Mavzu: O‘zbekistonda tijorat banklarining muammoli kreditlari va ularni kamaytirish yo‘llari


Tijorat banklarida mavjud muammoli kreditlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari


Download 487 Kb.
bet7/8
Sana22.04.2023
Hajmi487 Kb.
#1378057
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mamanazarov Abdurahim

5. Tijorat banklarida mavjud muammoli kreditlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari
Muammoli kreditlarni bartaraf etish bo'yicha normativ hujjatlar sanoqli
bo'lganligi sababli mavjud muammoli kreditlari bilan kurashish yo'lini bankning o'zi belgilaydi.
Bankdan olgan kreditlarini o'z vaqtida to'lash majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorlarni to'lovga qobiliyatsiz deb e'lon qilishi va bu haqda matbuotda xabar berishi mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrot deb topishni so'rab, xo'jalik sudida da'vo qo'zg'atish huquqiga ega.
Banklarda yuzaga kelgan muammoli kreditlarni berish belgilariga qarab quyidagi guruhlarga bo'lib, tasniflash maqsadga muvofiqdir. Bular:

  • Bankning o'z qarori bo'yicha berilgan kreditlar;

  • Hukumat qarori bo'yicha berilgan kreditlar;

  • Vazirliklar kafolati bo'yicha berilgan kreditlar;

  • Boshqa turli qaror va kafolatlar bo'yicha berilgan kreditlar.

Agar bank barcha riskni o'ziga qabul qilgan holda o'zi kredit berishga qaror qilib, bu kredit bo'yicha muammolar yuzaga kelgan bo'lsa, u holda bank mijozning aksiyadorlik munosabatini ko'rib chiqishi lozim. Agar mijoz bankning aksiyadori bo'lsa, kreditni qaytarish masalasini uning aksiyadorlik jamiyatidagi salmog'i hisobidan amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir. Mabodo kredit hukumat yoki vazirliklar kafolati bo'yicha berilgan bo'lsa, Sh. Z. Abdullayeva tomonidan u kreditlarni undirishning quyidagi yechimi taklif qilingan.
Moliya Vazirligida hukumat kafolati bo'yicha berilgan, lekin muammoli kreditlarga aylangan kreditlar bo'yicha ish olib boruvchi agentlik-emitentlarni tashkil qilish lozim. Bu agentlikka obligatsiyal ar chiqarish huquqi berilib, muammoli kreditlar bo'lgan banklar shu obligatsiyalarni sotib olish yo'li bilan muammoli kreditlar salmog'ini qoplashi mumkin. Obligatsiyalar uzoq muddatga ega bo'lgan hollarda banklar ular bo'yicha dividend olish imkoniga ega bo'lishlari lozim. Muammoli kreditlar bozorini tashkil qilib unda muammoli kreditlarni va ular bo'yicha banklar olgan obligatsiyalarni sotishni yo'lga qo'yish lozim. Muammoli kreditlar yuzaga kelish sabablari bo'yicha bir-biridan farq qilsada, ularning oldini olishda quyidagi yondashishlar qo'l kelishi mumkin.
Bunda: qarzni restrukturizatsiya dasturini ishlab chiqish;

  • qo'shimcha hujjatlar va kafolatlar olish;

  • qo'shimcha fondlarni to'xtatish yoki qo'shimcha inyeksiya qilish;

  • garovni sotish;

  • boshqa aktivlarni sotish;

  • kafolat bo'yicha to'lovni talab qilish;

  • boshqaruvni almashtirish;

  • menejment ishlarini olib borish;

  • huquqiy ishlarni ko'rib chiqish va boshqalar.

Bizga ma'lumki, tijorat banklarining ishonchliligi va barqarorligini ta'minlash va mustahkamlash Markaziy bank tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Shuning uchun banklar tizimining samarali va barqaror faoliyat ko'rsatishini ta'minlash masalasi turli mamlakatlar Markaziy bankining asosiy vazifalari dan hisoblanadi. Har bir mamlakatda bu sohada o'rnatiladigan nazorat Markaziy bank tomonidan tijorat banklarida ularning aktivlari bo'yicha mumkin bo'lgan yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar tashkil qilish va uni doimo barqaror ushlash masalasini qo'yadi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar sifatining pastligi, ularni to'lash bo'yicha muammolarning ko'pligi bank faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va bank tomonidan kredit siyosatini tuzish va uni olib borishda ma'lum kamchiliklarga yo'l qo'yilganidan dalolat beradi. Ba'zi banklar tomonidan berilgan kreditlar sifatini pastligini quyidagi sabablar tufayli, ya'ni birinchidan, kreditlar berishda mijozning kreditga layoqatlilik ko'rsatkichlari, ularning moliyaviy ahvolining yaxshi tahlil qilinmaganligi, ikkinchidan, kreditning ta'minlanganligi to'g'ri aniqlanib, rasmiylashtirilmaganligi va uchinchidan, o'z vaqtida, to'g'ri kredit monitoringi o'tkazilmaganligi tufayli yuzaga kelgan deb xulosa qilish mumkin.
Tijorat banklari faoliyati, ayniqsa kreditlash jarayoni risk bilan bog'liq. Shu sababli banklar faoliyatining barqarorligini ta'minlashda kredit portfelini oqilona boshqarish muhim o'rin tutadi. Fikrlarni yagona tizimga jamlagan holda muammoli kreditlarga quyidagicha ta'rif berish mumkin: kredit risklarini amalda yaqqol namoyon bo'lishining natijasi bo'lib, obyektiv va subyektiv sabablarga ko'ra, kredit shartnomasi shartlarining buzilishi oqibatida, "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kreditlar kategoriyasiga o'tib qolgan kreditlar muammolidir.


Xulosa
Aksariyat hollarda “muammoli kredit”ning belgilari kreditlash jarayonining dastlabki bosqichida, ya'ni kredit so‘rab murojaat qilgan mijozning arizasini ko‘rib chiqish davrida yuzaga keladi. Chunki, uning kredit tarixi to'liq o'rganilmaydi, moliyaviy hisobotining haqiqatda to‘g‘ri tuzilganligiga hech kim kafolat bermaydi, faqat bankning o‘zigina hisobotni tahlil qilish vaqtida va mijoz bilan suhbatjarayonida o'rganishi mumkin. Muammoli kreditlarni bartaraf etish va ularning olidini olish bo'yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun qo‘llash katta samara beradi.
Jumladan, kredit riskini aniqlash, muammoli kreditlar bilan ishlar metodlari puxta ishlab chiqilmaganligi hamda tajribali mutaxassislarning yetarli emasligi muammoli kreditlarning paydo bo'lishining oldini olish va riskni boshqarishda qiyinchiliklar tug'dirmoqda.
Muammoli kreditlarni oldini olishda kredit qo‘yilmalari bo‘yicha moliyaviy indikatorlarni doimiy nazorat qilib borilmaslik va vaqtida chora tabdirlari ishlab chiqilmasligi yoki bu ishlarning zaif tashkil qilinganligidan dalolat berilgani. Bu ko'rsatkichlarni to'g'ri va aniq hisoblash muammoli kreditlarni indikatori shaffofligini belgilaydi.
Bozor munosobatlari sharoitida tijorat banklari kredit portfeli riskliligini kamaytirish choralarini ishlab chiqish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun kredit portfeli diversifikatsiyasiga alohida yondashuv lozim. Tijorat banklari universal xarakterga ega bo'lganligi uchun berilayotgan kreditlarning barchasida bir xil muammo yuzaga keladi. Imkon qadar bir tarmoqni maksimal miqdorda kreditlashdan holi bo'lishga harakat qilmoq lozim. Shu o'rinda banklarning kredit resurslari taqsimlanishini ratsional amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Kredit siyosati bank kredit resurslarining xatar darajasini, kreditlarning ta'minlanganlik darajasini, kreditlarning hududlar va tarmoqlar bo’yicha jamlanganligini, kreditlashning manbalari bo‘yicha, mulk shakli bo'yicha sistematik tahlil qilishni nazarda tutib borishi lozim. Skoring tizimi joriy qilinishiga qaramasdan, banklarda qarzdorning kreditni qaytarishda layoqatliligining yetarli emasligi ko‘zga tashlanmoqda. Bank xodimi tomonidan skoringdan foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni (daromadini yashirish, kommunal to‘lovlarni yashirish, uning oilaviy sharoitini to‘g‘ri ko‘rsatmaslik va boshqalar) maksimal darajada kamaytirish.


Download 487 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling