Mavzu: O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’LI
Download 23.75 Kb.
|
2-mustaqil ish topshirigi Shahnoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Uchinchidan
Mavzu: O’ZBEKISTONNING O’Z ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO’LI O'zbekiston 1991 yil 31 avgustda siyosiy mustaqilligini to'la qo'lga kiritgandan so'ng respublikada iqtisodiy rivojlanish uchun keng yo'llar ochildi. “Biz uchun mustaqillik, - deb qayd etadi 1-Yurtboshimiz Islom Karimov, - eng avvalo, o'z taqdirimizni qo'limizga olish, o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf- datlarimizni tiklash, hammamiz uchun muxtabar shu zaminda. Har bir xonadonda tinglash-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir. Aziz Vatanimizda adolat, insof, dinu-diyonat, mehru-oqibatni qaror toptirishdir”. 1991 yil 31 avgustda O'zbekistonning davlat mustaqilligi e'lon qilindi. “O'zbekiston – suveren demokratik respublika”. Xuddi shu kuni xalqimiz ongida “O'zbekiston davlati”, “O'zbek davlatchiligi” kabi tushunchalar yangidan paydo bo'ldi.13 Zero, 130 yillik mustamlaka davrida o'zbek xalqi “Milliy davlat”, “Milliy davlatchilik” tushunchasini unutib qo'ygan edi. Zotan, o'sha muddat mobaynida milliy davlatchilikdan asar ham qolmagan edi. Shu jihatdan qaraganda O'zbekiston Oliy Kengashining “O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida” 1991 yil 31 avgustda qabul qilgan qarori hamda u tasdiqlagan “O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida”gi Qonunda ilk bor rasman qayd etilgan “davlat mustaqilligi” tushunchasi naqadar tarixiy-amaliy ahamiyatga ega bo'lgani oydinlashadi. Eski tuzumda mansabdor bo'lgan, kommunistik hayot va boshqaruv tarziga mukkasidan ketgan, egallab turgan kreslosini asosiy boquvchisi, deb bilgan va bu kresloda turish uchun hech narsadan qaytmaydigan partiya va davlat nomenklaturasining qarshiligini sindirish, ularni vaqtincha tinchitish zarur edi. Bu muammolarni 1-Prezident nihoyatda ustakorlik va vazminlik, ayni paytda, shiddat bilan tsivilizatsion tarzda hal etdi: uyushgan, yakka hukmronlikka ega bo'lgan, xalq, jamiyat hayotining barcha sohalarini nazorat qilishga ko'nikkan O'zbekiston kommunistik partiyasini parlament tipidagi, demokratik g'oyalarni targ'ib etadigan xalq demokratik partiyasiga aylantirdi. Uning asosiy rahbar hodimlarini mamlakatda tashkil qilingan yangi davlat boshqaruv organlariga, hokimliklarga tayinladi. Shu bilan birga 1-Prezident Toshkent viloyati noiblari sessiyasida qilgan nutqida ochiqcha uqtirganidek, kimki demokratik siyosatga islohotlarni olib borishga tayyor bo'lmasa yoki qarshilik qilsa undaylarning rahbarlikda uzoq turmasligi ayon bo'ldi. Islom Karimov mamlakatning dastlabki yillaridagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O'zbekiston davlat va jamiyat qurilishi, iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o'rtaga tashladi: Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo'ysunishi mumkin emas. Buning ma'nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli qilish kerak. Ikkinchidan, o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartishlar va siyosatni ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart. Uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish – ustuvor bo'lishi lozim. Buning ma'nosi shuki, demokratik yo'l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz, hamma hurmat qilishi va ularga og'ishmay rioya etishi shart. Download 23.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling