Mavzu: O'zbekistonning eksport salohiyati va uning tavsifi Reja: Kirish


Download 137.5 Kb.
bet1/12
Sana26.10.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1724594
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O’zbekistonning eksport salohiyati va uning tasnifi



Mavzu: O'zbekistonning eksport salohiyati va uning tavsifi
Reja:

Kirish…………………………………………………………………………………………..….


  1. O’zbekistonning eksport salohiyati va jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni……..………


  2. Respublikamizda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdagi olib borilayotgan islohotlar…………………………………………………………………………………..


  3. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari va ularga xos ko’rsatkichlar……………………………………………………………………………...


  4. Mamlakatimizning jahon bozoriga kirib borishdagi mavjud muammolari va ularning yechimlari………………………………………………………………………..


Xulosa………………………………………………………………………………………………

Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………………………..


KIRISH
Milliy iqtisodiyotimizning eksport salohiyati jadalrivojlanib, tobora raqobatga bardoshli bo’lib bormoqda. Eksport korxonalar faoliyatining eng muhim yo’nalishiga, butun iqtisodiyotimizning rivojlanish natijalarini baholash mezoniga aylandi. Bugungi kunda deyarli ko’pgina tarmoq va korxonalarimiz tashqi iqtisodiy faoliyatga to’liq jalb etilgan bo’lib, tashqi bozorlarni faollik bilan o’zlashtirmoqda. Bu haqida Prezident Sh.Mirziyoyev 2017-yilning 15- yanvar kuni bo’lib o’tkan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yilda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017- yilda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan majlisdagi ma’ruzasida quyidagilarni takidlab o’tkan edi: “2016-yilda Toshkent shahri va xorijda o’tkazilgan xalqaro sanoat yarmirkalarida jami 7,7 milliard dollarlik mahsulotni ekspor qilish bo;yicha tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish zarur.
Rossiya, Qozog’iston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek boshqa davlatlarda mahsulot sotishning yangi bozorlarini izlash bo’yicha boshlangan ishlarni yanada faol davom ettirish kerak. Lekin Bolgariya bilan bu borada yaqindan hamkorlik qilish bo’yicha berilgan topshiriq, afsuski, natijasiz qoldi.
“O’ztadbirkoreksport” va “O’zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi yo’nalishi bo’yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksporti bilan bog’liq. Bu borada kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta’minlash kerak.”
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosi bo’lgan eksport hajimining ana shunday o’sishi biz uchun an’anaviy resurslar bo’lmish paxta tolasi, qimmatbaho metallar va turli xom-ashyo yetkazib berish hisobiga emas, balki asosan avtomobillar, naft-kimyo va metal mahsulotlari, mineral o’g’itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim- kabel mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa shu kabi ko’plab eksport tovarlarni hajmi va turlarini ko’payishi evaziga ta’minlanmoqda. Buni eksport hajmida tayyor mahsulotlar va xizmatlarning ulushi oshgani, paxta tolasining ulushi esa sezilarli darajada ham yaqqol tasdiqlaydi.
O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat hajmini oshirishiga ta’sir etuvchi omillar turlicha bo’lib, ulardan biri sug’urtadir. Ekspor qiluvchi korxonalar o’z mahsulot va xizmatlarini tashqi bozorlarda sotish jarayonida ko’pgina risklarga duch kelishadi. Mazkur risklar siyosiy va tijorat xarakterida bo’lib ularning sodir bo’lishi oqibatida ekspportlar jiddiy talofat ko’rishi mumkun.
Sug’urta ana shu ko’rilgan zararlarni o’rnini qoplash yo’li bilan o’z Tovar va xizmatlarinieksport qiluvchi korxonalarning moliyaviy barqarorligini taminlashda muhim o’rin tutadi. Eksport risklarini sug’urta qilish bo’yicha milliy sug’urta komponiyalarimiz, xususan, “O’zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta komponiyasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

    1. Download 137.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling