Mavzu: O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’LI


- bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakkahokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olish; -


Download 23.75 Kb.
bet4/6
Sana08.06.2023
Hajmi23.75 Kb.
#1463526
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mustaqil ish topshirigi Shahnoza

- bir mafkuraning, bir dunyoqarashning yakkahokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olish;
- demokratiyaning qonuniy tarkibiy qismi sifatida ko'ppartiyaviylikni shakllantirish;
- O'zbekistonda tug'ilib, uning zaminida yashayotgan, mehnat qilayotgan har bir kishi milliy mansubligi va e'tiqodidan qat'i nazar respublikaning teng huquqli fuqarosi bo'lishi.

Iqtisodiy sohada:


- milliy boylikning ko'payishini ta'minlaydigan barqaror, rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etish;
- ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish;
- mulk egalari huquqlarining davlat yo'li bilan himoya qilinishini ta'minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirish;
- korxona, tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish, davlatning xo'jalik faoliyatiga bevosita aralashmasligi.
Ijtimoiy va ma'naviy sohada:
- insonparvarlik g'oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqini saqlab qolish;
- ma'naviy poklanish, ma'naviy barkamollik;
- o'zbek tilining maqomini ko'tarish;
- hurfikrlillik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish;
- ijtimoiy adolat, aholining nochor qatlamlarini iqtisodiy muhofaza qilish;
- inson ichki imkoniyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish.
Islom Karimov o'zining “O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li” nomli kitobida “O'zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta asosiy negizga asoslanadi”, deb ta'kidlaydi. Bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- Vatanparvarlik.
O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini aniqlashda, ya'ni «o'zbek modeli»ni ishlab chiqishda 1-Prezident o'zbek xalqining tarixan tarkib topgan mentalitetini chuqur tahlil qiladi. Jumladan, o'zbek xalqiga tarixan xos bo'lgan kollektivchilik asoslari an'anaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladi. Kattalarni hurmat etish, oila va farzandlar to'g'risida g'amxo'rlik qilish, ochiq ko'ngillilik, millatidan qat'iy nazar odamlarga hayrixohlik bilan munosbatda bo'lish, o'zgalar kulfatiga hamdard bo'lish va boshqa mehnatsevarlik va adolatparvarlik kabi o'nlab fazilatlar o'zbek xalqi mentalitetiga xos xususiyatlardir.

Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling