Mavzu: O’zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish chora-tadbirlari


Download 70.7 Kb.
bet1/2
Sana14.05.2020
Hajmi70.7 Kb.
#106077
  1   2
Bog'liq
kurs ishi



MAVZU: O’ZBEKISTONDA TURIZM INDUSTRIYASINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI

REJA:


Kirish.

Asosiy qism:

  1. Turizm industriyasining vujudga kelishi, rivojlanishi, turlari va milliy

iqtisodiyotdagi ahamiyati

  1. O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari va shakllari

  2. O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat

  3. O’zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish chora-tadbirlari natijasi

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar

MUNDARIJA

1.Kirish………………………………………………………………...3

2.Turizm industriyasining vujudga kelishi, rivojlanishi, turlari va milliyiqtisodiyotdagi ahamiyati……………………………………………………………6



3. O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy

turlari va shakllari……………………………………………………...13

3.O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati……………………………………………………………………………………………28



5.Xulosa………………………………………………………………..32

6.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………35

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Turizm inson faoliyatining va zamonaviy iqtisodiy

munosabatlarning muhim sohasi sifatida hozirda butun jahon mamlakatlarining

iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omiliga aylanib bormoqda. Iqtisodiy

taraqqiyot tarixi zarvaraqlarida turizm industriyasi orqali o‘z milliy iqtisodiyotini rivojlantirishga erishgan mamlaktlar soni ko‘p. Ushbu sohani rivojlantirishning afzal tomoni shundaki, turistik xizmatlar sohasi rivojlanishi boshqa sohalarning ham rivojlanishiga olib keladi.

Xozirgi vaqtda “O‘zbekturizm” MKning statistik ma’lumotlariga qaraganda

2016 yilda O‘zbekistonga 1,977 million nafar chet ellik mehmon tashrif buyurgan. Turistik xizmatlarning umumiy hajmi 2015 yilga nisbatan 16 foizga, xizmatlar eksporti esa 9 foizga o‘sdi. 2017 yilning boshida mamlakatda faoliyatyurituvchi sayyohlik tashkilotlarining soni 900 dan ortiqni tashkil etgan. Ulardan 400dan ziyodi mehmonxona xo‘jaligi va 500 tasi turistik kompaniyalardir. 2016 yilda Xorazm, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida turizm sohasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Bu dasturlarni amaliyotga tatdbiq etish uchun 260 million AQSH dollari hisobida mablag‘ kiritish nazarda tutilgan1

O‘zbekistonda turistik xizmatlar samaradorligini oshirish va milliy turizmni

rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri –turistik mahsulotlarni samarali

shakllantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatuvch va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirishdan iborat.

Milliy turizmni rivojlantirishda turistik korxonalar tomonidan yaratilayotgan

turistik mahsulotlar assortimentini kengaytirish, yangi turlarni yaratish, milliy

mahsulotlar tarkibida ham maxsus “shop-tur”larni shakllantirish bugungi kunning davr talabidir. Turistik korxonalari oldida turgan asosiy vazifalardan biri bu- milliy turzmni rivojlantirish orqali potensial turistlar hajmini ko‘paytirishda turistik mahsulotlarni samarali shakllantirish hisoblanadi. Bu vazifani hal etish milliy turistik mahsulotlarni muntazam takomillashtirib borishni taqozo etadi.

Kurs ishining maqsadi: Hozirgi vaqtda jahon iqtisodiyotining rivojlangan mamlakatlarida turizm industriyasi iqtisodiyotning etakchi tarmog’i hisoblanadi. O’zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan tarkibiy iqtisodiy islohatlarning asosiy yo’nalishlaridan biri ham shu maqsadga yo’naltirilgan. Mazkur kurs ishida respublikamizda turizm industriyasini paydo bo’lishi tarixi, rivojlanishi, hamda uni takomillashtirish uchun olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib O’zbekistonda zamonaviy turizm industriyasi xarakterini yoritib berishdan iborat. Bu maqsaddan kelib chiqqan holda kusr ishida quyidagi vazifalar belgilandi:

- Turizm industriyasining vujudga kelishi, tarixi va rivojlanish

yo’nalishlarini tahlil etish;

- O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari

va shakllarini amal qilishini tahlil etish;

- Turistik firma va korxonalarning faoliyatini tahli etgan holda turistik

mahsulot ishlab chiqarish va uni sifatini yoritib berish;

- Turizm industriyasini rivojlantirish uchun transport xizmatlarini tashkil

etishning tutgan o’rnini ko’rsatish;

- Turizm industriyasida turlarni tashkil etishda xavfsizlik yo’llari va

ekskursiyalarni tashkil etish jihatlarini yoritib berish;

- Turizm industryasida turistik aloqalarni yo’lda qo’yishda shartnomaviy

munosabatlarni o’rni va rolini ochib berish;

- Turizmni industriyasini tashkil etish va boshqarishda davlatning o’rni va

rolini ko’rsatib berish.

Tadqiqot predmeti bo’lib, O’zbekiston Republikasi turizm sohasi

korxonalari, tashkilotlari va ularning amaldagi faoliyati hisoblanadi.

Tadqiqot ob’yekti bo’lib, turistik tashkilotlar, korxonalar hisoblanadi.

Kurs ishini yozishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,

O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Farmonlari, Qarorlari, maxsus ilmiy

adabiyotlar, statistic ma’lumotlardan foydalanildi.



  1. Turizm industriyasining vujudga kelishi, tarixi va rivojlanish

yo’nalishlari

Turizm industiriyasi iqtisodiyotning o’ziga hos sohalaridan biri hisoblanadi.

Turizm bilan odamlar uzoq davrdan boshlab shug’ullanib kelmoqdalar. Turizm tarixi qadimgi davlatlardan bo’lgan Rim va Yunon Imperiyasi davrida sezilarli darajada rivojlangan. Bu davrlarda insonlar o’ziga yaqin va uzoq manzillarga, joylarga, teritoriyalarga va yurtlarga sayr, tomosho qilish, o’zga xalqlar hayoti bilan tanishish, bilish, o’rganish, xordiq va dam olish, davolanish, ziyorat qilish maqsadida sayohatga chiqqanlar, bunday kishilarni sayohatchilar deyishgan. Ularning faoliyati esa sayohatchilik deb nom olgan.

Demak, sayohat deganda biz insonlarni o’z oldiga qo’ygan maqsadlarini malum bir yo’nalish, marshrut bo’yicha amalga oshirishlarini tushunamiz. Qadim zamonlardan buyon dunyo sayohatchiligi davom etgan va o’z taraqqiy bosqichlariga ega.

Sayohatchilik to’g’risida qadimgi zamonlardan to hozirgi sanoatlashgan‖

davrgacha fozil insonlarning xilma - xil fikrlari, qarashlari va g’oyalari mavjud. Diniy aqidalar bo’yicha sayohatchilik Ollohning dunyo sathiga Odam-ato va Momo-havoning bihishtdan ―majburiy‖ chiqarib yuborganlik davridan boshlanadi. Shu narsa aniqki, inson sayohatchi nomiga ega bo’lish uchun u o’zining yashash joyini o’zgartirib boshqa manzil, hudud yoki mamlakatga vaqtinchalik ketishini taqozo etadi. Bu sayohatchilikni oddiy alomatlari yoki belgilaridir. Dunyo xalqlarining qadimiy kezishlari, ziyoratchilik, savdo, dunyo bo’ylab sayohatlari ham huddi shunday kechgan.

Ilk qadimiy davrlardan boshlab insonlar sayohat maqsadida yakka yoki birlashgan individiumlar, guruhlar yoki bir butun ekspedisiyalar tarkibida o’nlab, yuzlab, minglab bir manzildan, yurtdan yoki mamlakatdan boshqa joylarga o’tganlar, kunlab, haftalab, oylab, yillab piyoda, otda, tuyada, filda va boshqa xil

vositalarida harakat qilganlar.

Ayrim xalqlar uchun yurtlarda kezib yurush muhim istiqomat qilish

joylaridagi tabiiy iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o’nlab asrlar davomida vujudga kelgan yashash tarziga aylangan. Bularga Beunjilar (Pokiston, Afg’oniston), badaviylar, lo’lilar, qochqinchilar va boshqa ko’chmanchi xalqlar qiradi. Ular sayohatga chiqmaganlar, balki asosan kun ko’rishning moddiy vositalariga ega bo’lish yoki ish topish maqsadida kezganlar. Bunday kezishdan maqsad ochdan o’lmaslik uchun bir yurtdan ikkinchi yurtga o’tganlar. Bunday kezishlik sayohat shakliga o’xshasa ham lekin sayohat emas edi.

Ammo, ko’p asrlik tarix silsilalarida insonlar o’zga joylar, manzillar,

yurtlarni ko’rish, tanishish, bilish, o’rganish, savdo-sotiq, ziyorat qilish, yangi-yangi yerlarni sayohat maqsadida kashf etish, yangi harakat yo’llarini ochish, moddiy boyliklar zahiralaridan bahramand bo’lish, yoki ularga ega bo’lish uchun intilganlar. Bunday ezgu harakatlar sayohat shaklida amalga oshirilgan.

Lekin yaqin va eng uzoq joylar, territoriyalar, kontinentlarni tom ma’noda

kezgan, betakror sayr etgan, o’sha davrda aqlga sig’maydigan sayohat qilgan mashhur kishilar bo’lgan. Masalan, eramizdan oldin VI–V asrda yashagan geografiya va tadqiqotchi olim Piffiy Fransiyaning Marsel shahridan chiqqan bo’lib, Yevropa bo’ylab sayohatga borgan. U Britaniya oroli atrofidan to Islandiyagacha bo’lgan joyni piyoda bosib o’tgan va ―Okean to’g’risida‖ degan asarini yozib qoldirgan.

Mashhur sayyoh Marko Polo (1254–1324) 1271–1295 yillarda Xitoyga

kamdan-kam uchraydigan sayohatda bo’ldi va 17 yil yashab o’zining “KITOB”nomli asarini yozib, Xitoy to’g’risida noyob ma’lumotlar qoldirdi. Keyinchalik Ibn Batuta (1304–1368) butun Sharq olamini 21 yil ichida piyoda aylanib chiqqan. Shimoliy Afrika, Hindiston va Xitoyda bo’lib, bu joylarda yashovchi xalqlarning odatlari, savdo yo’llari va mamlakatlarning geografik holatlari to’g’risida “Rixle‖” nomli asar yozib qoldirgan. Bular haqiqiy ―sayohatchilar‖ bo’lganlar. Ular sayohat

davrida o’zga yurtlar va mamlakatlarda yashovchi insonlar qanday yashaydilar, qanday noz-ne’matlar va qanday vositalar bilan ishlab chiqaradilar, bu xalqlarning hayot tarzi, tili, madaniyati, boyliklari to’g’risida yozib qoldirganlar.

Ammo tarixda ―sayohatchilik shiori ostida harbiy va bosqinchilik maqsadlarida ham sayohat qilganlar. Qanday maqsadda sayohat uyushtirilmasin uning bosh motivlari – o’zga joy, yurtlarni bilish, tijorat yoki savdo, ziyorat va yangidan-yangi yerlarni kashf etish yoki ularni o’rganish hamda diniy maqsadlardan iborat bo’lgan.

Ayrim mutaxasssislar va iqtisodchi olimlarning fikricha, insonlarning

hamkorlikda bo’lgan mehnat faoliyatlarning tashkil etish va boshqarishning ilk shakllari ham ibtidoiy jamoa tuzumida mavjud bo’lgan. Bu davrdagi boshqarish urug’, kabila, jamoa a’zolari bilan birgalikda amalga oshirilgan va urug’, kabila oqsoqollari usha davrning rahbar timsoliga aylangan.

Tahminan eramizdan oldin VII–V ming yilliklarda boshqarish sohasidagi birinchi inqilob jarayoni ruhoniylar tabaqasining diniy boshqaruvchilar tabaqasiga aylanishi bilan bog’liqdir. Menejment sohasidagi ikkinchi inqilob esa, Hammurapining (eramizdan oldin 1792–1750) zamon aristoqratlariga xos bo’lgan boshqarish, insonlar o’rtasidagi munosabatlarni tashkil etish va tartibga solishning rasmiy tizimi va pirovard natijada liderlik (yetakchilik) uslubi bilan bog’liqdir.

Navuhodonosor II (eramizdan oldin 605–562)ning qurilish, murakkab tehnik loyihalarni tuzish va ishlab chiqarish va mahsulot sifati nazorati boshqaruvning samarali uslublarini topish kabi faoliyatlar boshqaruvning uchinchi inqilobidan darak beradi. Bu inqilobiy davrda eng Qadimgisayohat muattar Punt mamlakatiga Misr firavni Hashyepsut (eramizdan oldin 1601–1584) tomonidan uyushtirilgan.

Shu davrlarda Misrlik ―Sinuhit Edem‖ mamlakatiga ya’ni Sharqqa sayohat qilgan va papirusga (qog’oz) ―Sinuhit sarguzashtlari‖deganasarni yozib qoldirgan. Qadimgi sayohatchilardan yana biri Misr faraoni Nehao bo’lib, u Afina bo’ylab uch yillik sayohatni tashkil etgan1.Qadimgi Misrda davlat mulkini boshqarish bo’yicha boy tajriba to’planib bordi va yetarlicha rivojlangan davlat apparatining boshqarish shakllandi. Bu sohaning menejer-amaldorlar boshqarar edi. Yunon shahar davlatlari hukumronligi davrida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanish jarayonlari vujudga kelishiga sababchi bo’lgan.

Rim va Yunon imperiyalarining tanazzulga yuz tutishi bilan safar va

sayohatga chiquvchi odamlarning miqdorini kamayib ketishiga olib keldi. Bu davrlarda sayohatga chiqish juda og’ir, murakkab va shu bilan birga o’ta havfli bo’lgan. Bu vaqtdagi ―sayohatlar‖da davlat xizmatkorlari, savdogarlar va ziyoratchilar ko’proq uchrar edi.

Suqrot (eramizdan oldin 470–390) birinchi bo’lib sayohatchilik alohida

maxsus soha ekanligini ko’rsatdi. U sayohatchilikni har xil shakllarini tahlil qilib chiqdi va shu asosda uning universallik tamoyillarini e’lon qildi.

Dunyoga mashhur bo’lgan Grek tarixchisi Geradot (eramizdan oldin V

asrda) unga ma’lum bo’lgan sayohatchilar va kashfiyotlar to’g’risida yozib qoldirdi.

Hozirgi zamon turizm to’g’risidagi ta’limot nuqtai nazaridan qadim va o’rta asrlarda bo’lgan sayohatchilarni ―turist‖ sifatida tan olinmaydi, chunki bunday sayohatchilar oldiga qo’ygan maqsadlar hozirgi vaqtdagilardan: o’zga joylarda, yurtlarda ko’rsatiladigan pullik mehmondo’stlik xizmatlaridan bahra olish, zavqlanish, vaqtincha bo’lsa ham o’z hayot tarzidan boshqacha bo’lgan hayotan shung’ib ketish, o’rganish, milliy an’analar, urf-odatlar ta’sirida mahliyo bo’lishmagan. Ularga maxsus tayyorgarlikdan o’tib ixtisoslashgan turistik korxonalar xizmat ko’rsatmagan. Bu sayohatchilar to’g’ri kelgan havfsiz joylarda

tunashgan, duch kelgan joyda ovqatlanishgan. Ularga ko’rsatiladigan xizmat dastlab tunash va ovqatlanish kabi 2-3 xil xizmatlar ko’rsatilgan. Bunday xizmatlar ko’p hollarda bepul Ko’rsatilgan. Ammo vaqt, asrlar o’tishi bilan sekin-asta mezbon tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar kumush, oltin tangalarga yoki pulga chaqilib borgan. Buning natijasida bir tomondan sayyohlar soni ko’payib borgan.

Qadimgi Rim va Yunonda, eski Movarounnahrda mehmonxona shaklida: hainlar, innlar, karvonsaroylar qurila boshlangan va sayohatchilarga, artistlarga, savdogarlarga, ziyoratchilarga mo’ljallangan bo’lgan.

Ko’p asrlar o’tsa ham qadimiy ilk mehmonxonalar tarzi o’zgarmagan.

Asosan, bu joylashuv vositalari otlar uchun atrofi o’ralgan, ikki qavatli bino bo’lib, birinchi qavatda qahvaxona va ikkinchi qavatda esa yotoqxona bo’lgan. Ularda sayohatchilarga xizmat ko’rsatish uchun yopiq va ochiq yo’laqlar, moslamalar qurilgan. O’sha vaqtlardan boshlab sayohatchilarga boshqa turli maishiy xizmatlar ko’rsatishlari mehmonxona egalari va oila a’zolari hamda mayda hunarmandlar tomonidan ko’rsata boshlandi. Endi mehmonxonalarda faqatgina tunash va ovqatlanish xizmatlari emas, balki dam olish, kir yuvish, xordiq chiqarish va boshqa madaniy-maishiy xizmatlarga bo’lgan sayohatchilar ehtiyojlari qondira boshlandi. Buning natijasida pulga ko’rsatiladigan xizmatlar miqdori yillar o’tishi sayin ko’payib bordi, turistik mehmonxona majmualari vujudga keldi. Ixtisoslashgan turistik tashkilotlar, vositilar, agentliklar, turistik ekskursiya

ob’yektlari paydo bo’la boshladi. Bularning hudud, mamlakat va dunyo bo’yicha boshqarish masalalari ob’yektiv holda ko’ndalang bo’lib qoldi.

Kishilik jamiyati taraqqiy etishi bilan chuqur iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va fan texnika taraqqiyoti sababli sayohatchilik ham o’zgarib borgan. Boshqa shakllarga ega bo’lgan. Ayniqsa insoniyat hayot yo’lida fan texnika taraqqiyoti tufayli sayohatchilik shakllari bir turdan, ikkinchi turiga o’tib turgan. Masalan. agarda qadim zamonlardan sayohatchilkning asosiy harakat vositasi ot, eshak, tuya va boshqa hayvonlar bo’lgan. O’rta asrlarda arava, foytun, har xil moslashgan g’ildiraqlar bo’lgan bo’lsa hozirgi zamonda sayohatchilar samalyot, poyezd, avtomobillar, paraxodlar hisoblanadi. Vaqt o’tishi bilan turizm sohasi sayohatchilikdan turizm ko’rinishiga o’ta boshladi. Kishilik jamiyati taraqqiyot yo’lida ilk marotaba fan, texnika inqilobi vujudga kelib suvning bug’ kuchi energiyasidan foydalanish natijasida Angliyada to’qimachilik sanoatida Jinni degan mexanik mashinasi vujudga keldi. Buning natijasida hunarmandchilik sanoatida katta o’zgarishlar vujudga keladi.

So’ngra fan-texnika inqilobi natijasida ichki yonar dvigatellari va elektr kuchidan foydalanish tizimlari vujudga keldi. Bunda ommoviy ravishda avtomobilsozlik, samolyotsozlik va tez yurar poyezdlar paydo bo’ldi. Keyinchalik fan – texnikaning rivojlanishi yadro energiyasi bilan ishlash, kompyuterlashtirish bilan bog’liqdir.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab turizm industriyasi davri boshlandi. Bu davrda yer sharining aholisi ikki martobaga ko’paydi. Aholining o’sishi ularning yashab turgan joylaridan boshqa yurtlarga borishlarini tezlashtirdi. Ommaviy turizm rivojlanishiga ulkan qurilishlar va texnika progressi katta turtki bo’ldi. Buning natijasida shaharlar aholisining soni tez o’sib bordi. 1830 yilda Angliyaning Manchester va Liverpul shaharlari o’rtasidagi temir yo’lning qurilishi turizm chegarasini o’zgartirib yubordi.

Dunyoning ko’proq yirik shaharlarida shakllanib kelgan o’rta hol sinf vakillari turizm sanoatning xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarida band bo’lgan va daromadlar miqdori doimo oshib borganligi sababli sayohat, dam olishga ko’proq imkoniyat yaratiladi. Dam olish vaqtini maroqli o’tkazish ehtiyoji va imkoniyatlarni ko’payib borish talabi o’z o’rnida taklifni vujudga keltirdi va ko’ngil ochish, o’yin-kulgi industriyasini shakllantirdi.

Sayohatning u qadar yoyilmagan va uning infratuzilmalari taraqqiy etmagan vaqtda turistik sayr-safarlar oz bo’lgan va sayohatchilarning dam olishlarini tashkilotchilari faoliyat ko’rsata boshlagan. Sekin-asta mamlakat, hudud, shahar, qishloq miqyosida qandaydir ―turistik majmua‖ va kishilarning bunga bo’lgan ehtiyojini tug’dira boshlagan. Dastavval kishilarning bunga bo’lgan ehtiyojini transport agentliklari bajarganlar. Shu bilan birgalikda sayohat industriyasi evolyutsiyasi va tijorat ishlarining keng yo’lga qo’yilishi turizm tashkilotchilarning transportga bo’lgan ehtiyojlari sayohatchilarni mehmonxonalarga joylashtirishni ta’minlash zarurati tug’ilgan.

Shunday qilib, odamlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining doimiy o’sib borishi sayohatchilik bo’yicha pulli xizmat ko’rsatuvchi turistik korxonalarining va o’z o’rnida turizm tashkilotchilarini paydo bo’lishiga olib keldi. Aholining ko’proq qismi sayohatga bo’lgan talabini qondirish va uning sayohati dasturini ishlab chiqish turistik tashkilotchilariga ishonib topshirganlar. Bu jarayon faoliyat ko’rsatadigan Transport Kompaniyalarining turistik bozorga bo’lgan ulushini keng aytirishga olib keldi.

Hozirgi kun nuqtai nazaridan qarab aytish mumkinki, bu ilk

turoperatorlikningni paydo bo’lishi edi. Faoliyat ko’rsatadigan va xizmatlar turpaketini tayyorlovchilar esa turoperatorlar edilar.

Turistik sayohatni birinchi tashkilotchilaridan biri Angliyaning ruhoniysi

Tomas Kuk bo’lgan. Bu tadbirkor 1841 yilda temir yo’l bo’ylab 600 kishilik

sayohatni tashkil etgan. 1845 yilda Liverpul shahriga ekskursiya o’tkazish uchun sayohat tashkil qilgan. 1847 yilda Tomas Kuk turistik jamiyatni tashkil etdi va u nafaqat Angliya bo’ylab, balki tashqi mamlakatlarga borish uchun yo’llanmalar sota boshladi. U turizm industriyasi sohasida ish yuritgan va tadbirkor bo’lgan birinchi sohibkor edi. 1851 yilda Parijda o’tkazilgan Xalqaro ko’rgazmaga inglizlar qatnashuvini tashkil etdi. 1870 yilga kelib Tomas Kuk‖ turistik firmasining 500 mingdan ortiq mijozi bo’lgan. Shu vaqtdan boshlab turizm industriyasi erasi boshlandi. Sayohatchilarga xizmat ko’rsatadigan turistik tashkilotlar vujudga kela boshladi. Yevropa va Ameriqa qit’alari o’rtasida doimiy paroxod dengiz yo’llari ochildi.

Ko’proq dunyoning yirik shaharlarida shakllanib kelgan o’rtaxol sinf

vakillari sanoatning xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarida band bo’lgan va daromadlar miqdori doimo oshib borganligi sababli sayohat, dam olishga ko’proq imkoniyat yaratilgan. Dam olish vaqtini maroqli o’tqazish ehtiyoji va imkoniyatlarni ko’payib borishi talabi o’z o’rnida taklifni vujudga keltiradi va ko’ngil ochish, o’yin-kulgi industriyasini shakllantirdi.

2. O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy

turlari va shakllari

O’zbekistonda turizm industriyasi o’tgan XX asrning 20-yillaridan boshlab sekin-asta rivojlana boshlagan. Turizmning ayrim turlari, shu jumladan odamlar yashab turgan manzillardan o’zga joylarga, yurtlarga, viloyatlarga borish, piyoda sayr etish, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga borish, Burch-mullo, Ohangaron, Chimyon, Omonqo’ton, Urgut, Ohalik tog’ va tabiat manzillariga har xil ―yurishlar‖ uyushtirish kabi turlari rivojlana boshlagan. O’zbekiston va uning viloyatlarida turistik-ekskursiyali harakatlarni tashkil etish va turizm infratuzilmalarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Narkomprosi‖da va uning viloyatlar bo’limlari qoshida ―Turistik ekskursiya byurolari va uyushmasi‖ tashkil etildi va bu ―byurolar‖ asosan o’lkashunoslik va tarixiy arxitektura yodgorliklarini o’rganish, yaqin va o’zoqroq joylarda bo’lgan qadimiy shaharlarga turistik ekskursiyalar tashkil etish bilan shug’ullandilar.

XX asrning 30 yillarida O’zbekistonda turizmga bo’lgan qiziqish yanada kuchayib bordi. Turistik-ekskursiyali ishlarining tashkiliy-uslubiy rahbarligi Xalq Maorifi Komissar‖ligining ―Bosh siyosiy Oqartuv komiteti‖ga topshirildi. Turizm tashkilotchilarini maxsus markazini tashkil etish to’g’risida masala qo’yildi va ekskursiyali markaz hisoblangan ―stansiya‖lar ekskursovodlarni tayyorlay boshladilar. Mavjud bo’lgan turizm va ekskursiya tarmoqlarining tuzilmalarini kengaytirish boshlandi va yaqin hamda uzoq joylarga yuboradigan ekskursiya bo’limlari ochila boshlandi. Moskvada VAO Inturist‖ ochildi. Sovet turisti‖ jamiyati tuzilib u ―proletar jamiyati‖ bilan qo’shildi. Bu jamiyat faoliyati davlat boshqaruvi asosida olib borildi, ya’ni uning tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining Territorial tamoyili bo’yicha tuzildi. Proletar turizmi va ekskursiya‖ jamiyati tugatilib, uning moddiy-texnikabazasi Butunittifoq Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) ga olib berildi va uning qoshida ―Turistik-ekskursiyali‖ boshqarma tuzildi.

Samarqand viloyatidagi shahar va qishloqlarida ham ―Rossiya hissadorlik jamiyati‖, ―Proletar turizmi‖ firmalari va keyinchalik ―Sovet turizmi‖ shahobchalari turistik faoliyatlarini olib bordilar.

Mamlakatimizda turizm industriyasi masalalari ―davlat siyosati‖ darajasiga ko’tarilgan va turizm industriyasi muammolari bilan bevosita shug’ullanish Butunittifoq Markaziy Kasaba Uyushmalari Kengashi (VSSPS) qoshida ―Turistik-ekskursiyali uyushmasi‖ (TEU) tuzildi va bu tashkilot turistik marshrutlar tuzish bilan shug’ullandi. Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva-Shahrisabz shaharlari o’rtasida temiryo’l va avtomobil hamda havo yo’llari turistik marshrutlari tashkil qilindi. Turistik hududlarda turizm industriyasi va uning infratuzilmalari tuzila boshlandi. Turistik markazlarda Sovet va mahalliy turistlar uchun kommunal xo’jaligi‖ mehmonxonalari va umumiy ovqatlanish shaxobchalari qurila boshlandi.

Sovet imperiyasining ―Temir parda‖lari o’tgan XX asrning 50-yillar oxirlarida ochila boshlagan. Dunyo hamjamiyati o’rtasidagi yoshlarni o’zaro birligini mustahkamlash maqsadida Sputnik‖ Xalqaro yoshlar turizmi byurosi tuzildi. Bu tashkilot nafaqat chet el yoshlari guruhlarini qabul qilish va Sovet turizmini chet el mamlakatlariga targ’ibot qilish bilan ham shug’ullandi.

Shu yili ilk bor 4 kishidan iborat Xalqaro turistlar Angliyadan O’zbekistonga kelgan. Ular Toshkentdagi ―Toshkent‖, Samarqanddagi ―Zarafshon‖ mehmonxonalarida to’xtaganlar. Bu sayyohlar Samarqand tarixiy arxitektura yodgorliklarini ko’rib, mahliyo bo’lib va O’zbekistondan olgan taasurotlarini Angliya fuqarolariga tashviqot etganlar. Rossiya Federasiyasida faoliyat ko’rsatib kelayotgan ―VAO INTURIST‖ tomonidan Toshkent, keyinchalik Samarqand (―Zarafshon‖ mehmonxonasida) vaBuxoro shahrida agentliklari ochildi. Xalqaro turistlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlariga kela boshladilar.

SSSR Ministrlar Soveti va VSSPSni ―Mamlakatda ekskursiyalarni yanada yaxshilash to’g’risida‖gi qo’shma qarori e’lon qilindi. Bu qarorga muvofiq Respublika hududida turistik ekskursiya tashkilotlarini daromadli, aholiga xizmat qila oladigan yirik tarmoqqa aylantirish maqsadida Turizm va ekskursiyalar bo’yicha Kengashlar‖ faoliyat boshladi. Respublikada 29 ta, shu jumladan Samarqandda 4 ta ―Turizm va ekskursiya byurolari‖ tuzildi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekturizm‖ Milliy Kompaniyasi to’g’risida‖gi farmoniga muvofiq eski ―Sovet turizmi‖ tizimi o’rniga ―O’zbekturizm‖ Milliy Kompaniyasi tuzildi va ungacha turistik faoliyat ko’rsatib kelgan ―VAO Inturist‖, ―Turizm va ekskursiya bo’yicha Respublika Kengashi‖, ―Sputnik‖ kabi turistik tashkilotlarning moddiy-texnika bazasi uning ixtiyoriga berildi. Respublikada davlatning turistik yagona siyosatini olib boruvchi turistik respublika tashkiloti tuzildi va uning tashqi iqtisodiy faoliyati shakllandi.

Turizm industriyasi sohasida boshlangan iqtisodiy islohotlar davom etdi. Bu davrda turizm industriyasida iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi va turizm rivojlanishining ―milliy modeli‖ tuzildi. Dunyo turistik andozalariga javob bera oladigan milliy turizm shakllandi, xizmat ko’rsatish infratuzilmalari isloh qilindi: Chegara, bojxona, aeroport va transport vositalari xizmatlari yanda soddalashtirildi va yaxshilandi.

Respublika turizm industriyasining boshqaruvi tarmoq miqyosidagi ko’p mulkchilik hozirgi holati va unda xususiy mulkning ustuvorlik tamoyili, xususiy turistik biznesning ulushini yalpi ichki mahsulotda tobora ortib borishi, Xalqaro turistik andozalari darajasiga ko’tarish masalalarida xususiy biznesni va tadbirkorlar miqdorini yanada ortib borishi, xususiy mulkdorlar foydasiga qaytadan rasmiy ravishda ko’rib chiqishni taqozo etadi. Chunqi tarmoq miqyosida nohukumat ijtimoiy turistik firma va korxonalar, eng avvalo, milliy xususiy turistik korxonalar, tashkilotlar shaklida ko’payib, bu sohada ular o’z mazmun va ahamiyatiga ega bo’lib bormoqdalar, Xalqaro turistik firmalar darajasiga chiqishga harakat qilmoqdalar. Hozir Respublikada xususiy turistik firma va tashkilotlarning soni 900 ga yaqinlashib qoldi. Samarqandda esa 150 dan oshiqdir. Shunday qilib, Respublikada turizm industriyasi vujudga keldi va mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga egadir. Turizm industriyasida har yili 95 mlrd.so’mga yaqin turistik mahsulot yaratilmoqda va bir millionga yaqin chet el va mahalliy turistlarga xizmat ko’rsatilmoqda.

Turizm-bir butun falsafiy tushuncha bo’lib, odamning hayoti va faoliyatining ma’lum tomonlarini aks ettiradi. Bu - dam olish, sust yoki faol sayr-tomosha, o’yin-kulgi, ermak qilish, sport, fan, o’rab olgan muhitni o’rganish va bilish, savdo, davolanish, qimor o’ynash va odamni qiziqtiruvchi boshqa narsalar bilan bog’liq bo’lgan faoliyatdir. Ammo, turizm insonning faoliyatlaridan tubdan farq qiladigan soha bo’lib insonning boshqa yurtlarga, mamlakatlarga, kontinentga, o’zining yashab turgan muhitidan farq qiladigan joyga vaqtincha o’zgartirishni tavsiflaydigan harakatdir.

Turizm bu:

a) turizm aniq maqsadlarga ega bo’lgan maxsus ommaviy

sayohatlar turidir, ya’ni turistik faoliyatdir;

b) turistik sayohatni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha turistik firma va tashkilotlar faoliyatidir. Bunday faoliyat turizm sanoatining har-xil korxonalari va tashkilotlari orqali o’zaro aloqasi bo’lgan tarmoqlar orqali amalga oshiriladi.

Hozirgi zamon turizm industriyasi shakli va holati XIX-XX asrda haqiqatdan tez rivojlanishi, texnika va texnologiya ijtimoiy munosabatlarini taraqqiy etgan davrda vujudga keldi va dunyoga tarqaldi. Bugun turizm qudratli dunyo sanoati bo’lib jahon yalpi mahsulotining 10-12 %ni tashkil etgan yirik kapital va asosiy vositalarni, millionlab xizmatchilarni o’z domiga tortgan ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi. 2010-2017 yillar davomida sayohatchilarning yillik miqdori 10%ni tashkil etgan bo’lsa, Butunjahon Xalqaro Turistik tashkilotining bergan ma’lumotiga qaraganda 2012 yilda turistlar soni 194 ming. 2013 yilda 616 ming, 2015 yilda 900 ming., 2017 yilda 1 mln. 800ming kishini tashkil etdi. Turizm industrisidan kelayotgan umumiy daromad 2018 yilda 1 trillionga yaqin bo’ladi. Turizm industriyasi yirik biznes, mo’l-ko’l boylik va dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan iqtisodiy siyosatdir.

Bunday katta miqdorda bo’lgan turistlar xizmatini olib borishga dunyo bo’yicha ko’p millionli mutaxassis va xodimlar bir-biriga bog’liq bo’lgan tarmoqlar band bo’ladi. Hozirgi vaqtda dunyoda ishlaydigan har 15 kishidan biri turizm industriyasi sohasida ishlaydi. Demak, o’zining tutgan o’rni va mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqsak, turizm – bu iqtisodiy, siyosiy va sosial tushunchadir. Boshqacha aytganda turizm – bu kishilarning bo’sh vaqtida o’zining doimiy yashab va ishlab turgan joyidan o’zga mamlakatlarga, joylarga, mamlakat chegarasidan tashqariga yoki mamlakat bo’ylab ko’ngil ochish, dam olish, davolanish, mehmonnavozlik, dunyoni bilish, diniy yoki kasb-hunar maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, lekin borgan joyida haq to’lanadigan ishni band etmasligi turizm industriyasi faoliyati bilan bog’liq tushunchadir. Shunday qilib turizm industriyasi deganda mehmonxonalar va boshqa joylashish vositalari, transport xizmatlari, umumovqatlanish ob’yektlari, ko’ngil ochish, bilish, o’rganish, davolanish, din va boshqa ob’yektlar va vositalar, turoperatorlik, turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi hamda turistik ekskursiya, gid-tarjimonlik xizmatlarini ko’rsatadigan tashkilotlar va korxonalar majmuiga tushunamiz. Turizm industriyasi sohasidagi ikki sub’yekt: turoperatorlik va turagentlik bo’lib, ular turistik xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va realiazasiya qiluvchilar o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradilar. O’z navbatida ularning faoliyati ham turistik mahsulot tarkibiga kiradi.

Jahon xalqaro turizmi sohasidagi barcha mutaxassislar turizm industriyasi rivojlanishi asosida iqtisodiy va ijtimoiy progress yotganini, shu bilan birgalikda turizm industriyasi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ham mavjudligini tasdiqlaydilar. Ular quyidagilardan iborat:

Siyosiy omil. Mamlakatda barqaror siyosiy vaziyat – bu turistik biznesning harakat qilish shart-sharoitlaridan biridir. Bundan tashqari, u yoki bu mamlakatlarda turizm rivojlanishi uchun xalqaro munosabatlarning xususiyatlari, vujudga kelgan savdo holati, mamlakat to’lov balansi, uning hamkorligi, jahondagi xalqaro vaziyat va alohida hududiy tinchlik juda zarurligidir.

Iqtisodiy omil. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagi aholi daromadlarining ko’payishi bu mamlakatlar aholisining sayohatga ko’proq pul mablag’larini xarajat qilishlariga olib keladi. Ayrim Yevropa mamlakatlari turistlari daromadlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, barcha mamlakatlar turistik oqimida o’rtacha sinfning ulushi ko’proqdir (masalan, Niderlandiyada-40 %, Italiyada-59 %). Shu bilan birgalikda yuqori daromad oluvchi shaxslar (Niderlandiya, Germaniya, Buyuk Britaniya) joylashish, oziq-ovqat va boshqa xizmat ko’rsatish turlariga katta talab qo’yadilar.

Iqtisodiy-demografik omil. Turizm industriyasi taraqqiyotiga ayniqsa shahar aholisining o’sishi katta ta’sir etadi. Psixolog-mutaxassislar fikricha odamga bo’lgan ruhiy zarba, his-hayajon, noaniqlik, hayotida kishilar bilan aloqa yo’qligi tabiatdan uzoqlashish kabi hodisalar tufayli shahar aholisi o’z muvozanatini saqlash uchun turizmga qarab harakat qiladi. Dunyoning ko’p mamlakatlarida ish vaqti va bo’sh vaqti o’rtasidagi nisbat o’zgarib turishi tendensiyasiga ega. Ish vaqtining qisqartirilishi va bir vaqtda mehnat intensivligini qayta tiklash va uni ushlab turishning birdan-bir yo’li turizmdir. Odamlar bo’sh vaqti miqdorining ko’payishi va sayohatni qisqa vaqt ichida bo’lishi, ya’ni turistik sayohat kam vaqt davom etib, tez-tez takrorlanib turishi bilan xarakterlanadi.

Bundan tashqari jamiyat qarishi, uylanishning kechga surilishi, yakka kishilar sonining ko’payishi, ishlovchi xotin-qizlar miqdorining oshishi, bola tug’ilishini kechiktirish harakatlari, oila juftligi bolasizlik miqdorini ko’paytirishi turizm rivojiga ta’sir ko’rsatadi. O’rtacha yashash vaqtini uzaytirish va tug’ilishni kamaytirish, qari odamlarning ko’payishiga olib keladi. Ayrim hisoblarga qaraganda 2016 yilda 700 mln. ga yaqin turistlar qari yoshdagi insonlar bo’lgan. Bu turistik bozor bo’g’ini turizm industriyasini tashkil etish uchun juda muhim va jozibador hisoblanadi. Butunjahon turistik bozorining bu bo’g’ini muhimligini hisobga olgan holda Butunjahon Turistik Tashkiloti «Uchinchi yoshdagi shaxslar» ga bag’ishlangan alohida konferensiya o’tkazdi va turizm industriyasi xodimlari uchun tavsiyanomalar ishlab chiqarildi.

Shu «Uchinchi yoshdagi shaxslar» guruhi uchun xavfsizlik dasturi, Meditsina xizmati, parxez ovqatlar, madaniy tadbirlar, sayr-tomosha, ularga muvofiq jismoniy og’irlik, dam olishlar to’g’risida aniq va to’g’ri axborotlar taqdim etiladi. Xalqaro turizmda mavjud munosabatlarni o’zgarishida ayollarni mehnat jarayoniga keng tortish kabi masalalar bor. Ayollar hamma vaqt obro’-e’tibor va lavozim uchun kurashadilar. Bu narsa kech turmushga chiqishga va bolalar tug’maslikka olib keladi. Moddiy tomondan mustaqil bo’lishlik oqibatida tadbirkorlik maqsadida ayollar o’rtasida sayohatchilar ko’payadi. Turistik tashkilotlar bu guruh iste’molchilarning maxsus talablarini qondirishga harakat qiladilar. Dunyoning yirik shaxarlarida tanholikda yashovchi kishilarning miqdori oshib bormoqda, bunday odamlar yuqori ma’lumotli, kasbiy o’sishga qodir, harakatchan, shinamgina va hayot sifatlariga qiziquvchanlik ularda mavjuddir. Hozirgi davrda bir qancha yevropa turistik kompaniyalari bu guruh turistlarni eng istiqbolli bozor bug’ini deb qaraganligi uchun maxsus tur mahsulotni tayyorlashni tashkil etganlar.

Madaniy omil. Bu omil turistlarning madaniy, ilm va estetik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo’lib, kishilarda bilim, hayotni tadqiq qilish, urf-odatlar, tradisiyalar, madaniyat, tarixni o’zgartirishga intilishlar kiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, insonni u yoki bunday dam olishlik xiliga ixlosmandlik va o’zining ehtiyojlariga muvofiq ravishda qondirish dunyo mamlakatlari bo’yicha juda farqlanadi. Masalan, Buyuk Britaniyada 46 %, Belgiyada -35 %, Germaniyada -32 % aholi issiq Dengizlar bo’ylarida dam olishni yaxshi ko’radilar. Yaponiya 22 aholisining 51%i shaharlarda dam olishni, Fransuzlarda 25%, Ispanlarda 33% kishilar o’zga mamlakatlar bo’ylab sayohat qilishni yaxshi ko’radilar.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti omili. Hozirgi vaqtda ilmiy-Texnika taraqqiyoti tufayli uzoq masofaga sayohat qilishlik muddati juda qisqargan davr hisoblanadi. Transportda standartli xizmat ko’rsatish yo’lovchilar uchun juda qulay, shinam bo’lib qolmoqda, to’g’ridan-to’g’ri aviareyslar, temir yo’l, avtomobil bosh yo’llari vujudga kelmoqda.

Turizm industriyasida yaratilgan tur mahsulotning iste’molchisi turist hisoblanadi. Turist tur mahsulotning istimolchisi bo’lib o’zining yashab turgan muhitidan , shart-sharoitidan, mamlakatidan, o’zga mamlakatlarga , joylarga , manzillarga , qit’alarga dam olish, xordiq chiqarish, ko’ngil ochish, davolanish, bilish, o’rganish, ziyorat qilish, sport bilan shug’ulanish, dengizda suzish, tog’da yurish kabi faoliyatlar bilan shug’ullanuvchi, hyech bo’lmaganda 24 soat va undan ortiq 6 oy yoki bir yilgacha bo’lishi, borgan joyida haq to’lanadigan lavozimni egallamasligi va vataniga albatta qaytib keluvchi qishiga aytiladi. Turistlar o’z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda maqsad va vazifalarini, sayyohat davriga zarur bo’lgan pul, mablag’larini, bo’sh vaqt ta’tilga chiqish vaqtlarini aniqlaydilar, sayohat havfsizligi, to’g’riligi va borgan joylarida erqin harakat qila olishlari haqida ahborot oladilar, ularning sayohat vaqti 24 soatdan ortiq bo’lishi kerak. Bunday holatlar quyidagi fiqrlardan: har qanday turist tunashi, dam olishi, va albatta ovqatlanishi zaruratidan kelib chiqadi, sayohat davomiyligi bir yilga cho’zilmasligi, inson haddan tashqari charchamasligi, qiynalmasligi, aqsincha borgan joylaridan mamnun bo’lishi, yegan ovqatidan lazzatlanishi, dam olishi, ko’ngil ochishi, ko’proq narsalarni bilishi, dunyo voqealaridan xabardor bo’lishlikni taqoza etadi.

Turist bo’lishlik uchun: o’zi yashab turgan muhitdan boshqa muhitga o’tishni tanlab oladi, turist davlat tomonidan qafolatlangan (jamoat, korxona) mehnat ta’tiliga va bo’sh vaqtiga ega bo’lishi, yashash uchun kerak bo’lgan vositalarni harid qilishga mablag’i bo’lmagan bunday odam sayohat to’g’risida o’ylashi ham kerak bulmaydi. Turist sayohat kilishi uchun aniq mablag’ga, yoki boy merosga ega bo’lishi kerak.

Turistlarning sayohatga chikishlaridan maqsad o’zga xalqlarning yashash tarzi bilan yaqindan tanishish va o’rganish, dam olishlari, xordiq chiqarishlari, tundagi hayot tarzi bilan tanishishlari raqsga tushishlari, ashula va qo’shiq bilan tanishishlari o’rgangan umumiy muhitni almashtirishlari mexnat jarayonida olgan zarbalarni yo’q qilishlari, teatrlar, festivallarga qatnashish, yangi –yangi odamlar bilan uchrashish, borgan mamlakatdagi biznes saloyihati uchun bo’lgan shart sharoitlarni o’rganish, shopping maqsadlari bilan borish suvener va sovg’alar sotib olish, dengizda dam olish va sport bilan shug’ullanish, qishgi va yozgi sport o’ynlariga katnashish, davolanish, salomatlikni mustahqamlash maqsadlarida borish, diniy ziyoratchilik bilan shug’ullanish, qarindoshlar va do’stlar bilan uchrashish va boshkalar.

Hozirgi zamon turizm industriyasi quyidagi tasniflarga bo’linadi: ichki turizm – bu mamlakat fuqorolarining aholisi va chet eldan kelgan turistlarning shu mamlakati teritoriyasi bo’ylab qilgan sayohatlaridir. Xalqaro turizm – bir mamlakat fuqorolarining o’z mamlakatlari chegarasidan boshqa mamlakatlar teritoriyasiga qilgan sayohatiga aytiladi. Milliy turizm deganda, biz, shu mamlakat turistik tashkilotlar, firma va korxonalarning turistlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish, rivojlantirish va taqomilllashtirish bo’yicha faoliyatlariga aytiladi.

Boshqacha aytgtanda ichki, xalqaro hamda tashqi turizm sohasidagi bo’lgan faoliyat majmuiga aytiladi. Bulardan tashqari turizm industriyasi sohasida turizning boshka shakillari mavjud Bularga: havaskorlar turizmi - turistik jamoa faoliyatining maxsus turlari bo’lib ixtiyoriy ravishda havasqorlar tashabbusi bilan turizm tashkilotlarining qatnashuvisiz tashkil etilgan ixtiyoriy turizmdir.

Bu turizm ixtiyoriy turistik birlashmalar va ittifoqlar orqali amalga oshiriladi. O’zlarining me’yoriy hujjatlariga, turistik faoliyatlarni o’z uslubiy adabiyotlar chop etish vositalariga ega bo’lgan turizm shaklidir.

Ijtimoiy turizm – turizmning alohida shakli bo’lib, davlat va nodavlat tashkilotlari, xususiy mulkdorlar ishlab chiqarish korxonalari va har xil uyushmalar tomonidan ajratilgan mablag’lar hisobiga maqtab bolalariga, yoshlarga, pensionerlarga, mehnat va urush fahriylariga va boshqa qam taminlangangan oilalarga uyushtirilgan turizmdir.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan so’ng, O’zbekistondagi 5 mingga yaqin tarixiy-arxiTektura yodgorliklaridan 280 tasi xalqaro turistlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuslari bilan bu tarixiyy yodgorliklarini 45 tasi qayta ta’mirlanib O’zbekistonga tashrif buyuruvchilarning 70-80 foizi bu diqqatga sazovor joylaridan baxramand bo’lmoqdalar.

Hozirgi vaqtda turizm industriyasining yanada rivojlantirish bo’yicha quyidagi asosiy turlarga ahamiyat berilmoqda. Tur (yunalish) Deganda yakunlanishi munkin bo’lgan turistik mashrut bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlarning hujjatlari yig’indisi bo’lib, bunda tur yunalish bo’yicha hamma ma’lumotlar mavjud bo’ladi. Asosan turning dasturida xizmatlar sifati va bu xizmatlarga qo’yilgan narxlar ko’rsatiladi.

1. Arxeologik tur- qadimshunoslik joylarini yoqtiradigan, o’rganadigan turistlar uchun tashkil etiladi.

2. Pekij tur- barcha asosiy xizmatlar ko’rsatiladigan joylar ularni fotosi, mamlakat to’g’risida qisqa axborot, turda ko’rsatadigan xizmatlar xillari va barcha xizmat turlarining umumiy qiymati ko’rsatilgan bo’ladi.

3. Aylanma tur- bu tur shaharlar atrofidagi yaqin manzillarga, joylarga tashkil etilib, qaysi joydan boshlangan bo’lsa, shu joyga qaytib kelganligi uchun aylanma tur deyiladi.

4. Birkunlik tur- bu tur asosan shahardagi tarixiy va arxitektura yodgorliklari, muzeylar va boshqa turistik joylarga dam olish kunlarida tashkil etiladi.

5. Dam olish kunlarida tashkil etiladigan turlar-bunday turlar dam olish kunlarida ko’proq tashkil etiladi.Bu turlarning muddati ikki kun (shanba va yakshanba) ziyorat qilish va yaqin joylarda tashkil etiladi.

6. Doimiy turlar- bunday turlar turistik mavsumdan qat’iy nazar, respublika shaharlarga, diqqatga sazovor joylarga, manzillarga uzluksiz ravishda tashkil etiladi.

7. Eksklyuziv turlar- bunday turlar hujjatlarda (tur paketda) ko’rsatilgan turistik majburiy xizmatlardan tashqari qushimcha xizmatlarni ko’rsatish bulib umumiy turmahsulot qiymatiga kirmaydi va ko’rsatilgan qo’shimcha xizmatlar uchun aloxida to’lanadi.

8. Mavsumiy turistik turlar- bunday turlar turistik mavsum davrida dam olish kunlarida tashkil etiladi, masalan yoz oylarida dengizda daryolarda chumilish havzalarida tashkil etiladi. Qish oylarida qorli tog’lar va o’rmonlarda chang’ida uchish uchun tashkil etiladi.

9. Maxsus turlar- bunday turlar ―Buyuk Ipak Yo’li‖ bo’yicha joyylashgan mamlakatlar, shaharlarga tashkil etiladi. Bu turlarning alohida dasturi bo’lib, ov qilish, dam olish, tog’larga chiqish ,cho’lda kezish, o’rmonlarda sayr qilish kabi maqsadlar uchun tashkil etiladi.

10. Mavzuli turlar- alohida mamlakatlar, buyuk ,tarixiy shaxslar,davlat arboblari, sarkardalar,olimu-fuzolarga bag’ishlanadi.

11. Piyoda tur: ko’p turistlar tog’ga, cho’lga chiqishi qiyin bo’lgan joylarga transportsiz piyoda chiqishni yoqtiradigan turistlarga tashkil etiladi.

12. Suv yo’nalishlari bo’yicha turlar: bunday turlar dengiz va daryolarga yaqin bo’lgan shaxar axolisi uchun tashkil etiladi.

13.Temir yo’l yo’nalishi bo’yicha turlar: davlatlar va shaxarlar o’rtasida poyezd orqali bo’ladigan sayohat kiradi, bunday turlar temir yo’l yo’nalishi bo’yicha bo’lganligi tufayli arzon va qulay xisoblanadi.

14. To’g’ri yo’nalish bo’yicha turlar: bunday turlar shunday tashkil etiladiki, boshqa manzillar va joylarga borib shaxarlarni ko’rgandan so’ng o’z manziliga qaytib kelish sharti bilan tashkil etiladi.

15. Tashkillashtirilgan tur: bu turlar maxsus tashkillashtirilgan bo’lib turistlar birnecha manzillar, joylarni ko’rishlari mumkin, bu joylar bir-biriga o’xshamasligi kerak.

16. Tashkillashtirilmagan tur; bunday turlar faqatgina malakatlar va shaxarlar aniqlanib turistlar o’zlaricha bu mamlakatlarga boradilar.

17. Charter turlar: bunday turlar qisqa vaqt muddatda jahonning ma’lum bir mamlakatiga yoki bir Nechta shaxarlarga tashkil etiladi.

18. Rekrasion tur-bu salomatlikni qayta tiklash bo’yicha maxsus tur bo’lib,

ma’lum bir kasallikni davolash uchun toza havoda, tabiat qo’ynida, tog’ o’rmonda

davolanish uchun tashkil etiladi.

19. Sport bo’yicha turlarni tashkil etishda turistik firma va korxonalar

sport yo’nalishlari bo’yicha bo’lgan sport xillari mavjudligi va axolini qaysi sport turlari bo’yicha ehtiyojlarini aniqlash bilan boshlanadi. Jaxonda sport turlari bo’yicha xilma-xil bo’lgan o’yinlar, qaysi mamlakatda o’tadigan musobaqalarni aniqlash va tayyorgarlik ko’rish ishlari bo’yicha rejalar tuzishlari kerak.

20. Tijorat bo’yicha turlarni tashkil etish: turistik firma va korxonalar eng avvalo, talab katta bo’lgan turistik tovarlar tarkibiga nimalar kirishini qanday har xil tovarlar bo’lishini bilishini oldindan rejalashtirishlari kerak. Turistik tovarlar deganda iste’mol uchun ketadigan tovarlar, sovg’alar va boshqa xil mahsulotlar, turistlar uchun zarur bo’lgan bevosita yoki bilvosita ko’rsatiladigan xizmatlarga aytiladi.

21. Diniy va iloxiy joylarni ziyorat etish bo’yicha turlarni tashkil etish. Diniy turizm hozirgi zamon turizm sanoatining tarkibiy qismlaridan biridir. Diniy tarixiy va madaniy yodgorliklar muqaddas joylar, maqbaralar, masjidlar, diniy-ruhiy markazlar turistik obektlar xamma vaqt talabga ega bo’lib, xudud va shaxar axolisini qatnaydigan joylari xisoblanadi. Mamlakatimizda 100 foiz yodgorliklar davlat muxofazasiga olingan. O’zbekistondagi dniy va muqaddas joylar Bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nazorati ostida tamirlanmoqda va ularga boriladigan yo’laklar obodonlashtirilmoqda. Mustaqillik yillarda diniy va muqaddas joylarga keladiganlar, turistlarning soni 5 martaga oshdi.

22. “Arxitektura” turlari- Har bir davlat, millat shahar miqyosida turistlarga ko’rsatiladigan tarixiy-arxitektura inshootlariga bo’lgan sayohat o’ziga xos milliy xarakterga ega bo’ladi va ko’pchilik turistlarni qiziqtiradi. Ayrim davlatlarda shahar arxitekturasi tur mahsulot sifatida sotiladi.

23. “Alpinizm” turlari-sport turizmining tog’da o’tkaziladigan turi bo’lib, turistlar tog’ cho’qqilariga chiqish va qiyinchiliklarni yengish kabi zavqli yo’nalishlarda harakatlanishlarini bildiradi.

24. “O’smirlar uchun turlar”- bolalar turizmi bo’lib, hozir ko’pchilik rivojlantgan davlatlarda yosh bolalar bilimi va tafakkuri asosiy o’rinni egallaydi.

25. “Davolanish uchun turlar” – maxsus yo’nalish hisoblanib, turistlar o’z kasalliklarini davolash maqsadida yer osti issiq suvlariga, maxsus joylarga, shaharlarga va mutaxassislarga borishadi.

26. Dam olish uchun turlar - dam olish va bayram kunlari yoki ishdan ta’til olgan kunlar maxsus yo’nalishlarda shahardan tashqariga tashkil etiladi. Rivojlangan davlatlarda dam olish turizmi ta’til vaqtida turistlarning boshqa joylarga va davlatlarga borib dam olib kelish jarayonini ham nazarda tutadi.

27. Dengiz bo’ylab turlar- turistik yo’nalishlarning dengiz bo’ylab bir nechashaharlar, davlatlarni,turistlarni kemada sayohat qilishdir. Dengiz bo’ylab turlarda yo’nalishlar har xil bo’lishi mumkin: to’g’ri, aylanma va boshqa yo’nalishlar.

28. Ishlash bo’yicha turlar- har bir kishi turistik xizmatlarni oldindan sotib olgan holda boshqa davlatga borib, o’z ishini bajarib keladi.

29. Ilmiy turlar- olimlarning birgalikda konferensiya, festival, seminar va boshqa yig’ilishlarni o’tkazish amaliy tadbirlaridir. Boshqa davlatlarda ilmiy izlanish maqsadida guruhlar tuzilib, ular maxsus ilmiy ishlarni bajarishga mo’ljallangan bo’lib, bir necha davlatlar chegarasidan o’tiladi.

30. Kosmik turlar- turistlarni raketalar yordamida boshqa sayyoralarga olib borish va u yerda tomosha, ilmiy va dam olish jarayonlaridir. Yer orbitasi atrofida aylanib, dam oldirib, tomosha qildirib va qayta yerga tushirish ham kosmik turlar deyiladi.

31. “Nastalgiya” turlari- oldingi hayotini qo’msash natijasida boshqa joylarga sayohat qilishga aytiladi. Oxirgi yillarda jahon bo’ylab, davlatlar o’rtasida yangi tur yo’nalishlar paydo bo’lmoqda bunday yo’nalishlar sayyohlarning asosiy maqsadi o’z ota-bobolari yashagan joylarni borib ko’rish va qayta ko’rish, ular qanday va qancha yashaganligini va qanday tarixiy ishlar qilganligini bilish maqsadida maxsus turlar tashkil etiladi va bu turlar ―o’tmishini qo’msash‖ yoki o’tmishga qiziqish‖ maqsadida amalga oshiriladi.

32. Ov uchun turlar-maxsus tur bo’lib, qonun bo’yicha ruxsat berilgan joylarda hayvonlarni ov qilish yo’nalishlarini tashkil qilinib, ularga ruxsat olib berish, joylashtirish,ovqatlantirish va kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlash xizmatlarni sotish jarayoni amalga oshiriladi.

33. Oilaviy turlar- rivojlangan davlatlarda turistlar o’z oilalari bilan dam olish yoki sayohat qilish maqsadida tur mahsulotlarni sotib olishadi va bu yo’nalishlar ta’til vaqtida bolalar o’qimaydigan vaqtlada ko’p tashkil qilinadi.

36. Tog’larga chiqish bo’yicha turlar-tog’lar bo’ylab ot-ulovda, piyoda yurish va har xil tog’ o’yinlaridan foydalanish, tog’ bag’rida toza havoda dam olish, tog’ hayvonlarini ov qilish kabi xizmatlarni tur mahsulot sifatida sotish amalga oshiriladi.

Milliy turistlar-Butunjahon Turistik Tashkilotining yangi tavsiyasiga ko’ra milliy turistlarga davlat ichida sayohat qilgan turistlarga va boshqa davlatlarga ketgan turistlar qismini ham qo’shib hisoblash tavsiya etilgan.

Mahalli turistlar-davlat miqyosida bir joydan ikkinchi joyga ziyorat qiluvchi turistlarga aytilib, turistik firma va tashkilotlar jo’natgan va ular qabul qilganlar soni bilan o’lchanadi. Ayrim holatlarda mahalliy turistlarni sayohatchilar ham deb aytiladi. Chunki ular qisqa vaqt ichida faqat bir shahar ichida muzeylar,tarixiy joylarga, dam olish joylariga sayohat qilishadi.

Tur yo’nalishlari dasturi -tur yo’nalishlar bo’yicha alohida yoziladigan asosiy hujjat.Turistlarning ko’radigan joylari,transport turidan,mehmonxonalardan foydalanish tartiblari yoziladi. Tur mahsulot va turistik maxsulot o’rtasida ancha farq bor. Turistik mahsulot tushunchasi kengroq ma’noga ega. Turistik mahsulot tarkibiga qo’shimcha ko’rsatiladigan xizmatlar va iqtisodiyotni boshqa tarmoqlarida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari xam kiradi. O’zbekiston territoriyasi bo’ylab quydagi turlar sotiladi

Turizming industriyasining rivojlanish yo’llari- davlat miqyosuda turizmning o’sishini ifodalaydi va kompleks o’sish yo’llarini turizmning turlari bilan ifodalovchi yaxlit bir kompleksni bildiradi.

Turizm industriyasining rivojlanish konsepsiyasi-ma’lum davrga rivojlangan dasturiy maqsad bo’lib, bajarish uchun tuziladi. Bu hujjat ilmiy izlanishlar uchun asosan tuzilib, o’z davri, zaxiralari, bajaruvchilari va erishadigan natijalari aniq bo’ladi. Davlat miqyosida tuzilgan konSepsiya tizimini dunyo bozoriga olib chiqishini asosiy maqsad qilib oladi.

Turizm industriyasining rivojlanish modeli- turizmning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi yo’lining hozir markazlashgan, monetoring va bozor rivojlanishi model lari. Har bir davlat o’z modelini tuzadi. Respublikamizda turizm sohasida bozor munosabatlariga asoslangan modeli tuzilyapti. Turizm industriyasining rivojlanishi asosida talab va taklif, raqobat, qiymat, qonunlari yotadi. 2
3. O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati

Turistik biznes iqtisodiyotning noishlabchiqarish tarmog`i hisoblanib, turistlarning moddiy va nomoddiy ehtiyojlarini qondiradigan korxona va tashkilotlar yig‘indisi. Ularning asosiy funksiyasi insonlarni to‘la qonli dam olishini ta’minlashdan iboratdir. Turistik biznes dunyoning bazi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib hisoblanadi (Turkiya, Misr, Tunis va b.).

Bugungi kunda turizm daromadliligi bo‘yicha iqtisodiyotning eng yirik sohalari ya’ni neft qazib olish va qayta ishlash hamda avtomobilsozlikdan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Shunday ekan, xozirda barcha mamlakatlar ichtisodiyotning ushbu sohasini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida qarashmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlar barcha tarmoqlarda, jumladan, turizm sohasida ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston rivojlanishning milliy modelini yaratmoqda, turizm bu modelning yaratilishida iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagi sifatida o‘rin olishi zarurdir. Bunda iqtisodiy islohotlarning natijasi tarmoqning rivojlanishi bilan belgilanadi.

Respublikamiz turizm salohiyati bo‘yicha Markaziy Osiyoda eng ilg‘or hisoblanib, dunyodagi yetakchi o`nta davlat qatoriga kiritilgan.

Tur mahsulotlarning umumiy soni o‘n mingtadan ortiq bo‘lib, juda ko‘p son va sifat ko‘rsatkichlariga ega. Ammo ayrim milliy turistik mahsulotlar haligacha shakllanmagan yoki xalqaro bozorda sotishga mo‘ljallanmagan. Ko‘pchilik turmahsulotlar ma’lumot beruvchi sifatida ifodalanib, unda mahsulot bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlar to‘liq yoritib berilmagan. Tur mahsulotning bozordagi raqobatbardoshligi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy omillardan biri hisoblanib, unga ayniqsa baho katta ta’sir ko‘rsatadi. Tur mahsulotni baholashda uning sifatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Tur mahsulotga xalqaro bozorda bo‘lgan ehtiyojning ko‘pligi, mahsulotning turli xilligi va raqobatchi turmahsulotning bahosi katta ta’sir ko‘rsatadi.

Xalqaro turizm bozorini o‘rganish natijasida milliy turmahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlashda quyidagi uchta tamoyil asosiy rol o‘ynaydi: ishni aniq maqsadga yo‘nalgan holda davom ettirish, yangi rejalarni mo‘ljallash va ish faoliyatini muvofiqlashtirib borish. Haqiqatdan ham, turmahsulotning bozorda o‘z mavqeini ushlab turishiga doir tadbirlar ushbu yo‘nalishdagi keng qamrovli ishlarni uzluksiz ravishda olib borgandagina ijobiy natija bera boshlashini ilg‘or davlatlar tajribasidan ham ma`lum.

Tur mahsulotni o‘tkazish vositalarining yakka tartibda, boshqa chora-tadbirlardan ajralgan holda qo‘llanishi yoki ularning gohi-gohida qo‘llanib turilishi ushbu vositalar ta’sirchanligini ancha kamaytirishi mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, turmahsulotni xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirishda va uning sotuvini ta’minlashda quyidagi asosiy yo‘nalishlarini alohida ta’kidlash joyizdir:

· tur mahsulotlarni sotishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan

davlat tomonidan kerakli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalda qo`llash;

· jamoatchilik bilan aloqani kuchaytirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborotlar

berishni ta’minlash va ulardan samarali foydalanish;

· reklama-tashviqot ishlarini kuchaytirish;

Hozirgi paytda turizm sohasining umumiy rivojlanishi va raqobatbardosh turistik mahsulot yaratish maqsadida, tarmoqda zaruriy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlarni shartli ravishda to‘rt bosqichga ajratsak bo‘ladi.3



Birinchi bosqichda tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi.

1992 yilda respublikada «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993 yilda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon turistik tashkilotga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi va bu o‘z navbatida xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994 yilda BMT ning YUNESKO tashkilotiga a`z obo`ldi hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995 yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8% turistik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash va xalqaro turizmni rivojlantirish» to‘g‘risidagi Farmoni 4 Buyuk Ipak yo‘lida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik harakterga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizmi sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar va turistikmanzillar ro‘yxatga olindi. Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Maxdumi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Marg‘uloniy, Buxorodagi Chor Bakrlari kabi allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. Toshkent shahrida muntazam ravishda xalqaro turistik yarmarka tashkil etila boshlandi. Mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi. Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, ya’ni, 1999 yil 15 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda dunyo bozori bo‘yicha raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik ob’ektlar o‘zlarini o‘zlari boshqara boshlashdi, xizmat bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga o‘rin ochib berildi. Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi boshlangan bo‘lib, unda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid—tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsshsiyasi) «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishlariga yordam beradi. O‘zbekistonda turizmni rivojlatirish va uni yangi bosqichlarga ko‘tarish borasida, avvalo ko‘xna madaniy va arxitektura yodgorliklariga boy bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg‘ilon kabi shaharlar muhim ahamiyatga ega. Bu shaharlarda jahon ahlini xayratga soluvchi va lol qoldiruvchi qadimgi tarixiy yodgorliklar beqiyos ko‘p. Bugungi kunda respublikani xalqaro turizmning mintaqaviy markaziga aylantirish uchun hamda hududida bo‘lgani kabi transmilliy darajada ham katta investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun barcha shart - sharoitlar yaratilgan. “O‘zbekturizm” MKning statistik ma’lumotlariga qaraganda 2015 yilda O‘zbekistonga 1,977 million nafar chet ellik mehmon tashrif buyurgan. Turistik xizmatlarning umumiy hajmi 2014 yilga nisbatan 16 foizga, xizmatlar eksporti esa 9 foizga o‘sdi. 2017 yilning boshida mamlakatda faoliyat yurituvchi sayyohlik tashkilotlarining soni 900 dan ortiqni tashkil etgan. Ulardan 400dan ziyodi mehmonxona xo‘jaligi va 500 tasi turistik kompaniyalardir. 2013 yilda Xorazm, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida turizm sohasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Bu dasturlarni amaliyotga tatdbiq etish uchun 260 million AQSH dollari hisobida mablag‘ kiritish nazarda tutilgan.5



  1. O’zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish chora-tadbirlari natijasi

Sayyohlik (turizm) sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, ko‘plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda.

BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotida 2015 yilda dunyo bo‘yicha 1 milliard 184 million sayyoh qayd etilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuni bo‘yicha bu ko‘rsatkich 1 milliard 235 millionga ya'ni, 3.9 foizga oshgan. Sayohatchilarga ko‘rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015 yilda qariyb 1,5 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. 2016–2017 yillarda ham bu raqamlarda katta tafovutni ko‘rish mumkin.

Bundan ko‘rinib turibdiki, sayyohlik sohasi bugungi kunning eng muhim iqtisodiy sohalaridan biriga aylandi. Shu bois dunyoning ko‘plab davlatlari ushbu sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Turizmning samaradorlik darajasi quyidagi raqamlarda o‘z aksini topgan:2015 yilda eng ko‘p xorijlik mehmonlarni qabul qilishda Fransiya (83,7 million), AQSh (74,8 million), Ispaniya (65,0 million), Xitoy (55,6 million) va Italiya (48,6 million) kuchli beshlikda turishibdi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Meksika kuchli o‘ntalikdan joy olgan. Biroq bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropa va Osiyoning bir nechta shaharlari yetakchilik qilmoqda. Bunga misol qilib Hongkong (27,7 million), London (17,4 million), Singapur (17,1 million), Bangkok (16,2 million) va Parij (15,0 million) singari shaharlarni keltirish mumkin.150-o‘rin O‘zbekiston uchun aslo xos emas. Afsuski, O‘zbekiston bu sohada hali ancha orqada ekanligini ko‘rish mumkin. Xususan, Butunjahon turizm va sayohatlar bo‘yicha kengashi (BTSK) tomonidan berilgan bahoga ko‘ra, O‘zbekiston sayyohlar tashrifi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 150-o‘rinni egallaydi.

Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qaramasdan, turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish darajasi juda past. Shuning uchun bu borada sezilarli o‘sish haqida fikr yuritish ana shu omillarga bog‘liq.

Turizm bo‘yicha raqobatbardosh mamlakatlar reytingida dunyodagi (madaniy zaxiralar, arzon infratuzilma, sayyohlik mahsulotlari narxi, xavfsizlik darajasi, xalqaro shaffoflik jihatidan) eng jozibador 140 ta sayyohlik maskani qayd etilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatda Qozog‘iston 85-o‘rin, Qirg‘iziston 116-o‘rin, Tojikiston 119-o‘rinni egallagan, O‘zbekiston esa Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida eng oxirgi o‘rinda turibdi va bu reytingga kiritilmagan.

Yaqinda rasmiy saytlardan birida 2017 yilning birinchi yarmida yurtimizga 1 million 800 ming nafar sayyoh tashrif buyurgani, bu ko‘rsatkich 2016 yilga qaraganda 17 foizga oshgani haqidagi maqolaga ko‘zim tushdi. Nazarimda, ushbu raqamlarda biroz mubolag‘a bordek. Chunki o‘zim aynan sayyohlik sohasida ishlayotganim bois, shunday fikrdaman. Buning sabablarini maqolam davomida ko‘rsatib o‘tishga harakat qilaman.

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Sayyohlar oqimini yanada oshirish, ularni ohanrabodek jalb qilish uchun nima qilishimiz kerak?

O‘zbekiston katta tarixiy-madaniy merosga – 7300 dan ortiq qadimiy-me'moriy va arxeologik obidalarga ega. Ularning ko‘pchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon va Toshkent shaharlarida joylashgan. Yurtimizdagi 200 dan ziyod tarixiy yodgorlik va obidalar YuNeSKOning madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Nahotki shuncha tarixiy va boy madaniy meroslarimiz bo‘la turib, ularni dunyoga tanita olmasak? Buning uchun bizda arzigulik va maqtagulik boy tarixiy merosimiz yetarli. Birgina Fransiyaning Parij shahriga yiliga 15 million sayyoh tashrif buyurar ekan. Biz esa har yili sayyohlar sonini sanashdan, o‘tgan yildagidan biroz ko‘paygan bo‘lsa, uni baralla ovoza qilishdan nariga o‘tmayapmiz. Nahotki yirik bir sayyohlik salohiyatiga ega davlat bo‘la turib, bitta shaharchalik natijaga erisha olmasak?

Raqamlarda mamlakatimizga 1 million 800 ming nafar sayyoh tashrif buyurgani qayd etilgan. Agar mamlakatimizda asosiy sayyohlik mavsumi mart oyining o‘rtalarida boshlansa va dastlabki mavsum yakuni iyun oyi so‘ngiga qadar bo‘lsa, shu davr mobaynida shuncha sayyoh kelib ketishini tasavvur qilish qiyin.

Qolaversa, bizda mehmonxonalar yetarli emas, bori ham Yevropa mamlakatlarining mehmonxonalari narxi bilan deyarli teng va har yili narx sezilarli darajada o‘sib bormoqda. Bu borada yana Parijga «murojaat» qiladigan bo‘lsak, u yerda shahar va uning atrofidagi hududlardagi mehmonxonalar soni 4.260 tani tashkil etar ekan. Bizda esa bu ko‘rsatkich respublika miqyosida 4 yarim barobarga past, ya'ni, yurtimiz bo‘yicha atigi 750 ta mehmonxona mavjud. Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda turizmning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 foizni tashkil etadi. Bu judayam past ko‘rsatkich. Turizm faoliyatini amalga oshirgan firma va tashkilotlarning soni esa 433 tadan iborat.

Joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati borasida quyidagi fikrlarni bildirdi:

«Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida dunyo bo‘yicha ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari mavjud va ularning qariyb 200 tasi YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan.Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go‘zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar ochish mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur. Bu borada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz lozim.

Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilish dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to‘liq ishga solish lozim».Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni sohada uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etib, uni izchil rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Prezidentimiz mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida turizm haqida so‘z yuritar ekan, bunday serdaromad soha rivoji e'tibordan chetda qolib kelayotgani, uning O‘zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, shuningdek, valyuta zaxiralarini to‘ldirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilishi zarurligini alohida ta'kidladi.Prezidentimiz dunyoning 33 ta mamlakatida O‘zbekiston elchixonalari faoliyat ko‘rsatayotgan elchilarga qarata qilgan onlayn murojaatida O‘zbekistonga xorijiy ivestitsiya hamda turistlarni jalb qilishni, ayniqsa, har bir elchiga har kuni 10 nafar sayyoh jo‘natishga e'tibor berishni ta'kidladi. Ya'ni, turist ham investitsiya degani, degan g‘oyani ilgari surdi.

Davlat rahbarining yurtimizda barcha sohalar qatorida turizmga ham katta e'tibor qaratishi bu sohada ko‘zga tashlanib kelinayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish choralarini jadallik bilan amalga oshirilishida dasturulamal bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. O‘zbekiston yirik turizm salohiyatiga ega mamlakatlar qatorida o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega ekan, demak biz mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishimiz kerak.

Hozirgacha xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston haqida ko‘proq ma'lumotlarni targ‘ibot qilishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Xususan, bugungi kunda yurtimizga tashrif buyurayotgan aksariyat sayyohlar turizm firmalari tomonidan jalb etilmoqda. Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida O‘zbekiston haqida aholida yetarlicha ma'lumot yo‘q. Ular aynan turfirmalar orqali eshitib, qiziqish bildirib kelishmoqda.

Shu sohada xizmat qilayotganim bois, ko‘plab xorijiy sayyohlar bilan suhbatda bo‘laman. Qolaversa, Yevropa mamlakatlarida ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etib kelaman. Aynan shunday uchrashuvlarda ko‘plab shu kabi ko‘plab fikrlar bildiriladi.


Download 70.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling