Mavzu; O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashlikotlar bilan hamkorligi. Kirish I bob. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning mohiyati,zaruriyati va funksiyalari


Download 264.02 Kb.
bet13/14
Sana07.03.2023
Hajmi264.02 Kb.
#1245455
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Ek 59 Mahmudov Muzaffar O\'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashlikotlar

1-jadval

Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, ITB kapitali tarkibiga eng katta
ulushni Saudiya Arabistoni kiritgan bo’lib, bu uch yarim trillion dinardan ortiq,
ya’ni umumiy kapitalning 26.57 foizini tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni donor
mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari O’zbekiston va qo’shni
Qozog’iston, Tojikistonning ham ulushi mavjud bo’lib, shundan
mamlakatimizning umumiy kapitaldagi qiymati 0.02 foizni, ya’ni 2 yarim ming
dinarni tashkil etadi.
Tashkilotga a’zo mamlakatlar o’zlarining vakillari orqali bank
boshqaruvida ishtirok etishadi. Bankning yuqori organi boshqaruv kengashi va
quyi organi esa direktorlar kengashi deb yuritiladi.
Direktorlar kengashi 18 kishidan iborat bo’lib, uning yarmini ITB ustav
kapitalida ko’proq ulushga ega bo’lgan davlatlar, qolgan yarmini esa uncha
ulushi katta bo’lmagan a’zo davlat vakillari tashkil etadi.11
Islom Taraqqiyot Banki umumiy hodimlar soni 189 tani tashkil qiladi.
Bankning asosiy maqsadi tashkilotga a’zo va a’zo bo’lmagan musulmon
davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashish va musulmon xalqining
turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan. Bu bora ITB guruhi quyidagi
sohalarda o’z xizmatlarini ko’rsatadi:
Loyihalarni moliyalashtirish:
 Davlat, jamoaviy( suveren)
 Xususiy (suveren bo’lmagan)
 Davlat – xususiy xamkorlikda (PPP)
Eksport krediti va investitsiyalarni sug’urtalash
Fond va aktivlar boshqaruvi
Islom moliyaviy xizmat muhitini rivojlantirish
A’zo mamalaktlar o’rtasidagi savdoni moliyalashtirish
Texnik hamkorlik va salohiyatni rivojlantirish
Islom iqtisodiyoti va tadqiqot moliyasi
Shuningdek, mahsus faoliyat:
Fan va texnoligik dasturlar
Ta’limiy dasturlar
Maxsus ko’maklar
Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda bank har yili bir qancha
dasturlarni amalga oshiradi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda ham ushbu loyihalar asosida bir qancha ishlar
olib borilmoqda va bu quyidagi jadvalda keltirilgan:
Izoh: O’zbekiston Respublikasi va ITB aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan
bo’lib, bugungi kunga qadar sog’liqni saqlash, energetika, qishloq xo’jaligi,
qurilish, transport yo’llarini qurish va ta’mirlash va shu kabi boshqa sohalarda
1221 ming AQSH dollari miqdorida 32ta dastur amalga oshirilgan. 12 Arab
muvofiqlashtirish guruhi a`zolari – Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot
jamg`armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg`armasi, Abu Dabi
taraqqiyot jamg`armasi va OPEK ning Xalqaro taraqqiyot jamg`armasi,
shuningdek, mamlakatimizning vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi. Davra
suhbati doirasida mamlakatimizning vazirlik va idoralari tomonidan energetika,
yo`l infratuzilmasi, kommunal xo`jalik, ta`lim, ekologiya, irrigatsiya, qishloq
infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa sohalarda umumiy qiymati 1,6 milliard
AQSh dollaridan ziyod 25 ta loyiha taqdimoti o`tkazildi.
Shuningdek, Arab muvofiqlashtirish guruhining ushbu loyihalarni
moliyalashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbir yakunida O`zbekiston
Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o`rtasida “Qishloq joylarda uy-joy
qurilishini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish bo`yicha qiymati 100
million dollarlik zayom bitimi imzolandi.
ITB rahbarining O'zbekistonga bu galgi tashrifi asnosida qiymati 36 million
AQsh dollariga teng “Toshkent shahrining tashqi yoritish tizimlarini
modernizatsiya qilish va ularga energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq
etish” loyihasi bo'yicha moliyaviy bitim imzolandi. O'zbekistonning ITB
hamkorligiga bu yil 10 yil to'ladi. Bu davr ichida qator amalga oshirilgan
loyihalarning natijalari bilan tasdiqlanuvchi uzviy hamkorlikka erishildi. Joriy
yilda mamlakatimizda ITB bilan munosabatlarning o'n yilligi nishonlanmoqda.
O'tgan davr mobaynida yuksak darajadagi o'zaro anglashuv va mazmunan qator
muvaffaqiyatli loyihalar bilan to'ldirilgan yaqin hamkorlik qaror toptirildi.
Ushbu nufuzli xalqaro moliya tashkiloti bilan hamkorlik doirasida qiymati 186,4
million AQsh dollariga teng 10 loyiha amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda qiymati
640,9 million dollarlik yana 10 loyihaning ijrosi davom etmoqda. 9 loyihani
amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rilmoqda, ularning moliyaviy qiymati 877,9
million dollarga teng. Shuningdek, texnikaviy hamkorlik doirasida ITB
tomonidan O'zbekistonga 12 loyiha uchun 2,7 million dollarlik grantlar
ajratilgan.
Islom taraqqiyot banki mamlakatimiz sanoatini modernizatsiyalash,
texnik va texnologik qayta jihozlashga hamda infratuzilmaga oid loyihalarni
amalga oshirishda Arab muvofiqlashtirish guruhining moliya institutlari,
jumladan, Saudiya taraqqiyot jamg'armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot
jamg'armasi, OPEK jamg'armasi, Abu Dabi taraqqiyot jamg'armasining
investitsiya va kreditlarini jalb qilish borasida asosiy muvofiqlashtiruvchidir.
Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi bilan kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga doir loyihalarni amalga oshirish
Islom taraqqiyot banki guruhi bilan hamkorlikning muhim yo'nalishlaridandir.
Korporatsiya tomonidan kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun
ajratilgan mablag'larning umumiy hajmi 83 million dollarni tashkil etadi.
Islom taraqqiyot bankining ijrochi direktorlari kengashi 2015 yil 10-mart
kuni Sirdaryo viloyatidagi kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish uchun
O‘zbekiston hukumatiga 57,5 million dollar ajratilishini ma’qulladi.
Umumiy qiymati 157 million dollar bo‘lgan loyiha Guliston, Shirin va
Yangiyer shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini kengaytirish va rekonstruksiya
qilishni ko‘zda tutadi. Loyihani amalga oshirish muddati – 4 yil.
Modernizatsiyani moliyalashtirish, shuningdek, xalqaro moliyaviy
institutlarning kreditlari va O‘zbekiston tomonining mablag‘lari evaziga amalga
oshiriladi.
Xalqaro konferensiya - vaqtinchalik xalqaro tashkilot bo’lib, o’z oldiga
qo„yilgan masalalarni muhokama etadi va o„zaro kelishilgan qarorlar qabul qiladi.
Siyosiy masalalarni muhokama qiladigan konferensiyalar bilan birga qator
konferensiyalar kodifikatsion konvensiyalarni qabul qilish uchun chaqiriladi.
Masalan, 1961 yildagi Diplomatik munosabatlar haqidagi Vena konferensiyasi,
1974 yildan 1982 yilgacha ishlab turgan Dengiz huquqi bo„yicha konferensiya
shular jumlasidandir.
Keyingi yillarda «konferensiya» atamasi o’rniga, hatto unda ko’pchilik
mamlakatlar qatnashayotgan bo„lsa-da, «kengash» atamasini ishlatish tobora urf
bo’lib bormoqda (Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik bo’yicha umumevropa
kengashi). Atamalardagi bunday har xillik yuridik jihatdan hech qanday
ahamiyatga ega emas.
Ko’plab ishtirokchilar qatnashgan konferensiyalarda tamomila puxta qoidalar
qabul qilinadi. Ortiqcha ishlarga chalg„imaslik uchun BMT Bosh
Assambleyasining protseduraviy qoidalari asos sifatida qabul qilinadi. Rais,
qo’ mitalar, qo„mitachalar, ishchi guruhlari, kotibiyatdan iborat ancha murakkab
tashkiliy tizim tuziladi.
Protseduraga oid qoidalarda ovoz berish va qarorlar qabul qilish tartibi belgilangan bo’ladi. Cheklangan tarkibdagi kengashlarda qarorlar aksar holda consensus usulida, ba'zan bir ovozdan qabul qilinadi. Yalpi konferensiyalarda protsedura masalalari anjumanda hozir bo’lgan va ovoz berishda ishtirok etayotganlarning oddiy ko’pchiligi ovozi asosida hal etiladi. Bu - anjumanda qatnashmayotganlar va betaraflar hisobga olinmaydi, deganidir. Yakuniy matn, odatda, uchdan ikki qism ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Cheklangan tarkib uchrashuvlarining qarorlari, odatda, qo’shma bayonot yoki
kommyunike tarzida rasmiylashtiriladi. Kengroq ko’lamdagi konferensiyalar ish
yakunlari va qabul qilingan qarorlar matnini o’zida mujassam etgan yakunlovchi
aktlarni qabul qiladi. Xalqaro konferensiyalar rezolyutsiyalari yuridik jihatdan
majburiy hisoblanmasa-da, vijdoniylik prinsipining ta'siri o’laroq, ularni ma'naviy-
siyosiy majburiyat sifatida ishtirokchilar hurmat qiladilar.
Xalqaro munosabatlar amaliyotida iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda, keng ko’lamdagi xalqaro munosabatlar masalalari bo’yicha davlatlar rahbarlarining oliy darajadagi kengashlaridan («katta sakkizlik»ning har yilgi uchrashuvlari) tobora ko’proq foydalanilayotir. Bunday kengashlarni o’tkazishda odatda maxsus
protseduralarga amal qilinmaydi.
Hozirgi zamon xalqaro huquqida xalqaro konferensiya har qaysisi bittadan ovozga ega bo’lgan kamida uchta davlatning rasmiy vakillaridan tashkil topgan, uchinchi davlatlar, hukumatlararo va nohukumat tashkilotlarning (ovoz huquqiga ega bo’lmagan) kuzatuvchilari ishtirok etishi mumkin bo’lgan, ishtirokchi davlatlar
kelishib olgan maqsadlarni ko„zda tutuvchi hamda, qoidaga ko’ra, protsedura
qoidalarida qayd etilgan muayyan tashkiliy tuzilma va vakolatlarga ega muvaqqat
jamoaviy organ tushuniladi.
Xalqaro konferensiyalarga qo’yiladigan asosiy talabga ko’ra, har qanday xalqaro konferensiyaning maqsadi va faoliyat yo’nalishi xalqaro huquqning asosiy
prinsiplariga mos bo’lishi shart. Hukumatlararo konferensiyalarning nomlanishidagi farqlar (s'yezd, kongress, konferensiya, kengash) yuridik ahamiyat kasb etmaydi.
Xalqaro konferensiyalarni shartli ravishda quyidagicha tasniflash mumkin: Xalqaro konferensiyalar, ishtirok etuvchi tomonlardan kelib chiqqan holda, hukumatlararo va nohukumat konferensiyalarga bo„linadi. Hukumatlararo konferensiyalar ko’p tomonlama diplomatiyaning bir turi va xalqaro muzokaralarning asosiy vakolatlaridan biri hisoblanadi, shuningdek xalqaro huquq sub'yekti sifatida namoyon bo’ladi. Mamlakatimiz ham qator xalqaro tashkilotlarning a’zo hisoblanib, har yili
yurtimizda xalqaro nufuzli tadbirlar uyushtiriladi. Prezidentimiz Islom Karimov
O’zbekistonning jahon xo’jaligidagi o’rni haqida shunday deganlar: “ Uzoq
muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va
iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish-bu asosiy yetakchi sohalarni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma
kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik
loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan
iborat. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, Osiyo taraqqiyot banki,
Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Janubiy Koreya, Yaponiya taraqqiyot
banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari
va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, yuksak
texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha investitsiya
loyihalarini amalga oshirishda bizning yirik hamkorlarimiz bo’lmoqda.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida
xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni
tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni
moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar
mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi.
O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom
Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning
bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln
dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi.
Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar
amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan
dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB
tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan
musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir
o’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir:
 aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;
 ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;
 a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa
shakllarda moliyaviy yordam berish;
 aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish;
(nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular
jumlasidan)
 moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va
depozitlarini qabul qilish;
 a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish;
 musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini
o’qitishda xizmatlar ko’rsatish.


Download 264.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling