Mavzu: O’zbekistonning geosiyosiy o’rni va kelajagi,uning dunyo siyosiy va ijtimoiy- iqtisodiy xaritqsidagi o’rni


Download 28.46 Kb.
bet2/4
Sana18.03.2023
Hajmi28.46 Kb.
#1282121
1   2   3   4
Bog'liq
Maavzu O’zbekistonning geosiyosiy o’rni va kelajagi,uning dunyo

2. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni. 1991 yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi uning asosida qator mustaqil suveren davlatlarning, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
O’zbekiston davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, o’zining ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama aloqalar o’rnatish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirdi.
Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va O’zbekistonning davlat mustaqillikka erishishi natijasida mamlakatimizda quiydagi o’zgarishlar ro’y berdi:
1.Ilgari «Markaz» tomonidan boshqariladigan vazifalarni endi O’zbekistonni o’zi mustaqil ravishda bajarishiga to’g’ri kelmoqda.
2.Ijtimoiy siyosiy o’zgarishlar iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bunda rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish ushbu masalani nazariy va amaliy muammolari echimini taqozo etmoqda.
3.O’zbekiston boshqa O’rta Osiyo davlatlari kabi Rossiya bilan janub va janubi-g’arbida joylashagan Pokiston, Eron va Turkiya davlatlari o’rtasida «Bufer-davlat» rolini bajarmoqda.
4.O’zbekiston O’rta Osiyo davlatlari ichida AQSh pozitsiyasini qo’llayotgan mamlakat. Bunday holat o’ziga xos ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy samaralar berishi mumkin.
5.O’zbekiston O’rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o’rni, boy va xilma-xil tabiiy resurslari, tabiati bilan ko’pchilik davlatlar, shu jumladan, AQSh va Rossiya e’tiboini o’ziga jalb qilmoqda. Bunday sharoitda hech ikkilanmasda yagona yo’lni tanlab olish zarur. Bu o’rinda O’zbekiston prezidenti I.A Karimov tomonidan tanlangan yo’l, ya’ni AQSh pozitsiyasini qo’llab quvvatlash-hozir vaqtdagi eng haqqoniy va maqbul yo’ldir, shu bilan birga O’zbekiston qo’shni davlatlari, dasttavval Rossiya bilan o’rnatilgan aloqalarini davom ettirishi ham maqsadga muvofiqdir.


. O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan keyingI yutuqlari.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo'lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo'shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o'rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko'ndalang bo'lib turardi. Negaki, davlatimiz mustaqilligini mustahkam-lash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko'p jihatdan ana shu vazifalarning oqilona hal etilishiga bog'liq bo'lib qolgan edi. Bu osongina yechiladigan vazifalar emas edi. Masalaning murakkabligi shundan iborat ediki, sobiq Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jumladan, O'zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to'g'ridan to'g'ri aloqa qilol-maydigan yopiq mamlakat edi. Shu bois davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlariga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar i. yorlovchi birorta ham o'quv yurti yo'q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishni talab qilmoqda edi. O'z­bekiston rahbariyatiga bu sohadagi ko'p qirrali ishlarni boshi-dan boshlashga to'g'ri keldi.
Prezident Islom Karimov o'zining ,,O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li" va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini belgilab berdi. O'zbekiston Res-publikasi Konstitutsiyasining 17- moddasida mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilandi va qonun-lashtirildi. Respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. ,,O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to'g'risida"gi, ,,Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to'g'risida"gi, „Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida"gi va boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko'lamli hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi.
Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o'z ifodasini topdi. Birinchidan, respublika qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda. Ikkinchidan, mamlakatimiz xalqaro normalarning bajarilishini kafolatlay-digan hamma majburiyatlarni o'z zimmasiga oldi.
Tashqi aloqalarni ta'minlaydigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (agentligi), Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi.
1991-yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi uning asosida qator mustaqil suveren davlatlarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, o‘zining ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama aloqalar o‘rnatish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirdi.
Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va O‘zbekistonning Davlat mustaqilligiga erishishi natijasida mamlakatimizda quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘ldi:
1. Ilgari «markaz» tomonidan boshqarilgan vazifalarni endi O‘zbekistonning o‘zi mustaqil ravishda bajarishiga to‘g‘ri kelmoqda.
2. Ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bunda rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ushbu masalalarning nazariy va amaliy muammolari yechimini taqozo etmoqda.
3. O‘zbekiston boshqa O‘rta Osiyo davlatlari kabi Rossiya bilan janub va janubi g‘arbida joylashgan Pokiston, Eron va Turkiya davlatlari o‘rtasida «bufer-davlat» rolini bajarmoqda.
4. O‘zbekiston O‘rta Osiyoda egallagan qulay geostrategik o‘rni, boy va xilma-xil tabiiy resurslari, tabiati bilan ko‘pchilik davlatlar, shu jumladan, AQSH va Rossiya e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda. Bunday sharoitda hech ikkilanmasdan yagona yo‘lni tanlab olish zarur. Bu o‘rinda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan tanlangan yo‘l, ya’ni Rossiya pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlash — hozirgi vaqtdagi eng haqqoniy va maqbul yo‘ldir. Shu bilan birga O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan o‘rnatilgan aloqalarini davom ettirishi ham maqsadga muvofiqdir.


Download 28.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling