Mavzu: O'zbekistonning eksport salohiyati va uning tavsifi Reja: Kirish
O’zbekistonning eksport salohiyati va jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni
Download 137.5 Kb.
|
O’zbekistonning eksport salohiyati va uning tasnifi
O’zbekistonning eksport salohiyati va jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniMa‘lumki, O‘zbekiston Yevroosiyo materigining deyarli qoq markazida, dunyo okeanlaridan ancha uzoqda joylashgan. Shu sababli dengizga tutash regionlarga xos barcha qulayliklar respublikamizga xos emas. O‘zbekistonning hamdo‘stlik davlatlaridagi muxim iqtisodiy bazalardan va jahonning iq tisodiy jixatdan rivojlangan mamlaktalar bilan bog‘lanish imkoniyatlarining cheklanganligi hisobga olinsa, respublikamiz iqtisodiy-geografik o‘rnining makrogeografik mavqei birmuncha noqulay ekanligi ma‘lum bo‘ladi. O‘zbekiston respublikasi xalqaro xamjamiyatning teng xuquqli sub‘yekti, jaxon xo‘jaligining ajralmas bir qismi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangi turi bozor munosabatlarini shakllantirish yo‘lidan bormoqda. Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘ida joylashgan O‘zbekiston xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish nuqtai nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbollari jixatidan qulay geografik-strategik mavqega ega. Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan buyuk ipak yo‘li O‘zbekiston xududi orqali o‘tgan. Bu yerda savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir-birini boyitishi jadal kechgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo – Tinch okeani mintaqasiga olib boradigan yo‘llar shu yerda kesishadi. O‘zbekistonning xududiy-makon xususiyatlari, uning geografik o‘rni bizning ichki va tashki siyosatimizni tanlash va amalga oshirishda katta axamiyatga ega. Markaziy osiyoda jug‘rofiy-siyosiy jixatdan markaziy o‘rin tutgan O‘zbekiston kuchlar tengligi va muvozanatini ta‘minlash, strategik muxim bo‘lgan ushbu mintaqada hamkorlikka mustaxkam zamin yaratish jarayonida sezilarli rol o‘ynash uchun hamma imkoniyatlarga ega. Uning xududi o‘zining mavjud va potentsial tabiiy hamda xom ashyo zaxiralari bilan hozirdanoq 21 –asr arafasida dunyoning siyosiy va iqtisodiy xaritasida aloxida axamiyati kasb etmoqda. Xorijiy mamlaktalar bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda O‘zbekiston oldida imkoniyatlar ochilmoqda. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan buyon iqtisodiy-geografik o‘rnini tobora yaxshilab bormoqda. Bular natijsida respublika ishlab chiqarish kuchlarining yanada tez rivojlanishiga erishish uchun imkoniyat darajasi ortib bormoqda. O‘zbekistonning noyob tabiiy imkoniyatlari, qulay iqlim sharoitlari, ulkan xom ashyo zaxiralari, strategik materiallar va qishlok xo‘jalik xom ashyosining katta zaxiralari asosli ravishda mintaqa va dunyoning eng boy mamlaktalari qatoriga olib chiqadi. O‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega davlatlar jaxon xaritasida ko‘p emas. Bu boyliklarning ko‘pchiligi hali ishga solinmagan. Bu esa butun dunyoga mashxur chet el kompaniyalari va banklarining e‘tiborini jalb etishi aniq. Prezidentimiz aytib o‘tkanlaridek, O‘zbekiston hududida ―Mendeleyev jadvali‖dagi deyarli barcha elementlarni uchratish mumkin. Mana shunday ekan, biz Yaratgan inom etgan bu ozod, obod, tinch va jaxon hamjamiyatida o‘ziga xos va mos mavqega ega bo‘lgan mamlakatda Allohga ming – ming shukronalar keltirgan holda u bergan ne‘matlardan oqilona foydalanib, yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun tinmay mehnat qilib yashamog‘imiz zarurdir. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi moddiy va nomoddiy maxsulotlar avvalo xalqimiz iste‘moli uchun yo‘naltirilmoqada hamda iste‘moldan ortgan qismi Respublikamizda mavjud bo‘lmagan moddiy ne‘matlar, shuningdek fan texnika taraqqiyoti, tejamkor, yuqori mexnat unumdorligiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini olib kelish maqsadida chet davlatlarga eksport qilinmoqda. Davlat mustaqilligiga erishilgach O‘zbekiston oldida jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishdek qiyin jarayon boshlandi. O‘nlab yillar mobaynida iqtisodiy siyosatda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar xalq xo‘jaligi tarkibida chuqur nomutanosibliklarga olib kelgan edi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘sishi deyarli faqat respublikaning resurs imkoniyatlariga mo‘ljallangan bo‘lib, iqtisodiy taraqqiyot muvozanatsiz va nokompleks tarzda kechgan, ijtimoiy omillar e‘tiborga olinmagan, noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarining moddiy-texnika bazasi past darajada qolib ketgan edi. Rivojlanishning bunday yo‘li oqibatida respublikada iste‘mol qilinadigan mahsulotlarning chorak qismidan ko‘prog‘i, shu jumladan, ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan mahsulotlar jami hajmining 2/5 qismi boshqa mamlakatlardan keltirilgan va import qilingan. Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekistondan chetga chiqariladigan mahsulotlarning 80% dan ko‘prog‘ini xom ashyo – paxta va yarim tayyor mahsulotlar tashkil etardi. Umuman olganda O‘zbekistonning respublikalararo eksporti yalpi milliy mahsulotning deyarli arzimas qismini, tashqi eksportning solishtirma hissasi esa 5% dan kamroqni tashkil etardi. Tovar ayirboshlashning bunday strukturasi va respublikalararo hamda tashqi eksportning foiz nisbati respublika moliya balansi, valyuta resurslari va davlat byudjetida surunkali taqchillikni vujudga keltirgan edi. Shu sababli tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida korxonalarning vazifalarini tubdan o‘zgartirish, xo‘jalikni tashqi bozorga yo‘naltirish respublikadagi ahvolni barqarorlashtirishni ta‘minlash maqsadida Prezidentimiz tomonlaridan zarur chora tadbirlar ishlab chiqildi. O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zining mustaqil rivojlanish yo‘lini tanladi va iqtisodiy islohotlarni izchil amalgam oshirishga kirishdi. Bu jarayonda qisqa davr mobaynida shunday rivojlanish yo‘li uchun poydevor yaratildi. Bunga ko‘ra Respublikamiz Prezidenti tomonidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoyili taklif qilindi. Taraqqiyotning ―o‘zbek modeli‖ quyidagi tamoyillarga asoslanadi: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; Davlat bosh islohotchi; Qonun ustuvorligi; Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o‘tish. O’zbekistonda bugungi kunning dolzarb masalasi bo’lib qolmoqda. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish respublika va uning mintaqalarida eksport sohasidagi faoliyatni ilmiy nuqtai nazardan tahlil etishni nazarda tutadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida maxsus tashkil etilgan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi” ning roli bu borada tobora oshib bormoqda" Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi davom etayotgan hozirgi sharoitda Xorazm mintaqasida iqtisodiyotning barqaror o’sish sur’atlari va makroiqtisodiy mutanosiblik saqlanib qolindi. Jumladan, 2014 yilda YaIM o’sish sur’ati respublikada 108,1%ni tashkil etgani holda, bu ko’rsatkich Xorazm mintaqasida 109,0%ga teng bo'ldi. Bunda iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlarning ahamiyati beqiyosdir. Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling