Mavzu: O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’LI


O'zbekistonda jamiyat rivoji va demokratik tsivilizatsiya


Download 23.75 Kb.
bet5/6
Sana08.06.2023
Hajmi23.75 Kb.
#1463526
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mustaqil ish topshirigi Shahnoza

O'zbekistonda jamiyat rivoji va demokratik tsivilizatsiya
Eng avvalo, «tsivilizatsiya» tushunchasining mohiyati xususida to'xtaylik. Tsiviilizatsiya ma'lum xalq va mamlakati yoki region hududida ro'y bergan ko'tarilish, yuksalishdir. Tsivilizatsiyalar ko'pincha tarixning burilish nuqtalarida sodir bo'ladi. Jamiyatning barcha sohasida jiddiy rivojlanish ro'y berib, taraqqiyot progressiv yo'nalish kasb etadi. Shuning uchun ham «tsivilizatsiya» va «progress» tushunchalari bir-biriga yaqin turadi. Ular bir-birini to'ldiradi, biri ikkinchisiga manba bo'lib xizmat qiladi.
Tsivilizatsiya yoki progress ro'y berishi uchun birinchi navbatda xalq qullikdan, mutelikdan, qaramlikdan xalos bo'lib, erkinlikka chiqishi kerak. Kushonlar davri tsivilizatsiyasi yoki Somoniylar davri, Temuriylar davri tsivilizatsiyasi degandek, har qanday tsivilizatsiya davrida inson o'z qobiliyati va iste'dodini erkin rivojlantirish uchun katta imkoniyalarga ega bo'ladi. Tsivilizatsiyada barcha odamlar, xalqlar ishtirok etadi. Masalaning bu tomonini izohlar ekan, Islom Karimov shunday yozadi: «Har qanday tsivilizatsiya ko'pdan ko'p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta'sirining mahsulidir».
Mustaqillik tafakkurining asosini quyidagilar tashkil etadi:
- O'zbekiston istiqboli va istiqloli haqida qayg'urish;
- o'zining va o'z xalqining, Vatanning qadru-qimmatini, or-nomusini anglab, uni halol qilish;
- yuksak g'oyalar, yangi fikriy kashfiyotlar, niyatlar og'ushida mehnat qilib, iste'dodi, bor imkoniyati, kerak bo'lsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida etishdir.
Islom Karimov qaror topayotgan yangi tsivilizatsiyaning manbalarini birma-bir izohlab beradi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:
Birinchidan, bizda buyuk tarix va buyuk ma'naviy meros bor.
Ikkinchidan, mamlakatimizning bexisob er osti va er usti boyliklari, tabiati, iqlimi bor.
Uchinchidan, mehnatkash, g'ayratli, bunyodkor xalqimiz bor.

Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling