Reja: Retseptura blankalarini to‘ldirish va retseptlarni rasmiylashtirish


Download 7.53 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi7.53 Kb.
#1507831
Bog'liq
O\'bekiston res retseptura


Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi prezidentining retsepturaga asoslangan qonun va farmoyishlari

Reja:

1.

Retseptura blankalarini to‘ldirish va retseptlarni rasmiylashtirish

Tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun ambulatoriya-poliklinika muassasalariga biriktirilgan bemorlarga imtiyozli berish uchun mo‘ljallangan dori vositalari ushbu muassasa rahbarining buyrug‘i bilan belgilangan mas’ul shaxs tomonidan davolovchi vrachlarning tayinlashiga muvofiq mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi Talabnoma asosida beriladi.


Retsept davolovchi vrachning imzosi va shaxsiy muhri, ambulatoriya-poliklinika muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul shaxsning imzosi hamda ambulatoriya-poliklinika muassasasining dumaloq muhri bilan tasdiqlanadi. Retseptning yuqori chap burchagida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ambulator-poliklinika muassasasining shtampi, yuqori o‘ng burchagida bemorning toifasi aks ettiriladi

Retseptda bemorning holatiga qarab bir davolash kursidan ortiq bo‘lmagan hajmda faqat bitta dori vositasi yoziladi. Retseptura blankalari aniq va tushunarli tarzda to‘ldiriladi hamda ularga tuzatishlar kiritish taqiqlanadi. Retseptda suyuq dori vositalari miqdori millilitrlar va tomchilarda, boshqa dori vositalari miqdori esa, grammlarda ko‘rsatiladi. Retseptura blankalari 105 x 148 mm. o‘lchamda, koreshoklari esa, 70 x 148 mm. o‘lchamda bosmaxona usulida chop etiladi.


2. Retseptura blankalari va retseptlarni hisobga olish, saqlash va yo‘q qilish

Retseptura blankalarining mas’ul shaxs tomonidan saqlanishi, hisobga olinishi va berilishi har oyda kamida bir marotaba ambulatoriya-poliklinika muassasasining Doimiy faoliyatdagi hay’ati tomonidan tekshiriladi. Buzilgan yoki yaroqsiz holga kelgan retseptura blankalari ambulatoriya-poliklinika muassasasining Doimiy faoliyatdagi hay’ati qaroriga muvofiq dalolatnoma asosida yo‘q qilinadi.


Retseptura blankalari mas’ul shaxs tomonidan qulflanadigan metall shkafda (seyfda) saqlanadi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini (bundan buyon matnda bemorlar deb yuritiladi) imtiyozli asosda dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha retseptura blankalarini to‘ldirish, dorixonalar tomonidan retseptlarni rasmiylashtirish, retseptura blankalarini va dori vositalarini bepul berish uchun yozilgan retseptlarni hisobga olish, saqlash va yo‘q qilish tartibini belgilaydi:

Oldingi tahrirga qarang:


1. Bemorlarni dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlash dori vositalarini ambulatoriya-poliklinika muassasalari orqali yoxud dorixonalar orqali berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 105-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2509-1 04.09.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 967-modda)
2. Bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish bemorlar ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrachlarning tayinlashi bo‘yicha bepul beriladi.
3. Bemorlarga dori vositalarini imtiyozli berish dorixonalar tomonidan bemor ambulatoriya tartibida davolanadigan ambulatoriya-poliklinika muassasasida davolovchi vrach tomonidan yozilgan imtiyozli berish retsepti (bundan buyon matnda retsept deb yuritiladi) asosida bepul beriladi.
4. Tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun ambulatoriya-poliklinika muassasalariga biriktirilgan bemorlarga imtiyozli berish uchun mo‘ljallangan dori vositalari ushbu muassasa rahbarining buyrug‘i bilan belgilangan mas’ul shaxs tomonidan davolovchi vrachlarning tayinlashiga muvofiq mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi Talabnoma asosida beriladi.
5. Talabnoma ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqini tasdiqlaydigan hujjat (hujjatlar) asosida yoziladi.
6. Talabnoma dori vositasining savdo nomi, o‘ram turi, qadoqlash va shu kabilar ko‘rsatilgan holda ikki nusxada yoziladi. Talabnoma ambulatoriya-poliklinika muassasasining rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanishi va dumaloq muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Talabnomaning birinchi nusxasi (dori vositalari olinganligi to‘g‘risida mas’ul shaxsning tilxati bilan birgalikda) ambulatoriya-poliklinika muassasasi dorixonasida qoladi, ikkinchi nusxasi esa — mas’ul shaxs dori vositalarini olganidan keyin unga qaytariladi.
7. Mas’ul shaxs tomonidan olingan dori vositalari haqida har oyning yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Dori vositalari harakati to‘g‘risida hisobot tuziladi.
Yakuniy qoidalar
Shaxslarning ayrim toifalariga dori vositalari asossiz tayinlanganligi uchun davolovchi vrach javob beradi. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.

E’tiboriz uchun rahmat


Download 7.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling