Eviota sigillata
Download 230.5 Kb.
|
etologiya baliqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gallanuvchi germafroditizm
- Sinxron germafroditizm
- Protandriya xilidagi germafrodit baliqlar
- Protoginiya xilidagi germafrodit baliqlar
- Sinxron tipdagi germafrodit baliqlar
- Masxaraboz baliqlarning ultrabinafsha nurlarni ko’ra olishi aniqlandi
Baliqlar umurtqali hayvonlar ichida ko’p sonli, keng tarqalgan bir necha sinfni o’z ichiga oluvchi parafiletik kelib chiqishga ega organizmlardir. Ularning necha yil yashashi haqiqatdan ham ko’pchilikka qiziq bo’lishi aniq. Avval boshda shuni aytishimiz mumkinki, umurtqali hayvonlar ichidagi eng qisqa va eng uzoq yashaydigan organizmlar aynan baliqlar guruhiga oid hisoblanadi. Bundan avval dunyodagi eng qisqa umr ko’ruvchi baliq bezakli pakana buqabaliq (Eviota sigillata) ekanligi haqida xabar bergan edik. Bugungi maqolamizda esa sizga tanish bo’lgan ko’plab baliqlarning qayd etilgan maksimum yoshlari haqida xabarlashamiz. Misollar Ko’pchiligimizga ma’lum bo’lgan zog’ora baliq (Cyprinus carpio) o’rtacha 20 yilgacha yashashi mumkin, uning maksimal qayd qilingan yoshi 47 yilni tashkil etadi. Cho’rtan (Esox lucius) o’rtacha 7 yil yashaydi, maksimum qayd qilingan yoshi 30 yilga teng. Qoraqanot marvarid baliq (Austrolebias nigripinnis), Risso fonarbalig’i (Electrona risso) bir yil yashasa; sahro karptishi (Cyprinodon macularius), Oven karptishi (Cyprinodon radiosus) kabi baliqlar ikki yil; bahor g’orbalig’i (Forbesichthys agassizii), bantam quyosh balig’i (Lepomis symmetricus) uch yil va cho’chqa baliq (Orthopristis chrysoptera), farrosh baliq (Labroides dimidiatus) kabilar to’rt yilgacha yashashi aniqlangan. Yurtimiz suv havzalaridagi eng yirik baliq hisoblangan laqqa (Silurus glanis) 60 yildan 80 yilgacha yashashi mumkinligi qayd etilgan. Ummon oq balig’i (Caulolatilus princeps), oq laqqa (Ameiurus catus), Argentina farishta balig’i (Squatina argentina), dengiz nina balig’i (Hyporhamphus melanochir), Afrika pichoq balig’i (Xenomystus nigri), uzun burunli kapalak baliq (Chelmon rostratus), Atlantika yelkan balig’i (Istiophorus platypterus), qirmizi kafel baliq (Branchiostegus japonicus), elektr laqqa baliq (Malapterurus electricus) kabilar 10-15 yil oralig’ida yashaydi. Sport uslubida ovlanadigan eng mashhur baliqlardan bo’lgan Atlantika tarpon balig’i (Megalops atlanticus) 55 yilgacha yashashi qayd etilgan. Chuqur dengiz olabug’asi (Hoplostethus atlanticus) nomi bilan mashhur bo’lgan baliqni 1970-yillarda 30 yilcha yashaydi deb hisoblanilgan. Biroq 1990-yillarning boshida ushbu baliq otolitlarini (quloq suyaklari) izotoplar yordamida radiometrik usulda tekshirilganda bu baliq 149 yil yashani ma’lum bo’lgan. 2015-yilda Yangi Zelandiya poytaxti Vellington shahridan 1500 km sharqda joylashgan Tinch okeani suvlaridan tutilgan ushbu baliqning yoshi 230 da, Tasmaniya orollari atrofidan tutilgan namunalarda esa 250 da bo’lgani aniqlangan. Baliqlar ichida, nafaqat baliqlar ichida, balki butun umurtqalilar orasida uzoq yashashda Grenlandiya qutb akulasi (Somniosus microcephalus) ga yetadigani hozircha topilmagan. Olimlar tomonidan 2016-yilda ushbu akula ko’z shoh pardasini radiouglerod izotoplari orqali tekshirib ko’rilganda uning yoshi 392 ± 120 da ekanligi ma’lum bo’ldi. Germafrodit baliqlar haqida gap boshlashdan avval germafroditizm nima ekanligi haqida ozgina to’xtalib o’tsak. Normal holatda bir organizmda ham urg’ochilik, ham erkaklik jinsiy hujayralarining hosil bo’lish jarayoniga germafroditzm deb ataladi. Germafroditizm holati hayvonlardan asosan umurtqasizlar orasida, umurtqalilardan esa ayrim baliq turlarida uchraydi. O’simliklarning aksariyat vakili germafrodit hisoblanadi. Germafroditizm turlariHayvonlarda germafroditizmning bir qancha ko’rinishdagi xillari uchraydi: Gallanuvchi germafroditizmGermafroditizmning ushbu turi asosan baliqlar, qorinoyoqli molluskalar va o’simliklar orasida uchraydi. Gallanuvchi germafroditizmda organizm o’zining jinsini hayotining u yoki bu davrida muhitga yoki boshqa omillarga bog’liq ravishda o’zgartirib turadi. Gallanuvchi germafroditizmning ham bir qancha turlari mavjud: Protandriya – bunda organizm erkaklik jinsi bilan tug’iladi, keyinchalik esa urg’ochi jinsidagi organimga o’zgaradi. Protoginiya – bunda esa organizm urg’ochilik jinsi bilan tug’iladi, so’ngra erkaklik jinsidagi organizmga o’zgaradi. Ikki tomonlama jins o’zgartiruvchilar – bunday organizm urg’ochi yoki erkak bo’lib tug’iladi. Hayotining turli bosqichlarida o’z jinsini erkak yoki urg’ochilikka o’zgartiradi. Sinxron germafroditizmGermafroditizmning ushbu ko’rinishida organizm bir vaqtning o’zida ikkala jinsga mansub gametalarni hosil qila oladi. Germafroditizmning ushbu ko’rinishida o’z-o’zini urug’lantirish holati tez-tez ko’zga tashlanib turadi. Germafrodit baliqlarAyni vaqtdagi suyakli baliqlarning 2 foizi orasida germafroditizm uchrashi qayd etilgan. Quyidagi kladogramma orqali qaysi kladalarda germafrodit baliqlar uchrashini ko’rishingiz mumkin. Protandriya xilidagi germafrodit baliqlarMasxaraboz baliqlar (Amphiprion) – protandriya xilida germafroditizmni namoyon qiluvchi baliqlar hisoblanadi. Ushbu baliqlar korall riflarida dengiz anemoniyalari bilan birgalikda simbioz holatda yashaydi. Odatda bitta anemoniyada voyaga yetgan bitta yirik urg’ochi baliq, undan kichikroq erkak baliq hamda bir nechta mayda voyaga yetmagan erkak baliqlar yashaydi. Agar anemoniyadagi urg’ochi baliq yo’qolib qolsa (qaysidir boshqa kattaroq baliq yeb qo’ysa, o’lib qolsa, traulerlar tashlagan to’rga ilinsa), anemoniyadagi erkak baliq o’z jnsini o’zgartiradi va urg’ochi baliqqa aylanadi. Voyaga yetmagan erkak baliqlar orasidagi eng yirigi esa voyaga yetib uni urug’lantirish funksiyaga kirishadi. Protoginiya xilidagi germafrodit baliqlarMa’lumotlarga qaraganda gallanuvchi germafroditizm xususiyatiga ega 500 turdagi baliqlarning 75 foizida aynan protoginiya xilidagi germafroditizm kuzatiladi. Gubanlar (Labridae) oilasi vakillari aynan protoginiya xilidagi germafroditizmni namoyon qiladi. Gubanlar riflar orasida yashovchi, o’ziga xos noodatiy hayot tarziga ega baliqlar hisoblanadi. Ushbu baliqlar populyatsiyada ikki xildagi erkak individlar bo’ladi: boshlang’ich fazadagi erkaklar va terminal fazadagi erkaklar. Terminal fazadagi erkak baliqlar urg’ochi baliqlarni urug’lantirish uchun o’z hududini agressiv tarzda himoya qiladi. Ushbu hududdagi boshlang’ich fazadagi erkak baliq esa urg’ochi baliqlar bilan suzib yuradi va ular kabi tuxum qo’yib ko’payishi mumkin. Ular o’z hududini himoya qila olmagani uchun terminal fazadagi baliqlar bilan raqobatlashmaydi va urg’ochi baliq ko’rinishida hayot tarzini davom ettiradi. Gubanlar urg’ochi va erkak jinsida tug’iladi, lekin har ikkala jins ham terminal fazadagi erkak baliq bo’lma olmagani bois urg’ochi formada yashaydi. Qachonki hududdagi terminal erkak baliq o’lib qolsa yoki yo’qolib qolsa, boshlang’ich fazadagi erkak baliq yoki urg’ochi baliq terminal fazadagi erkak baliqqa aylanadi. Gubanlarga mansub O’rta yer kamalak gubani (Coris julis): urg’ochilik fazasi (chapda), erkaklik fazasi (o’ngda) Shu bilan birga 100 baliq turini o’z ichiga oluvchi to’tiqush baliqlar oilasi (Scaridae) ning aksariyat vakillari ham hayotini urg’ochi baliq ko’rinishida boshlab erkak baliq ko’rinishida davom ettiradi. Protoginiya xilidagi germafroditizm shu bilan birga Serranidae (tosh olabug’alar), Sparidae (dengiz tobon baliqlari), Synbranchidae (soxta ugorlar), Pomacanthidae (dengiz farishtalari), Gobiidae (qumbaliqlar), Lethrinidae (imperator oqcha baliqlar) oilalarining vakillari orasida ham uchraydi.
Ushbu xildagi germafrodit baliqlarga ko’k hoshiyali qumbaliq (Lythrypnus dalli) misol bo’la oladi. Bu baliq korall riflarida yashaydi. Ularning populyatsiyada ijtimoiy ierarxiya o’rnatilgach, u yerdagi baliqlar o’z jinsini avvalgi jinsi qanday bo’lishidan qat’iy nazar o’zgaritishga majbur bo’ladi. Bunda agar baliqda agressiv xususiyat mavjud bo’lsa erkak baliqqa o’zgaradi, bunda uning avval erkak yoki urg’ochi ekanligiga qaralmaydi. Agar baliq avvalda bo’ysunuvchi xulq-atvorga ega bo’lsa, u holda u urg’ochi jinsiga o’zgaradi. Sinxron tipdagi germafrodit baliqlarAtlantika okeanidagi Karib dengizi va Meksika bo’g’ozidagi riflarda yashovchi hamlet (Hypoplectrus) urug’i vakillari (18 turi mavjud) umurtqalilar orasidagi kamdan-kam holatda uchraydigan sinxron germafrodit baliqlar hisoblanadi. Boyaga yetgan ushbu urug’ vakillari organizmida bir vaqtning o’zida ham urg’ochi, ham erkaklik jinsiy hujayralari yetiladi. Lekin odatda hamletlar o’z-o’zini urug’lantirmaydi. Ular o’z rangiga mos keladigan sherik tanlab bir birini urug’lantiradi. Urug’lanish jarayonida bir baliq bir gal urg’ochi baliq rolni o’ynasa, keyingi gal erkak baliq rolini o’ynaydi. Hamletlar urug’lanish vaqtida o’ziga xos qisqa chastotali tovush chiqaradi. Masxaraboz baliqlarning ultrabinafsha nurlarni ko’ra olishi aniqlandiDunyoga mashhur Scientific Reports ilmiy jurnalida kecha chop qilingan maqolada Avstraliyaning sharqiy qirg’oqlarida joylashgan Buyuk baryer riflarida yashovchi Baryer rif masxaraboz balig’i (Amphiprion akindynos) ning ultrabinafsha nurlarni ko’ra olishi, ushbu nur yordamida u o’z ozuqasi va o’z “do’stlari”ni ajrata olishi aniqlanganligi haqida so’z boradi. Masxaraboz baliqlar Pomacentridae oilasining Amphiprioninae kenja oilasiga mansub baliqlar bo’lib, ularni tanasidagi sariq va oq rangdagi dog’lardan osongina ajratib olish mumkin (Nemoni eslang!). Bu baliqlar doimiy ravishda dengiz aktiniyalari bilan simbiozlikda hayot kechiradi. Tadqiqotchilarni ushbu baliqlarning yashash muhitidan kelib chiqib qanday ko’rishi juda qiziqtirgan. Tadqiqotchilar dastlab maxsaraboz baliqning ko’rish jarayonini nazorat qiluvchi gen va undan sintezlanadigan oqsilga e’tibor qaratishgan. Boisi ko’rish jarayonida hosil bo’ladigan oqsildan foydalangan holda organizm qabul qila oladigan yorug’lik to’lqinini aniqlash mumkin. Tajribada aniqlanishicha, maxsaraboz baliqlarning ko’zlaridagi fotoretseptor yorug’likdagi binafsha rangni va ultrabinafsha nurni farqlay olishadi. Ushbu xususiyat ularga o’z sheriklari bo’lgan boshqa masxaraboz baliqlarini va o’zlarining doimiy yashaydigan aktiniyalarini osongina tanib olish imkonini beradi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha ushbu baliqlar suv yuzasiga yaqin bo’lgan pelagik muhitda yashaydilar. Bunday chuqurlikka ultrabinafsha nurlar bemalol tusha oladi, bu nur aktiniyalarning o’sishda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa maxsaraboz baliqlar ultrabinafsha nurini yuta oladigan zooplanktonlar bilan oziqlanadilar. Bunday zooplanktonlar umumiy fonda baliqqa qora nuqtalar ko’rinshida ko’rinadi va baliq ularni osongina farqlab oladi. Baliq tanasidagi oq rangli dog’lar ultrabinafsha nurlarni o’zida akslantirgani bois ham maxsaraboz baliqlar o’z turdoshlarini boshqa baliqlar ichidan farqlay oladilar. Maxsaraboz baliqlar bilan oziqlanuvchi boshqa yirik yirtqich baliqlar ushbu nurni ko’ra olmaydi va bu jihatdan maxsaraboz baliqlar ustun turadi va o’z dushmanidan osongina qochib keta oladi. Ko’pchilik odamlar baliqlarning no’xatdekkina miyasi bor va ular kun bo’yi uyoqdan buyoqqa suzishdan boshqa ish qilmaydi deb o’ylashadi. Bundan ham yomoni ko’pchilik “Nemoni izlab” multfilmidagi Dori kabi baliqlarning xotirasi atigi 3 soniyadan iborat xolos, shu bois ular o’zlarining kichik akvariumlarini o’zlari uchun qayta va qayta kashf etadilar deb hisoblashadi. Aslida ham shundaymi? Avstraliyadagi Makkuori universiteti etolog-ekologi Culum Brown o’zining “Hayvonlarning ongi: shunchaki yoqimli chehra emas” nomli maqolasida bu haqida quyidagicha fikr bildiradi: Baliqlar ko’pchilik o’ylagandan ko’ra aqlliroq jonivorlardir. Ko’pgina jihatdan, jumladan xotira maydonlariga ko’ra ular “yuksak” umurtqalilar, xususan odamsimon bo’lmagan primatlar bilan teng, hatto ulardan ustun turadi”. Miya hajmi yoki massasining tana hajmi va massasiga nisbatiga qaraganda ham baliqlar ko’pgina hayvonlardan oldinda ekanligini ko’rish mumkin. Masalan, Afrika suvlarida yashaydigan uzun burunli fil baliq (Gnathonemus petersii) miyasining massasi tana massasiga nisbatiga ko’ra barcha umurtqalilar ichida eng yirik miyali jonivor hisoblanadi (hatto odamdan ham), miyaning kislorod qabul qilish hajmiga ko’ra ham barcha umurtqalilar ichida birinchi o’rinda turadi (odamdan uch marotaba yuqori). Aynan baliqlarning xotirasi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlarga e’tibor beradigan bo’lsak, ko’pchilik baliqlarning doimiy xotirasi bir necha oydan bir necha yilgacha davom etishini ko’rishimiz mumkin. Masalan, tadqiqotchi S.G.Reebs o’zining “Baliqlarning uzoq muddatli xotirasi” maqolasida kanal laqqachasi (Ictalurus punctatus) o’ziga ovqat berib yurgan odamning ovozini 5 yildan keyin ham eslagani yoki tillarang tobon baliq (Carassius auratus) o’ziga ovqat beriladigan idish rangini uni bir yildan keyin ko’rganidan keyin darrovda tanib olgan (ushbu ikki baliq turi O’zbekiston suv havzalarida uchraydi). Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Quyida ushbu maqolaning to’liq matni bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Gidroakustika, okeanning ko'kragiga quloq solib, uning hayotidan zavqlanmoqda. Bu biz uchun qiyin: havo-suv chegarasida tarif juda yuqori. Bu erda, bir vositadan ikkinchisiga o'tish paytida deyarli barcha ovoz energiyasi so'riladi (foizdan minus). Baliqlar orasida bulbullar yo'q. Ularning "vositalari" juda ibtidoiy. Tovush suzish pufakchalarini siqish, zirhning ziraklarini, kimda kim bor yoki gill qoplamalari, tishlarini g'ijirlatish va hatto umurtqadagi umurtqa pog'onalar orqali amalga oshiriladi. Tegishli tovushlar: jang, qichqiriq, qichqiriq, twitter, xafa bo'lish. Ko'rayotganingizdek, orkestr Krilov kvarteti kabi yig'iladi. Baliqlarning o'zlarini eshitish nimaga o'xshaydi ?! Va ular eshitishadi, garchi quloqlarini suzib o'tirgan baliqni tasavvur qilish qiyin bo'lsa ham. Ammo u baribir ichki, ichki narsalarga ega. Ko'zning orqasida toshbo'ronli xaftaga tushgan vesikul (ko'pincha jingalak) joylashgan. Ular tovush to'lqinlarining ta'siridan tortib nervlarga ushbu signallarni miyaga uzatadi. Baliqlarni eshitish bo'yicha tajribalar uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Bundan qirq yil muqaddam akademik I.P.Pavlovning shogirdlari suv tepasida ham, suvda ham joylashgan telefon jiringlayotganini aniqladilar. 1938 yilda taniqli nemis etiologi Karl Frishch "Baliqlarda eshitish hissi" asarini nashr etdi, unda u gudjonlar bilan o'tkazgan tajribalari haqida gapirdi. Ular hushtak yoki vilkalar signaliga binoan ovqatlanishni o'rgandilar. Ularning ovozini hatto 30 metr narida ham eshitishdi. Keyinchalik ular minovlarning eshitishlari odamlarga nisbatan qanchalik nozikligini ko'rib chiqdilar. Akvariumlari yonida ular boshqa kattaroq o'lchamlarni qo'yishdi. Bir kishi u erda yotdi va suv ostiga g'arq bo'ldi, shu payt ovozli signal eshitildi. Unga bo'lgan munosabat bo'yicha, minovchilar uni boshqa akvariumda "odamdan ham yaxshiroq" deb eshitishgan. Keyin ular baliq tovushlarning musiqiy tonaligini tushunishlarini sinab ko'rishdi. Ma'lum bo'lishicha, baliq ikkita oktavani bir oktava oralig'i bilan ajratib turadi. Biror kishi uchun bu juda oddiy ish. Ammo musiqiy quloqdan mahrum bo'lgan har bir kishi notalar orasidagi farqni bir ohang oralig'i bilan eshita olmaydi. Va minnows mumkin! Biz biron bir ritmik musiqaning skripkasini (bass registrida) chalinayotganda minovlar "raqsga tushayotgan" kabi ko'rinishini, tez-tez ko’krak suzgichlari bilan tebranishini sezdik. Ular baliq ovlash vositasini tashlashdan oldin, ayniqsa buning uchun olib kelingan skripkada yoqimli musiqa ijro etgan baliqchi haqida gapirishadi. Baliq uyqudan uyqudan uyg'onganga o'xshar va suvda xo'rsindi. Hatto yaxshi ovqatlanganlar ham ilgakni davom ettirishdi Baliqqa yana nimani o'rgatish mumkin? Aytaylik ranglar boshqacha. Aniqroq, baliqning o'zi ularni tug'ilishdan ajratib turadi va siz uni ma'lum bir signalga muvofiq ozuqa ortidan borishga o'rgatishingiz mumkin. Eng yaxshi baliqlar sof ohanglarni tanlaydi: binafsha, yashil va ko'k. Ammo bu nafaqat. Biz ularning turli rangdagi soyalarga qanday munosabatda bo'lishlarini tekshirdik. Bu borada ularning qobiliyatlari odamlarda bir xil edi. Akvaryumga ozuqa berishdan oldin tushirilgan baliq va signal ob'ektining shaklini ajrating. Doira va kvadrat o'rtasidagi farqni yoki kvadrat va xoch o'rtasidagi farqni ko'rish ular uchun oddiy vazifadir. Bundan tashqari, ular hatto aylanani ellips bilan aralashtirib yubormaydilar. Ko'p baliqlardan eng yaxshi qobiliyat minnows tomonidan namoyish etildi. Agar mashg'ulot paytida baliqning bir ko'zi yopiq bo'lsa, u holda "o'rgatilgan" ko'zni yopib qo'ygan taqdirda ham pog'onalar barcha ko'tarilish va pastlarni eslab qoladi. Afrika tilapiya baliqlari ma'lum bir dastani bosib oziq-ovqat olishga o'rgatilgan. Ushbu tajribada baliq xuddi shunday vaziyatda, aytaylik, kalamush yoki maymundan ham murakkabroq muammoni hal qildi: oxirida baliqlarda yaxshi boshqariladigan oyoq-qo'llar yo'q. Tilapiyaning shartli shartli refleksi bir necha oy davomida saqlanib turdi. "Ba'zi baliqlarga to'siqni, hatto stakanni ham (ular ko'rmayotgan narsani) o'rab olishni o'rgatish mumkin ... Rassell shunchaki shish paydo bo'lganida oziq-ovqatni topib, shishani tezda va tez suzishni o'rganishni ko'rsatdi ... Mashg'ulot egri ko'rsatganidek, xatolar soni shunchalik tez kamayadi. bu holda, ehtimol, biz aql haqida gapirishimiz mumkin ”(Remi Chovin). Agar uning oldidagi to'siq teshiklari bo'lsa, ularni tezda topib, ulardan biriga suzsa, betta bilan kurashadigan baliq juda yaxshi. To'siqdan muvaffaqiyatli o'tish baliqlarga ushbu tajribani eslab qolish uchun etarli. Va kelajakda u har doim o'zi tanlagan yo'ldan bordi, hatto to'siqni engish osonroq bo'lsa ham. Masalan, to'siq ko'tarilgan bo'lsa, uning ostida suzish. Devor yanada balandroq ko'tarildi, shunda baliq tomonidan topilgan tuynuk endi suv ustida edi, shunda baliq suvdan sakrab suvga sakrab tushdi. Boshqa bir tajribada, tsiklid balig'i tubdan ikki santimetr balandlikdagi to'siqni maxsus tarzda engib o'tdi: ular yonma-yon yotar va tom ma'noda qism ostidan o'tdilar. Oltin baliqlari kichik halqa orqali suzish yoki suvda o'lik halqa yasash - loop orqali halqa qilishni buyuradi. Ko'rib turganingizdek, baliqlarni tarbiyalashadi. Va ushbu o'quv dasturida perch, minno, sazan va baliq baliqlari eng yaxshi qobiliyatlarini namoyish etdilar. Biroq, tajriba o'tkazuvchilarning tanlovi kam edi: odatda ular faqat chuchuk suv baliqlari bilan cheklangan. Ko'p dengiz qobiliyatlari yuqori bo'lishi mumkin. Ko'p baliqlarning o'ziga xos hududi bor. Ierarxiya mavjud (va allaqachon muhokama qilingan Malabar zebrafish bu erda yolg'iz emas). Akvaryumlarda, quyosh baliqlarining xatti-harakatlarini kuzatayotganda, eng katta baliqlar ularning etakchilari ekanligi aniqlandi va butun maktab ularni hamma joyda, ayniqsa labirintda kuzatib boradi. Hatto uning o'ynash harakatlari, masalan, suvdan sakrab tushib, etakchidan keyin yugurib, “rahbardan keyin boshqa evolyutsiyalarni amalga oshirdi”. Umuman olganda, baliqdagi ko'plab shartli reflekslar juda oson va tez sodir bo'ladi. Bundan tashqari, tirnash xususiyati beruvchi moddalar juda farq qilishi mumkin: tovushlar, narsalar, suv harorati, uning sho'rlanishi va rangi, hidlar, suvning kislotaligi, mexanik va elektr agentlari. O'rganish ayniqsa baliqlarni suruvda ushlab turganda juda yaxshi, va agar ular orasida kamida bitta mashq qilingan baliq bo'lsa, ular unga amal qilishadi va uning harakatlarini takrorlashadi. Ushbu taqlid “keyingi refleks” deb nomlandi. Ko'pgina etologlar baliqlarga taqlid qilishning g'ayrioddiy sovg'asi o'z jamoalarini o'ziga xos pul qutisi, turli xil ma'lumotlar to'plamiga aylantiradi, degan fikrga moyil. Axir, bu erda allaqachon mavjud bo'lgan bitta baliq, chap tomonda ovqatlanish joyi ekanligini eslash, shu yo'nalishda tez harakat qilish kerak va uni qo'shni, keyin boshqasi, uchinchisi takrorlaydi va keyin hamma. Download 230.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling