Mavzu: O’zbekistonda texnika obyektlarining patent sofligini aniqlash zaruriyati


Download 14.84 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi14.84 Kb.
#268825
Bog'liq
Mavzu texnika patenti


Mavzu: O’zbekistonda texnika obyektlarining patent sofligini aniqlash zaruriyati

Patentlash – O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari, korxonalari, ayrim fuqarolarining chel el patentlari va boshqa tegishli muhofaza hujjatlarini ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalariga olish maqsadida, shuningdek tovar belgilarini amalga oshiriladigan barcha ishlar majmui. Patentlar, savdo belgilari va litsenziyalarni mohiyatini Kouz teoremasida keltirilgan qonuniyat bilan tushuntirish mumkin. Kouzning fikricha patentlash jarayoni faqat iqtisodiy samarani emas, balk atrof muhit tozaligi va xavfsizligi masalasini o‘z ichiga olishi shart. Patent berayotganda patent egasiga atrof muhitni ifloslantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va soliq tizimi tomonidan alohida yondashuvni ham vazifa yoki burch sifatida berish mumkin



Texnika obektlarining patentga loyiqligini va patent sofligini aniqlash tartibi. Sanoat mulklarini patentlash bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlar bilan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy aloqalari rivojlanishi munosabati bilan patent tavsifidagi boshqa masalalar ham yuzaga keladi. SHulardan biri, O‘zbekiston Respublikasi sanoat mahsulotlari (mashina, qurilmalar) ning, shuningdek texnologiya jarayonining patent sofligini aniqlash hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi korxonalari chiqarayotgan buyumlar uchun patent sofligini ta’minlash zarurati mamlakat uskunalarini eksport qilish bilan bog‘liq tarzda yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari chel elda korxonalar qurilishiga texnikaviy hamkorlik qilish va chel el firma hamda tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasiga beradigan patentlari sonining ko‘payishi tufayli ham shunday zarurat paydo bo‘lmoqda. Patent sofligi - patent egasining huquqiy obekti bilan bog‘liq tushuncha. Patent egasi huquqining buzilishi bir qator mamlakatlarda tovarlarni ushlab olish, jarima solish, ba’zan esa jamoa olishgacha olib keladi. Patent egasi, shunday qoidabuzarlik tufayli ko‘rgan zararini qoplashni talab etishi mumkin.

Qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish usullari yoki qandaydir boshqa obektlar qaysi mamlakatda amal qilayotgan patentga xilof bo‘lmasa, shu mamlakatda patent sof hisoblanadi. Patent sofligi tushunchasini patentga loyiq tushunchasi bilan aralashtirmaslik lozim. O‘rtadagi farq avvalo shundan iboratki, "patent sofligi" atamasini moddiy obektlar (mashina, qurilmalar va h.k.) ga taalluqli, "patentga loyiq" atamasi esa texnikaviy echimga tegishli. Patent sofligi deganda, muayyan buyum begona patent ta’siri ostiga tushib qolmasligi nazarda tutiladi. Patent sofligiga ega buyum boshqa mamlakatlarda mavjud bo‘lgan patentlarga xilof bo‘lmaydi, shuning uchun unga nisbatan boshqa patent egalari tomonidan hech bir da’vo bo‘lmaydi. Agar buyumdagi texnikaviy echimga patent olish mumkin bo‘lsa, unda bu echim patentga loyiq hisoblanadi. Patent sofligi va patentga loyiqlik masalasi bir vaqtda yuzaga kelishi mumkin, lekin ularning mohiyati har xil. SHunday qilib, patent sofligi texnika obektining huquqiy xossasi bo‘lib, u mazkur mamlakatlarda amal qiluvchi patentlar mutlaq huquqi uchinchi shaxsga taalluqli degan xavfdan holi, erkin foydalanish mumkinligidan iboratdir. Patent sofligi qandaydir bir mamlakatga nisbatan yoki bir necha mamlakatlarga nisbatan ta’minlanishi mumkin. Sanoat mulklariga bo‘lgan huquqning hududiy tavsifiga ko‘ra, qandaydir texnika obekti (buyum) patenti, masalan, AQSHda berilgan patent ta’siri ostida bo‘lishi mumkin, shu bilan birga Hindistonga nisbatan patent sofligiga ega bo‘lishi mumkin. Patent sofligini aniqlash, u yoki bu mamlakatda berilgan patentning amal qilish muddati bilan ham bog‘liq.
Download 14.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling