Mavzu: O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muhitni oshirishning samarali yo’llari. Reja


Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari


Download 1.1 Mb.
bet2/3
Sana11.06.2020
Hajmi1.1 Mb.
#117660
1   2   3
Bog'liq
O’zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muhitni oshirishning samarali yo’llari


Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllari

Yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shu’ba korxonalari va filiallarini tashkil etish

Konsepsiya va lizing shartnomalarini tuzish

Tenderlar e’lon qilish

Erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish

100% mol mulk xorijiy kompaniyalarga tegishli bo’lgan korxonalarni tashkil etish

Ulushi qo’shilib qatnashishi orqali qo’shma korxonalarni tashkil etish

Moliyaviy aktivlarni sotish yoki sotib olish imkoniyatini berish

Chizmada aks ettirilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish shakllarini quyida alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.



Qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir. O’zbekiston Respublikasida qo’shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30 % xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo’lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSh dollariga teng bo’lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona nizom jamg’armasining 150 ming AQSh dollaridan kam bo’lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan kichik qo’shma korxonalarning keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.

Xorijiy korxonalarni tashkil etish orqali chet el investitsiyalarini jalb qilish bugungi kunda kengayib bormoqda. O’zbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida tashkil etilishi mumkin. Yirik xorijiy kompaniya va korxonalar o’z mol-mulklari bir qismini ajratib, shu’ba korxonalar ochishi mumkin. Bunday shu’ba korxonalarga ham qo’shma korxonalarga qo’yilgan talablar belgilangan.

Ikki yoki uchdan ortiq davlat yoki korxonalar o’z kapitallarini jamlagan holda xalqaro tashkilotlar tashkil etishi mumkin.

Kontsessiya shartnomalari - bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o’zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir.

Lizing shartnomasi chet el investitsiyalari ishtirokida asbob - uskunalarni, texnika - texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olishdir.

Tenderlar – bu tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga jalb etilishidir.

Bugungi kunda milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash yo'liga qadam qo'ygan O'zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyadarni jalb etish jarayonlarini yanada jadallashtirish va investitsion siyosatni faollashtirish davlatimiz rahbariyati tomonidan ustivor vazifalardan biri deb belgilab qo'yildi va bu siyosatni o'ziga xos 2 yo'nalishiga tayanadi:

- soliq yukini yengillashtirish,mablag`larni ishlab chi?arishni rivojlantirishga qaratish;

- mablag`larni davlat byudjeti orqali to'plash va investitsiya dasturlarini amalga oshirish.

Shunday qilib, iqtisodiy o'sishda oqilona investitsiya siyosatini ishlab chiqish yetakchi o'rin tutadi. Investitsiya siyosatini samarali amalga oshirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga xizmat qiladigan qator institutlarni tashkil etish lozim. Jahon iqtisodiyotida samarali amal qiluvchi model bozor tizimiga tayanadi va milliy iqtisodiyotning afzalliklaridan to'liq foydalanadi.

Qulay investitsion muhit yaratishning eng muhim shartlaridan biri siyosiy barqarorlik bo`lib, siyosiy jihatdan barqaror bo`lgan davlatgagina investitsiyalar kirib keladi. 


2. Markaziy Osiyo davlatlariga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar
BMT savdo va taraqqiyot konferensiyasi (YuNKTAD) "Dunyodagi investisiyalar ma'ruzasi – 2013"ni yangiladi, unda dunyoning turli mintaqalari, jumladan Markaziy Osiyoda to'g'ridan-to'g'ri investisiyalar oqimining dinamikasi keltirilgan.

Demak mazkur ma'ruzada keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, Markaziy Osiyodagi 5 davlat - Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistonda to'g'ridan-to'g'ri investisiyalar oqimi 2000-2005 yillarga nisbatan 2009-2012 yillarda 6 barobarga oshgan. Ma'ruza muallifning ta'kidlashicha, Markaziy Osiyo energiya manbalari: neft, gaz va suv energiyasiga boy hududdir. Ularning fikricha, sanoat sohasining rivojlanishi ushbu mintaqaga investisiyalarni jalb qilishda davom etadi. Sanoatdan tashqari, mintaqada xizmat ko'rsatish sektorida ham ulkan rivojlanish kuzatilmoqda. Shuningdek, avtomobil va temir yo'l loyihalariga ham katta sarmoyalar jalb etilmoqda, bu esa BMTning fikricha mintaqaning katta salohiyatli iqtisodiyatidan darak beradi.

YuNKTAD ma'lumotlariga ko'ra, agar 2000-2005 yillarda O'zbekistonga jalb etilgan chet el investisiyalari hajmi $112 mln.ni tashkil etgan bo'lsa, jahon iqtisodiy inqirozi davrida u $700 mln.dan oshib ketdi. Oxirgi 5 yilda (2008-2012 yillarda) to'g'ridan-to'g'ri investisiyalar hajmi 54%ga oshib, $711 mln.dan $1094 mln.ga ko'tarildi. Markaziy Osiyo davlatlarining investitsion jozibadorligi quyidagilarda namoyon bo`ladi:

Xorijiy investitsiyalar Farg’ona viloyati misolida



Manba: Farg’ona statistika ma’lumotlari

Nisbatan siyosiy va iqtisodiy baqarorlik. Bu xususiyat asosan Qozog`iston va O`zbekistonga tegishli. Ularda YaIM hajmi yiliga 8% ga oshadi.

Qulay investitsion muhit va soliq siyosati. Bu mamlakatlarda xorijiy investorlarga soliq yuki kam va turli qulayliklar yaratilgan. Mineral xomashyo resurslariga boyligi va enrgetika mustaqilligiga egaligi. Qulay geografik joylasuvi. Arzon ishchi kuchi, shuningdek kadrlar va intellektual salohiyat. Tabiiy resurslarga boyligi va ularni qayta ishlash imkoniyatlarining mavjudligi. Bozoriga kirish nisbatan osonligi. Investitsiyalar kiritish qulayligi. Davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning mavjudligi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari rivojlanayotgan mamlakatlar bo`lib, ularning iqtisodida rivojlangan mamlakatlar tomonidan kiritiladigan investitsiyalar alohida rol o`ynaydi. Markaziy Osiyodagi 5 mamlakt ham qulay investitsion muhit yaratishga harakat qiladi. Yuqoridagi afzalliklar ulardagi investitsion jozibadorlikni yanada oshiradi.

Har bir davlat qulay investitsion muhit yaratish, investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida turli chora-tadbirlar ko`radi, ularni amalga oshiradi. Qonunchilikni amalga oshiradi. Xorijiy investitsiyalar orasida, ayniqsa, rivojlangan davlatlarning ulushi yuqori bo`lishi iqtisodiyot uchun yaxshi.

Markaziy Osiyoda investitsion jozibadorligi eng yuqori bo`lgan davlat bu Qozog`iston Respublikasi bo`lib, uning qulay geografik joylashuvi, barqaror iqtisodi va siyosati xorijiy investorlarni o`ziga jalb qiladi. Qozog`istondaga ko`plab xorijiy davlatlardan investitsiyalar jajb qilinadi. Xususan, Yevropa Ittifoqi, shuningdek Buyuk britaniyadan ham ko`plab investitsiyalar kiritiladi. Eng katta investitsiyalar ham Yevropa mamlaktlaridan kiritiladi va asosan xomashyo mahsulotlari ishlab chiqarishga kiritiladi. 2008-yildan 2012-yilgacha bo`lgan davrda ham Qozog`istonning investitsion jozibadorligi Yevropa davlatlari uchun jozibador bo`ldi. Quyida Qozog`istonga to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiya kirituvchi asosiy investor davlatlar keltirilgan(1.2.1.jadval).

1.2.1-jadval

Qozog`iston Respublikasida to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar hajmi dinamikasi (mamlakatlar bo`yicha million AQSh dollarida) 







Investor mamlakatlar



2008 y.



2009 y.



2010 y.



2011y.



2012y.


Umumiy hajmidagi ulushi (2012 y.%)





Jami investitsiyalar hajmi 

19760 

19017 

19059 

21056 

22469 

100 



1. 

Niderlandiya 


4271,8 

6537,6 

5835,3 

8202,8 

7414,0 

32,9 



2. 

Fransiya 


1203,8 

1350,2 

1545,9 

1564,9 

1042,0 

4,6 



3. 

Xitoy 

692,5 

606,3 

1029,6 

1167,8 

2042,2 

9,1 



4. 

AQSH 

2076,1 

1941,3 

1756,7 

1049,3 

1336,6 

5,9 



5. 

Buyuk Britaniya 


1909,6 

1255,7 

1024,9 

825,2 

541,8 

2,4 



6. 

Rossiya 

930,9 

639,1 

930,3 

976,7 

392,8 

1,7 



7. 

Virginiya orollari(B.Br) 


1115,0 

1048,5 

561,3 

723,4 

435,6 

1,9 



8. 

Kanada 

1053,2 

493,2 

415,9 

560,2 

742,6 

3,3 



9. 

Italiya 

693,1 

653,0 

612,3 

459,6 

50,4 

0,2 



10.

Shvetsariya 


182,9 

449,4 

477,7 

444,1 

1946,9 

8,7 



11.

Janubiy Koreya


891,1 

184,8 

299,6 

340,5 

391,5 

1,7 


Manba: Qozog`iston Respublikasi Milliy banki ma’lumotlari

1.2.1-jadvaldan ko`rinib turibdiki, mamlakatga kiritiladigan investitsiyalar miqdori 2012-yilda 22469 mln. AQSh dollari ni tashkil etgan bo`lib, asosiy investor davlat bu – Niderlandiya, mamlakatga kiritilgan jami xorijiy investitsiyalarning deyarli uchdan bir qismi Niderlandiyaga tegishli. Mamlakatning asosiy investorlari asosan Yevropa mamlakatlari( Niderlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Shetsariya kabi taraqqiy etgan davlatlar)dir. Shuningdek, Osiyoning Xitoy, Janubiy Koreya kabi davlatlari ham Qozog`iston bilan investitsion hamkorlikni yo`lga qo`yishgan.

Buyuk Britaniyaning kiritgan investitsiyalari Qozog`istonga kiritilgan jami xorijiy investitsiyalarning 2,4%ini tashkil etadi. Bu 541,8 million AQSh dollari demakdir. Lekin bu 2008-yildagidan 3,5 barobarga kam. Bu kamayishning sababi 2008-yilda dunyoni domiga tortgan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi bo`lishi mumkin.

Ular Qozog`istonning qaysi iqtisodiy tarmoqlarida namoyon bo`ladi? Bu savolga 1.2.2-jadval orqali ma`lumot olish mumkin.

1.2.2-jadval 
Qozog`iston Respublikasi iqtisodiga kiritilgan to`g`ridan-to`gri xorijiy investitsiyalar hajmi (iqtisodiy sohalarda million AQSh dollarida) 



Iqtisodiyot sohalari



2008y.



2009y.



2010y.



2011y.



2012y.



Umumiy hajmdagi ulushi (2012 y.%)



jami 

19760 

19017 

19059 

21056 

22469 

100 



Tog`-kon sanoati 
va uni qayta ishlash 

3484,7 

4377,4 

5026,7 

4068,2

4385,9 

19,5 



Neft xomashyosi va tabiiy gaz 

2755,0 

3888,2 

3808,4 

2236,2

2519,0 

11,2 



Qayta ishlash sanoati 

1925,6 

1795,2 

2129,4 

2921,3

1874,4 

8,3 



Metallurgiya sanoati va tayyor metal maxsulotlarini ishlab chiqarish(mashina va uskunalardan tashqari) 

1330,4 

1319,3 

1854,6 

2358,2

1055,0 

4,7 



qurilish 

200,3 

568,9 

422,1 

423,5 

1053,9 

4,7 



Ulgurji va chakana savdo, avtomobil va mototsikl ta’mirlash 

1313,1 

2284,1 

268,6 

1559,5

2245,3 

9,9 


Transport va saqlash 

119,8 

124,8 

30,6 

247,1 

376,1 

1,7 



Moliya va sug`urta faoliyati 

1933,6 

548,6 

528,4 

499,1 

2440,7 

10,9 


Ko`chmas mulk bilan bog`liq operatsiyalar, tadbirkorlarga xizmat ko`rsatish va ijara 

45,7 

361,6 

132,6 

166,3 

90,9 

0,4 


Manba:Qozog`iston Respublikasi Milliy banki

Demak, Qozog`istonning tabiiy resurslari xorijlik investorlarni qiziqtirgan ekan. To`g`ridan to`g`ri xorijiy investitsiyalarning deyarli uchdan bir qismi tog`-kon sanoati hamda neft va gaz sohalariga kiritilgan.

O'zbekistonda investitsiya siyosatining maqsadi xo'jalik sub'ektlarining manfaatdorligini oshirish, moliyalashtirish manbalari tuzilmasini takomillashtirish va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda qo'shma korxonalar tashkil qilish asosida mamlakatning investitsiya saloxiyatini oshirishdan iborat. Oqilona investitsiya siyosati, birinchi navbatda, investitsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish orqali barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga xizmat qilishi lozim.

Investitsiya siyosati milliy va xorijiy investorlarning xo'jalik faoliyatini yuritishlari uchun qulay shart-sharoit yaratishi kerak.

O'zbekistonda investitsiya siyosati islohotlarning dastlabki bosqichida iqtisodiyotga chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishga yo'naltirilgan edi. Shu maqsadda Davlat investitsiya dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi mamlakat iqtisodiy rivojlanish sur'atlarini barqarorlashtirish imkonini berdi.

Xususan, 2012 yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'ati amalda 8,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2000-2012-yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,1 barobar oshdi. Bu uning investitsion jozibadorligini oshiradi. Shuningdek, xorijiy kompaniyalarni ham o`ziga jalb etadi, chunki bu ko`rsatkichlar mamlakatdagi barqaror iqtisodiy va siyosiy vaziyatdan dalolat beradi.

Mazkur ko'rsatkich bo'yicha O'zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi. Bu 2000-yildan 2012-yilgacha bo`lgan davr davomidagi YaIM dinamikasi ko`rsatkichlarida namoyon bo`ladi (1.2.1-rasm).

1.2.1-rasm



YaIMning o'sish sur'atlari (o'tgan yilga nisbatan % da)

Manba: O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi ma’lumotlari

Rasmdan ko'rinib turibdi, real YaIMning o'sish darajasi oxirgi yetti yilda 7 %dan yuqori bo'lib kelmoqda, jumladan 2005 yilda – 7 %ni, 2006 yilda - 7,3 %ni, 2007 yilda - 9,5 foiz, 2008 yilda – 9 foiz, 2009 yilda – 8,1 foiz, 2010 yilda – 8,5 foiz, 2011 yilda 8,3 foiz, 2012 yilda esa 8,2 foizni tashkil etdi.

Yuqorida qayd etilgan omillar ta'sirida 2012 yilda mamlakatimizda YaIMning mutlaq hajmi 96,6 trln. so'mga teng bo'ldi.

So'nggi yillarda faoliyat ko'rsatatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik-texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida faol investitsiya siyosati yuritishga alohida e'tibor qaratildi.

2012 yilda iqtisodiyotimizga 11 milliard 700 million dollar miqdorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki bu boradagi ko'rsatkich 2011 yilga nisbatan 14 foizga o'sdi. Jami investitsiyalarning 22 foizdan yoki 2 milliard 500 million dollardan ortig`ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 79 foizdan ko'prog`i to'g`ridan-to'g`ri xorijiy investitsiyalardir. E'tiborga sazovor tomoni shuki, jami investitsiyalarning qariyb 74 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga yo'naltirildi.O'zbekistonda investorlar uchun, aytish mumkinki, ko'p jihatdan beqiyos, o'ta qulay investitsion muhit, imtiyoz va preferentsiyalar tizimi yaratilgan, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi yildan yilga ortib borayotgani ham buning yorqin dalilidir.

Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo'lgan. O`zbekistonda qaysi tarmoqlarga xorijiy investitsiyalar kiritiladi? Quyidagi rasmlarda bu savol o`z javobini topgan(1.2.2 va 1.2.3-rasmlar)

1.2.2-rasm



O`zbekiston Respublikasida 2012 yilda ishlab chiqarish sohalariga yo`naltirilgan investitsiyalar miqdori (mlrd. so`m) 

Manba: O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi

Rasmdan ko`rnib turibdiki, eng ko`p investitsiyalar transport va aloqa sohasiga yo`naltirilgan bo`lib, 4026,9 mlrd.so`mni tashkil etadi. Issiqlik energiyasiga 3768,4 mlrd.so`m, avtomobilsozlikka 953,8 mlrd.so`m, qishloq xo`jaligiga 905,8 mlrd so`m, metallurgiyaga 649,8 mlrd.so`m, yengil sanoatga 618,8 mlrd.so`m, kimyo va neft-kimyoga 499,9 mlrd. so`m, qurilish materiallariga 415,8 mlrd. so`m va 398 mlrd.so`m mablag` oziq-ovqat sanoatiga yo`naltirilgan.

Ayni vaqtda O'zbekiston chet el investisiyalarini jalb etishda mintaqada Qozog'iston va Turkmanistondan keyin uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyilga asoslangan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha tanlangan tadrijiy rivojlanish modelining izchil hamda aniq maqsadli amalga oshirilishi natijasida O‘zbekiston iqtisodiyoti hamon davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirlariga ishonchli bardosh bermoqda. Shu bilan birga mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning barqaror o‘sish sur’atlari saqlanmoqda.

Eksportyor korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida eksport hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,4 foizga oshdi.

Ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish borasida ko‘rilayotgan choralar shu yilning to‘qqiz oyida 18,4 ming yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish imkonini berdi. Ushbu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 51 foizga yetdi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 15-dekabrda qabul qilingan va mamlakatimiz sanoatini barqaror, jadal va muvozanatli rivojlantirishga qaratilgan “2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonining mantiqiy davomi bo‘ldi.

Yuqori texnologiyalar sohasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishni tashkil etish, polietilen va polipropilen mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi, zamonaviy gaz-kimyo komplekslarini qurish, zamonaviy va energiya tejaydigan texnologiyalar asosida mineral o‘g‘itlar hamda yangi turdagi kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish, eskirgan uskunalarni zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari bilan almashtirish hisobidan energetikani jadal rivojlantirish kabi loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimiz sanoatini yuksaltirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekistonda sarmoyadorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorij sarmoyasining yildan-yilga ortayotgani buning yaqqol dalilidir.

Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalarini o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasi investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchiligi tizimida eng ilg‘orlardan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasini huquqiy tartibga solish asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Masalan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida 2012-yil 10-aprelda davlatimiz rahbarining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida ko`plab korxonalar tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu esa xorijiy investorlarning O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorligi va mustahkamligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganidan yaqqol dalolat beradi.

Xo‘jalik sub’ektlari va aholining investitsion faolligini oshirishga doir chora-tadbirlar ham korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan investitsiyalar hajmini ko‘paytirish imkonini berdi.

Natijada 2012-yilda 106 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish nihoyasiga yetkazildi. “Sho‘rtanneftgaz” unitar sho‘ba korxonasida propanbutan aralashmasi qurilmasini barpo etish (5-navbat), Navoiy issiqlik elektr stansiyasida gaz siqish kompressor stansiyasini qurish, Navoiy viloyatida texnik kremniy ishlab chiqarishni tashkil etish (I-bosqich), Qalmaqir konini kengaytirish va rekonstruksiya qilish, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ishqorli yuvish sexini kengaytirish, texnik va texnologik qayta jihozlash (I-bosqich), Samarqand viloyatida yuk avtomobillari va tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi kompleksni tashkil qilish (II bosqich – yig‘ish ishlari), “White Machine Technology” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasida LCD televizorlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, Navoiy shahri aeroportida yo‘lovchi terminalini rekonstruksiya qilish, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi qoshidagi kardiojarrohlik bo‘limini rekonstruksiya qilish va jihozlash kabi qator loyihalar shular jumlasidandir.

“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududida ishga tushirilgan 11 ta korxona tomonidan umumiy qiymati 47,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bundan tashqari, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida 7 ta yangi investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda, shulardan 3 loyiha bo‘yicha ob’ektlarda qurilish-montaj ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, yangi tashkil etilgan «Angren» maxsus industrial zonasi hududida qiymati 185,8 million dollarlik 8 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish boshlandi.

Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasi va gaz siqish kompressor stansiyasini qurish, “Toshkent issiqlik elektr markazi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida kongeneratsion gaz-turbina texnologiyasini joriy etish, Sirdaryo va Tallimarjon issiqlik elektr stansiyalarida detanden-generatorlarini o‘rnatish kabi yirik loyihalar jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Joriy yilda 25 ta to‘qimachilik korxonasi, jumladan, “Shovot tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati bazasida (Xorazm viloyati) loyiha quvvati 5 ming tonna ip ishlab chiqarish imkonini beradigan yigiruv korxonasi, Toshkentda lenta va taroq uskunalari ishlab chiqarish, meva-sabzavotlar, go‘sht-sut mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha o‘nlab korxonalarni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Umuman, 2012-yilda 270 ta investitsiya loyihasini nihoyasiga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bu borada mamlakatimizning 2012-yilgi Investitsiya dasturi investitsiya siyosatini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Uning parametrlari davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan.

Loyihalarni amalga oshirishda katta imtiyozli kreditlar taqdim etgan Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Arab Muvofiqlashtiruvchi guruhi kabi xalqaro moliya tuzilmalari faol ishtirok etmoqda.

Mamlakatimizning davlat investitsiya siyosati uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan bo‘lib, investorlarning samarali ishlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan. Buning uchun O‘zbekistonda barcha imkoniyatlar bor, ya’ni mamlakatimizning geografik joylashuvi qulay, transport tarmog‘i yaxshi rivojlangan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma taraqqiy etgan, boy tabiiy resurslar hamda yuqori malakali kadrlar mavjud.

Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu o’rinda “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va respublikaga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida 2003 yil 2-mayda 205-son “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori qabul qilinganligini aytib o’tish joizdir.

     О’zbekiston iqtisodiyoti bugun jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylandi. Mamlakatimiz eksport salohiyati yildan-yilga oshmoqda, tashqi bozorlarga xomashyo emas, yuqori qo’shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar yetkazib berilmoqda. O’zbekiston sanoatini rivojlantirish bo’yicha belgilangan ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan bevosita bog’liqdir. O’zbekistonda investorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyozlar va preferensiyalar tizimi yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ko'payib borayotgani ham shundan dalolat beradi.

      Mamlakatimizning investitsion jozibadorligi keng ko’lamli sotish bozorlarining mavjudligi, Yevroosiyoning investitsion hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini belgilab beruvchi multimodal kommunikatsiya tizimiga integratsiyalashgan transport infratuzilmasining rivojlangani bilan ham bog’liq. O’zbekistonga investitsiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalar beshta yirik va jadal rivojlanib borayotgan bozor- 300 milliondan ortiq kishi savdo-sotiq qiladigan bozorlarga ega MDH mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy hamda Janubi-sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlariga chiqish imkoniga ega bo’lmoqda. Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalari, jumladan, xorijiy investorlar huquqlarini kafolatlash, investorlarga muayyan preferensiyalar taqdim etish to’g’risidagi qoidalar va boshqalarni o’zida mujassam etgan. O’zbekiston Respublikasining investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari qonunchilik tizimida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. “Xorijiy investitsiyalar to’g’risida”gi, “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, davlatimiz rahbarining va hukumatimiz qarorlari shaklida qabul qilinayotgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni huquqiy jihatdan tartibga solishda mustahkam asos bolib xizmat qilmoqda.

Jumladan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to’g’ridan-to’g’ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish. ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida 2012-yilning 10-aprelida Prezidentimiz Islom Karimovning “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi.Mamlakatimizda samarali qonunchilik bazasi yaratilgani tufayli iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4 mingdan ziyod korxona tashkil etilib, muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda.

2013-yilda Investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatimizda 13 milliard dollar qiymatidagi kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi, bu 2012-yilga nisbatan 11,3 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining deyarli yarmini, ya’ni 47 foizini xususiy investitsiyalar – korxonalar va aholining shaxsiy mablag‘lari tashkil etgani alohida e’tiborga loyiqdir.9

Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi – 70 foizdan ortig‘i, birinchi navbatda, ishlab chiqarish ob’ektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil etdi.

Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi.

O‘zlashtirilgan umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining 3 milliard dollardan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 2 milliard 200 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.

2013-yilda Investitsiya dasturi doirasida moliyalashning barcha manbalari hisobidan umumiy qiymati qariyb 2 milliard 700 million dollardan iborat bo‘lgan 150 ta ishlab chiqarish yo‘nalishidagi loyihani amalga oshirish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Bular qatorida Toshkent issiqlik elektr markazida kogeneratsion gaz turbinali texnologiyani joriy etish; Janubiy O‘rtabuloq – Muborak gazni qayta ishlash zavodi gaz quvurini va kompressor stansiyasini barpo etish orqali Somontepa va Janubiy O‘rtabuloq konlarini to‘liq jihozlash; «Angren» konini modernizatsiya qilish orqali Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasining 1-5-energiya bloklarini yil davomida ko‘mir bilan ishlashga o‘tkazish; «Angren» maxsus industrial zonasi hududida «Ohangaron» podstansiyasini rekonstruksiya qilish, «Bekobod sement» ochiq aksiyadorlik jamiyatida yangi liniya qurish hisobidan faoliyat ko‘rsatayotgan sement ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish, “Quyuv-mexanika zavodi” sho‘ba korxonasida metall quyishni rekonstruksiya qilish va boshqa yirik loyihalar borligini alohida qayd etish lozim. Shu bilan birga, Toshkent va Namangan viloyatlarida zamonaviy to‘qimachilik komplekslari, Jizzax va Xorazm viloyatlarida yigiruv va to‘quv, Samarqand viloyatida sport poyabzallari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 21 ta korxonada ishlab chiqarish modernizatsiya qilindi va texnik qayta jihozlandi.

Ma’lumki, biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘z oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz. Ularni amalga oshirishda kerakli imtiyozlarga ega bo‘lgan maxsus industrial zonalarni tashkil etish yo‘lida oxirgi yillarda biz ko‘pgina tajribalarga ega bo‘lmoqdamiz. Buning amaliy tasdig‘ini «Navoiy» va «Angren» maxsus industrial zonalari faoliyati misolida ko‘rish mumkin.


Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo‘lgan 19 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

2013-yilda maxsus zonadagi korxonalar tomonidan qiymati 100 milliard so‘mdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi va bu boradagi o‘sish sur’ati 2012-yilga nisbatan 25,8 foizni tashkil etdi.

«Angren» maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati qariyb 44 million dollar bo‘lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli yorug‘lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko‘mir briketlari kabi yuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, shakar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavod va boshqa korxonalar tashkil etildi.

Ayni shu yo‘nalishda to‘plangan tajribani hisobga olib, o‘tgan yilning mart oyida Jizzax viloyatida «Jizzax» maxsus industrial zonasi tashkil etilgani sizlarga yaxshi ma’lum. Sirdaryo viloyatida bu zonaning filiali faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda «Jizzax» maxsus industrial zonasi hududida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

O‘tgan yilning o‘zida mazkur zona hududida Xitoy kompaniyalari ishtirokida 100 ming dona mobil telefon ishlab chiqarish, shuningdek, chorva mahsulotlarini qayta ishlash va ozuqa tayyorlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 6 million dollar bo‘lgan dastlabki 3 ta loyiha amalga oshirildi.




  1. Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniya tashqi savdo aylanmasi tahlili

Tashqi savdo investitsion faoliyatni rivojlantiruvchi va faollashtiruvchi muhim omillardan biridir. O`zaro savdo munosabatlariga kirishgan davlatlarda, odatda o`zaro investitsion munosabatlar ham vujudga keladi. Shu o`rinda xalqaro savdo, tashqi savdo tushunchalariga to`xtalib o`taman.

Jahоn savdоsi tashqi iqtisоdiy alоqalarning asоsiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkоniyatlari yuzaga keldi va unga bоg’liq ravishda xalqarо mоliya-valyuta kredit munоsabatlari rivоjlandi.

Tashqi savdоning vujudga kelishi ikki muxim оb`ektiv sabablar bilan izоxlanadi. Birinchidan, bu tabiiy va xоm ashyo resurslarining mamlakatlar o’rtasida tekis taqsimlanmaganligidir.

Xalqarо savdо rivоjlanishining zarurligini aniqlоvchi ikkinchi muxim sabab-bu turli mamlakatlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarning bir xil rivоjlanmaganligidir.

Bu ikki оb`ektiv sabab har qanday milliy iqtisоdiyotning takrоr ishlab chiqarishi jarayonida xalqarо savdоning ahamiyatini aniqlaydi. 90-yillarning bоshlarida xalqarо savdо hajmi AQShda yalpi milliy mahsulоtning 16-18 fоizini, Germaniyada 30-39 fоizini tashkil etdi. Shu davrda O’zbekistоn yalpi milliy mahsulоtida tashqi savdоning ulushi 10-12 fоiz atrоfida bo’ldi.

Tashqi savdо xalqarо ayirbоshlashning an`anaviy shakli sifatida quyidagi ko’rinishlarni o’z ichiga оladi:

- mahsulоtlarni ayirbоshlash: yoqilg’i-xоm ashyo mahsulоtlari, qishlоq xo’jaligi mahsulоtlari, sanоat mahsulоtlari;

- xizmatlarni ayirbоshlash: muxandislik-maslaxat xizmatlari, transpоrt xizmatlari, turizm va bоshqa xizmatlar. Hоzirgi vaqtda xizmatlarning jahоn ekspоrtidagi xissasi 30 fоizdan оshib ketdi;

- yangi ilmiy-texnik ma`lumоtlarni ayirbоshlash: litsenziyalar va «nоu-xоu» lar. Ular xissasiga xalqarо savdо оbоrоtining 10 fоiziga yaqini to’g’ri keladi.

Xalqarо savdо mahsulоtlar, xizmatlar va fan-texnika ma`lumоtlarini ayirbоshlashning barcha ko’rinishlari tashqi savdо оperatsiyalari yordamida amalga оshiriladi. Ular o’z navbatida ekspоrt, impоrt, reekspоrt va reimpоrt оperatsiyalariga bo’linadi.

Ekspоrt оperatsiyasi-mahsulоtlarni chet mamlakatlarga chiqarish.

Impоrt оperatsiyasi-mahsulоtni xоrijiy sherikdan sоtib оlish va uni mamlakatga оlib kelish.

Reekspоrt оperatsiyasi - avval impоrt qilingan va qayta ishlоv berilmagan mahsulоtni chet elga оlib chiqib sоtish.

Reimpоrt оperatsiyasi - avval ekspоrt qilingan va u yerda qayta ishlоv berilmagan mahsulоtni chet elda sоtib оlish va mamlakatga оlib kelish.

Tashqi savdо оperatsiyalari turli mamlakatlardagi sheriklarining ma`lum izchillikda amalga оshiriladigan harakatlarni ifоdalaydi. Bu harakatlar bоzоrini o’rganish, uning reklamasi, sоtish tarmоqlarini yaratish, tijоrat takliflarini o’rganish, muzоkaralar o’tkazish, kоntraktlar tuzish va uni bajarishni o’z ichiga оladi. Kоntrakt bitim qatnashchilari ya`ni, sheriklar o’rtasidagi tijоrat munоsabatlari rasmiylashtiriladigan asоsiy xujjat hisоblanadi. Savdо sоxasidagi bitimning bоshqa bir qatnashchisi sherik - kоntragent deb ataladi.

Talab va uni kengaytirish yo’llari, narx darajasi va o’rganish tendentsiyasi, raqоbatning keskinligi, ishlab chiqarishning texnik darajasi va rivоjlanish imkоniyatlari va xоkazоlar o’rganiladi. Kоntraktlarni tuzish bo’yicha tayyorlоv ishlarini muxim bоsqichi chet ellik sherikni aniqlash, uning faоliyati xususiyati va hajmini, xuquqiy va mоliyaviy ahvоlini va ishоnchliligini o’rganish hisоblanadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tashqi savdo oboroti har yili 1,2 mlrd. dollarni tashkil qilayapti. Uning 47 % foizi o‘zbek eksportiga, 53 % Yevropa mamlakatlaridan O‘zbekistonga importni tashkil qiladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida O‘zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlari Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Fransiya, Niderlandiya va boshqalar hisoblanadi.

YEI mamlakatlari shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritayotgan yirik sheriklar hamdir. O‘zbekiston hududida YEI mamlakatlari firma va kompaniyalari ishtirokida 500 dan ziyod korxonalar ishlab turibdi, ulardan 115 tasi yuz foiz (100%) Yevropa kapitali hisobiga tashkil etilgan.

O`zbekiston Respublikasining MDH tarkibida bo`lmagan asosiy savdo hamkorlari 2.1.1. jadvalda berilgan.

2.1.1-jadval 

O`zbekistonnning xorijiy mamlakatlar bilan savdo munosabatlari 


Mamlakatlar



Export (% da)



Import (% da)

2011

2012

2011

2012



Avstriya 



1,7 

1,6 



Belgiya 

0,3 

0,5 

0,7 

0,6 



BuyukBritaniya

1,2 

1,9 

1,2 

1,1 



Germaniya 

0,5 

0,8 

11,5 

6,4 



Italiya 

0,2 

0,3 

2,6 

1,9 



Xitoy 

15,7 

24,8 

20,8 

24,3 



Koreya 

1,7 

1,9 

22,1 

26,0 



Niderlandiya 

0,2 

0,2 

1,2 

0,8 



AQSh 

0,9 

0,8 

4,4 

5,1 



Turkiya 

11,0 

14,5 

4,1 

4,7 



Fransiya 

2,7 

2,8 

2,6 

1,4 



Shvetsariya 

0,2 

0,3 

1,5 

1,1 



Yaponiya 

0,2 

0,2 

2,2 

2,6 

Manba:O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi ma`lumotlari

2.1.1-jadval ma’lumotlariga ko`ra, O`zbekistonning asosiy xorijiy eksport hamkorlari ichida eng yirigi Xitoy bo`lib, 2012-yilda O`zbekiston eksportining 24,8%i unga tegishli, so`ngra Turkiya bo`lib, u 14,5% ulushga ega. Keyingi o`rinlarda 2,8% bilan Fransiya 1,9% bilan Buyuk Britaniya va Janubiy Koreya turadi.

Import hamkorlari orasida esa Janubiy Koreya yetakchilik qiladi. Import qilinayotgan mahsulotning to`rtdan bir qismidan ko`prog`i Janubiy Koreya xissasiga to`g`ri keladi. Undan so`ng 24,3% Xitoyga tegishli bo`lsa, keyingi o`rinlarda 6,4% bilan Germaniya, 5,1% bilan AQSh, 4,7% bilan Turkiya, 2,6% bilan Yaponiya, 1,9% bilan Italiya, ulardan so`ng 1,1% bilan Buyuk Britaniya turadi.

2008-yildan eksport va import ko`rsatkichlari pasaygan.

Markaziy Osiyodagi boshqalariga nisbatan iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlat – Qozog`istonning uzoq xorij mamlakatlari bilan savdosi(2.1.1-rasm)ni ko`rib chiqsak.



2.1.1-rasm

Qozog`istonnning xorijiy mamlakatlar bilan savdo munosabatlari (2012-yil) 

Manba:Qozog`iston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi ma`lumotlari

2.1.1-rasmdan ko`rinib turibdiki, Qozog`iston eksportida ham 16,6% bilan Xitoy yetakchilik qiladi. 15,1% Italiya, 6,7% Niderlandiya, 5,3% Fransiya, 5,1% Shvetsariya, 3,9% Avstriya, 2,7% Ukraina, 2,6% Turkiya va Kanada, 2,3% Ruminiya va 1,9% Birlashgan Qirollik ya’ni Buyuk Britaniyaga tegishli. Asosiy import hamkorlari orasida ham 5,1% bilan Xitoy yetakchilik qiladi. Buyuk Britaniyaning ulushi esa 0,5%ni tashkil etadi.

Ko`rib chiqilgan 2 davlatning ham tashqi savdosida Buyuk Britaniya kam ulushga ega. Bunga sabab faqatgina mamlakatlarning uzoqligi bo`lmay, boshqa sabablar ham mavjud. Ulardan biri Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi a’zosi bo`li, Ittifoqda yagona boj tizimiumumiy bozor rivojlangan, Markaziy Osiyo davlatlari esa Yevropa ittifoqi tarkibiga kirmaganligi uchun uning tarkibidagi mamlakatlar bilan tashqi savdoni kuchli yo`lga qo`ya olmaydi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi savdo aylanmasi tahliliga to’xtalsak, mintaqadagi eng taraqqiy etgan iqtisodiyotga ega davlatlardan biri O’zbekiston tashqi savdo aylanmasini tahlil etish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Chunki O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi Markaziy Osiyo tashqi savdo aylanmasida eng katta ulushga ega davlarlardan biridir.

2.1.2-rasm



2013-yil yakunlariga ko’ra O’zbekiston eksport tarkibida elektroenergiya va neft mahsulotlari 31,1% bilan jami eksportning eng katta ulushini tashkil etdi. Keying o’rinlarda xizmatlar 16,2%, oziq-ovqat mahsulotlari 9,8%, paxta tolasi 7,7%, qora va rangli metallurgiya 6,3%, mashina va asbob uskunalar 5,5%, kimyo mahsulotlari 4% ulushni tashkil etdi. Mamlakatimiz eksportida hom ashyo mahsulotlaridan ko’ra tayyor mahsulot ulushi keying yillarda oshib bordi va umumiy eksportning 70 %dan ko’prog’ini tashkil etmoqda. Buning asosiy sababi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investitsiya siyosati va ularning ko`payishi, buning natijasida modernizatsiya, diversifikatsiya va lokalizatsiya dasturlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishidir.

Buyuk Britaniya bilan savdo aloqalarini rivojlantirish uchun ularda mavjud bo`lmagan yoki unga nisbatan ishlab chiqarishda ustunlikka ega bo`lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va taqdim etish zarur.

O`zbekiston Respublikasi importi tarkibi esa 2.1.3-rasmda ko`rsatib o`tilgan. Unda esa asosan ishlab chiqarish vositalari salmoqli o`rinni egallaydi.



2.1.3-rasm

2.1.3-rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamlakat import tarkibida mashinasozlik va uskunalar eng katta ulushga ega hisoblanadi va bu umumiy import hajmining 44,2%ini tashkil etadi. Kimyo mahsulotlari esa 14,3% ulushga ega. Keying o’rinlarda esa 9,7% bilan oziq-ovqat mahsulotlari, 7,9% bilan qora va rangli metallurgiya, 7,2% bilan elektroenergiya va neft mahsulotlari, 5,8% bilan xizmatlar importi turadi. Demak, O`zbekiston eng ko`p elektrenergiya va neft maxsulotlarini eksport qilib, mashinasozlik va uskunalarni import qiladi va bu asosan, Markaziy Osiyoda bo`lmagan mamlakatlar bilan bo`ladi. Mashinasozlik va uskunalar ishlab chiqarish sohasi uchun sotib olinadi.

O`zbekiston hmda boshqa Markaziy Osiyo davlatlari Buyuk Britaniyaga asosan xomashyo import qiladi, chunki bu davlatlar asosan mehnat resurslariga ixtisoslashgan, Buyuk Britaniya esa kapitalga ixtisoslashgan. Mutlaq ustunlik nazariyasiga ko`ra kapitalga mehnat resurslariga boy davlat mehnat talab qiladigan maxsulotlarni eksport qiladi, kaitalga ixtisoslahgan dvlat esa uni eksport qiladi, shunda xalqaro savdo rivojlanadi. Bu nazariya o`z tasdig`ini topgan holda, mehnat resurslariga va tabiiy resurslarga boy bo`lgan rivojlanayotgan davlatlar rivojlangan davlatlarga qazib olish, yetishtirish qiyin, ko`p mehnat talab qiladigan xomashyo yoki maxsulotlarni eksport qiladi ko`proq. Ulardan esa o`zlarida ishlab chiqarish ko`p xarajat talab qiladigan tayyor maxsulotlarni va ishlab chiqarishda zarur bo`lgan mashina va asbob uskunalarni sotib oladi.

O`zbekiston ham Buyuk Britaniyadan ko`proq ishlab chiqarish vositalari import qiladi. Shuningdek, kundalik hayotimizda ishlatiladigan ko`plab maishiy texnika vositalari ham Buyuk Britaniyadan import qilingan.

O`zbekiston paxtasining asosiy qismi ham London birjalarida sotiladi.

Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo va Buyuk Britaniya o`rtasida savdo munosabatlari keng yo`lga qo`yilmaganligining asosiy sababi ularning o`zaro savdosi ko`p xarajat talab qiladi. 


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling