqori markali syement ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekistonda sement importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 401,7 ming tonnaga kamaygani haqida xabar bergan edik
Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling