Mavzu. O'zbekistonda statistikani tashkil etilishi xususiyatlar


Download 207.05 Kb.
bet9/12
Sana10.01.2023
Hajmi207.05 Kb.
#1086603
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'zbekistonda statistikani tashkil etilishi xususiyatlar

5-chizma. Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari.

  1. Kuzatish organi – bu statistik kuzatishni bevosita tashkil qiladigan va o’tkazadigan tashkilotlardir. Ularning nomma-nom ro’yxati hamda huquq va vazifalari kuzatishning tashkiliy rejasida belgilanib olinadi. Masalan, respublika miqyosida o’tkaziladigan kuzatishlar rejasini O’zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo’mitasi ishlab chiqadi.

  2. Kuzatish vaqti va muddati - kuzatishni qachon va necha kunda amalga oshirishni aniqlaydi. Masalan, 1989 yilgi aholi ro’yxati 12 yanvardan 19 yanvargacha bo’lgan, ya’ni 8 kun davomida o’tkazilgan. Shu davr aholi ro’yxati uchun kuzatish muddati bo’lib hisoblanadi.

Hisobot vaqti – olinayotgan ma’lumot qaysi vaqtga tegishli bo’lgan davr bilan o’lchanadi. Masalan, bir oylik hisobotda joriy oy hisobot vaqti bo’lsa, kuzatish vaqti esa ushbu hisobot taqdim etilishi lozim bo’lgan muddat bilan belgilanadi. Bu muddat odatda hisobot oyidan keyingi oyning 2 yoki 3 kuni bilan aniqlanadi.
Kritik fursat (moment)li deyilganda, ma’lumotlarni vaqt (daqiqa, soat, kun) ga to’g’irlab (moslab) ro’yxatga olish tushuniladi. Aynan shu holatga nisbatan xodisalar ro’yxatga olinadi. Masalan, 1989 yilgi aholi ro’yxatida kritik fursatli 11-yanvardan 12-yanvarga o’tar kechasi –soat 24-00 ga belgilangan edi. Mavjud aholi aynan shu fursatga to’g’irlab ro’yxatga olingan, ya’ni 12-yanvar soat 00 gacha tug’ilgan bolalar ro’yxatga olingan, undan keyin tug’ilganlar esa ro’yxatga olinmagan. Shu vaqtgacha o’lganlar esa ro’yxatdan o’tmagan.
Kritik fursatni belgilash:

    • birinchidan, ro’yxatga olinadigan ma’lumotlarni xuddi bir fursatning o’zida rasmga tushirgandek bo’ladi;

    • ikkinchidan, takror (ya’ni bir kishini ikki marotaba) hisobga olishdan xoli qiladi;

    • uchinchidan, ro’yxatni belgilangan muddatda tugatishni ta’minlaydi.

  1. Kuzatish joyi deyilganda, kuzatish qayerda o’tkazilishi lozim bo’lgan joy tushuniladi. Uni belgilash ayniqsa joyi o’zgarib turishi mumkin bo’lgan xodisalarni kuzatayotganda juda katta ahamiyatga egadir. Agarda, o’rnatilgan stanoklar ro’yxatga olinayotgan bo’lsa, u holda kuzatish joyini belgilab olish uncha qiyin emas, chunki bu stanoklar doimo bir joyga biriktirib qo’yilgan.

Agarda, aholi ro’yxatga olinayotgan bo’lsa, u holda kuzatish joyini aniqlab olish juda ham qiyin, chunki aholini aynan qaysi joyda ro’yxatga olish kerak: yashash joyidami yoki ishlayotgan joyidami, degan savolni yechib olish zarur bo’ladi. Aholi doimo, shu jumladan, 1989 yilda ham yashayotgan joyida ro’yxatga olingan.

  1. Kadrlarni tanlash va o’qitish. Bunda kuzatishni samarali va sifatli o’tkazilishi unda qatnashadigan kishilarning tayyorgarlik darajasiga bog’liqdir. Shu sababli kuzatishni o’tkazishdan bir muncha oldin uni o’tkazuvchi mas’ul kishilar bilan maxsus mashg’ulotlar olib boriladi. Kuzatish reja va dasturdagi har bir savolning mazmuni, uni qay tartibda ro’yxatga olish, formulyalarni qay tartibda to’ldirish kabi masalalar o’quv jarayonida birma-bir ko’rib chiqiladi. O’qish muddati tugashi bilan ro’yxatda qatnashadigan mas’ul kishilarga tayyorlov kurslarini o’tganliklari haqida maxsus hujjat beriladi.

  2. Kuzatish varaqalarini ko’paytirish va kerakli joylarga jo’natish. Bunda kuzatish formulyarlarini, blankalarini, varaqalarini, ko’rsatmalarni tayyorlash, ularni joylarga tarqatish kabi masalalar ham kuzatishni o’tkazishdagi tashkiliy masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Kuzatish, ayniqsa, aholi ro’yxatini o’tkazish munosabati bilan omma orasida kuzatish maqsadi va vazifalari haqida tushuntirish ishlarini keng ko’lamda yo’lga qo’yish muhim ahamiyatga egadir.




Download 207.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling