Мavzu: O’zbekitson Respublikasida gidroenergetika muammolari va ularni hal qilish yo’llari, gidroenergetika sohalaridagi asosiy ilmiy-texnik yutuqlar. Geslarni ishlatishining asosiy masalalari. Reja


Download 39.68 Kb.
bet3/3
Sana06.11.2023
Hajmi39.68 Kb.
#1751668
1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza

Suv sathlarini maqsadga muvofiq holda boshqarishni ta’minlash. suv omborining optimal rejimni ta’minlash YuBni to’ldirish, QBda suv satxi va sarfining tebranishini kerakli vaqtda amalga oshirish mumkinligini talab etadi. Optimal energetik rejimlarga boshqa foydalanuvchilar chegara qo’yadilar (suv ta’minot, transport irrigatsiya, baliqchilik, va h.k.). Gidrouzellarni loyihalash vaqtida turli itsiqbollarni inobatga olgan holda o’zaro keltirilishi lozim. Ushbu shartlar har bir foydalanuvchi rioya qilishi shart bo’lgan suv omborlaridagi suv resurslaridan foydalanish qoidalar asosiy nizomiga kiritiladi.
GESlarni tejamkorligini ta’minlash. Ushbu yo’nalishda ishlatishning asosiy masalasi suv o’tkazib beruvchi derivatsion va turbina traktlarida yo’qotishlarni kamaytirish, tsantsiyaning ichki rejimlarini optimallashtirish, suv haydovchi o’zanlardagi bosim yo’qotishlarni bartaraf etish, yuqori va quyi beflarda muzliklar hosil bo’lish vaqtida ishlatishning optimal rejimlarini qo’llash va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan qator savollarga javob topishdan iborat (GESlarni yuqori FIKni ta’minlab beruvchi gidroagregatlarga umumiy kuchlanishni optimal teng bo’lib berish).
Shuni ta’kidlash kerakki, GESning energiya ishlab chiqarishida, uni boshqarishning tezligi qanchalik oshirilsa, bu IESlar yoqilg’ining shunchalik tejalishiga olib keladi.
Gidroenergetikaning texnik darajasi, fanning boshqa yo’nalishlaridagi kabi, tahlili, uning rivojlanishining asosiy tendentsiyalarini o’rgatish, rivojlanish davrida paydo bo’luvchi musbat va manfiy omillarni aniqlash, manfiy omillarning paydo bo’lishini to’xtatish va musbat omillarning ishini aktivlashishi uchun yo’l ochib berish imkonini beruvchi ko’rsatkichlar yig’indisi bilan xarakteralanadi. GESning rivojlanish darajasini xarakterlovchi ko’rsatkichlar etarlicha yuqori, lekin bu erda faqat GESlarning ishlatish xususiyatlari yoki shu xususiyatlarga o’z ta’sirini ko’rsatadigan omillargina ko’rib o’tiladi.
Gidroenergetikada ekspluatatsiyaning texnik darajasini umumiy baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlar muhimroq hisoblanadi: GESning o’rnatilgan quvvati, GESlarda elektroenergiya ishlab chiqarishning umumiy yig’indisi, GESlarning tuzilishi, o’rtacha yillik o’rnatilgan quvvatdan foydalanish soatlari soni, elektroenergiya ishlab chiqarishning tannarxi, gidroagregatlarning ishonchliligi ko’rsatkichi, mehnatning ishlab chiqaruvchanligi ko’rsatkichi.
Download 39.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling