Mavzu: O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’LI


Download 23.75 Kb.
bet3/6
Sana08.06.2023
Hajmi23.75 Kb.
#1463526
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mustaqil ish topshirigi Shahnoza

Ikkinchidan, respublikamizda o'tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash dolzarb bo'lib turardi.
Uchinchidan, aholi o'rtasidagi ayrim illatlarga, chunonchi, mansabparastlik, ta'magirlik, oshna-og'aynichilikni o'z paytida bartaraf etish uchun davlat organlari faol ish olib borishlari zarur edi. Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat bosh islohotchi sifatida ish olib borib, iqtisodiyotni va ijtimoiy turmushning hamma sohalarini o'zgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan amalga oshirishi lozim. Sobiq ittifoqning parchalanishi natijasida yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning ko'pchiligi demokratiyaning nihoyatda keng talqin qilinishiga yo'l qo'yib, davlatning tashkilotchilik roliga etarli e'tibor bermadilar va shu sababli ularda bozor iqtisodiyotiga o'tish ko'p tartibsizliklarga olib keldi. Mustaqil O'zbekistonda esa bu yo'ldan borilmadi, qtisodiyotni davlat orqali tartibga solib borishning afzalligi Prezident tomonidan asoslab berildi.
Prezident Islom Karimovning yuqoridagi besh tamoyili O'zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini qaror toptirish borasida asosiy metodologik ko'rsatma bo'lib xizmat qildi. Ammo bu tamoyillarning ayrimlari fuqarolik jamiyatini shakllantirishda ham xizmat qilishi, shubhasiz. Masalan, qonunning ustuvorligi, kuchli ijtiomiy siyosat va boshqalar.
Yangilanayotgan jamiyatda yashovchi har bir kishining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi quyidagi yo'llar ham belgilab berildi:
Jumladan, siyosiy sohada bu:
- xalqning ham bevosita, ham o'z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oishirishda to'liq ishtirok etishi lozimligi;
- hokimiyatni boshqarishning jahon tan olgan qonun chiqurvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish tamoyilini joriy etish asosida demokratiyani chuqurlashtirish hamda milliy davlatchilikni barpo etish;
- jamiyatning siyosiy turmushini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan yangilash;
- barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy tengligini va qonunning ustuvorligini ta'minlash;

Download 23.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling