Мavzu: O’zbekitson Respublikasida gidroenergetika muammolari va ularni hal qilish yo’llari, gidroenergetika sohalaridagi asosiy ilmiy-texnik yutuqlar. Geslarni ishlatishining asosiy masalalari. Reja
Download 39.68 Kb.
|
1-ma\'ruza
Мavzu: O’zbekitson Respublikasida gidroenergetika muammolari va ularni hal qilish yo’llari, gidroenergetika sohalaridagi asosiy ilmiy-texnik yutuqlar. GESlarni ishlatishining asosiy masalalari. Reja: Kirish. O’zbekitson Respublikasida gidroenergetika muammolari va ularni hal qilish yo’llari. GESlarni ishlatishining asosiy masalalari. O’zbekitsonning iqlimi, geografik va demografik sharoitlari, insoniyat vujudga kelgandan buyon suv xo’jaligini, gidrotexnika va gidroenergetikani rivojlantirishni taqozo qilgan. O’zbekitsonda yaqin yillarga mo’ljallangan kichik GES larni qurishni rivojlantirish rejasi mavjud irrigatsion kanallarni va suv omborlarini suv resurslaridan foydalanishni ko’zda tutadi. O’zbekitsonda kelajakda yirik va o’rta GESlar xam qurilishi mumkin, chunki O’zbekitson daryolari texnik gidroenergetik potentsialining fakatgina 26% o’zlashtirilgan xolos. Gidroelektrotsantsiyalarda olingan arzon elektroenergiya Respublikamiz energiya ta’minotini oshirishiga omil bo’ladi. Gidroenergetik qurilishidagi keng ko’lamdagi rejalarni tadbiq etish masalalarini echish, suv energiyasidan foydalanish soxasida etarli bilimga ega bo’lgan, O’zbekitson xalq xo’jaligi uchun ko’proq iqtisodiy samara beruvchi qulay echimlarni topa oluvchi mutaxassislar bilan amalga oshirish mumkin. Gidroelektr stantsiyalarni (GES) ishlatishning asosiy masalalari, bu elektr stantsiyalarning hamma turlari uchun bir xil bo’lib, asosiy vazifasiga qarab elektr energiya ishlab chiqaruvchi texnologik korxona sifatida aniqlanadi. Nasos stantsiyalar (NS) ekspluatatsiyasi xizmati quyidagilarni ta’minlashi zarur: suv itse’molining rejaviy grafigi bilan mos holda suvni ishonchli va avariyasiz etkazib berishni; nasos stantsiyaning samarali ishlashini; xizmatdagi xodimlarning xavfsiz ishlashini. Yuqorida keltirilgan vazifalarning omadli echish uchun, aniq va reglamentlashtirilgan xizmat va nasos tsantsiya jihozlari, hamda inshootlarini sozlash tizimlarining – texnik ekspluatatsion rejaviy tizimi (TERT) zarur. Texnik ekspluatatsion rejaviy tizimi quyidagilarni ko’rib chiqadi: - jihoz va inshootlar ishini kuzatish va nazorat qilish; - texnik ekspluatatsiya ko’rsatmalari va qoidalariga rioya qilish; - jihoz va inshootlarni o’z vaqtida sozlash; - rejadan tashqari amalga oshirilgan sozlash ishlari, avariyalar, buzilishlar sabablarini aniqlash va tahlil qilish; - sozlash ishlari uchun kerak bo’ladigan asbob-uskuna, jihozlar va yordamchi qismlar bilan o’z vaqtida ta’minlab turish; - jihoz va inshoot ishlarini o’rganish, kerakli sinov va izlanishlarni olib borish; - agregatlar ishi va tsantsiya ishida operativ hisobining aniqligi; - texnika xavfsizligi va yong’inga qarshi qoidalarga rioya qilish zarur. GESlarni ishlatishning asosiy masalalari Inshootlar va jixozlar kompleksini mujassamlashtiruvchi gidroelektrotsantsiyalar energiya itse’molchilarining talablariga binoan elektroenergiyani mukammal ishlab chiqarishini ta’minlashi zarur. Energiya ta’minoti puxta bo’lishi zarur va binobarin gidroelektrotsantsiyani barcha inshootlari va jixozlari to’xtovsiz ishlashi va loyixalanganda ko’zda tutilgan elektroenergiya miqdorini ishlab chiqarishni ta’minlashi zarur. Foydalanish maksimal samara bilan olib borilishi zarur. Ishni puxtaligi va iqtisodiyligi, foydalanishning asosiy talablari xisoblanadi. Bu talablarni loyixalash va qurilish jarayonida ham inobatga olish zarur. Qurilgan gidroelektrotsantsiyadan shunday foydalanish kerakki, loyixa asosiga kiritilgan barcha talablar to’liqroq bajarilishiga erishish mumkin bo’lsin. Loyixalash jarayonida inshootlar va jixozlar turini, ular kontsruktsiyasini, o’lchamlarini tanlash va joylashtirish foydalanishni ushbu asosiy talablarini bajarilishini ta’minlashi zarur: maksimal ishlab chiqarish samarasi va minimal mexnat va material xarajatlari. Gidroresurslardan kompleks foydalanish sharoitida puxtalik va iqtisodiylik kabi o’xshash talablar suv xo’jalik kompleksini boshqa elementlari inshootlariga ham qo’yiladi (suv transport, irrigatsion va boshqalar). Gidroelektrotsantsiyalardan foydalanish jarayonida uning barcha elementlarini samarali ishlashini ta’minlash ekspluatatsion xizmatchilarni asosiy vazifasi xisoblanadi. Inshoot va jixozlardan shunday foydalanish zarurki, o’zgaruvchan gidrogeologik, meteorologik va boshqa mavjud real sharoitlarda, zarur miqdordagi elektroenergiyani energotarmoq uchun talab qilinayotgan vaqtda ishlab chiqarish ta’minlansin. Odatda, bunda gidroelektrotsantsiyalardan iloji boricha ko’proq elektroenergiya olish zarur bo’ladi, ayniqsa yuklama cho’qqisini qoplash uchun quvvat, bilan ta’minlash axamiyatli xisoblanganda, unda inshoot va jixozlardan shunday foydalanish zarurki, unda ularni eng yaxshi xolatda uzoq saqlash ta’minlanishi va har qanday foydalanish rejimida ularni shikatslanmasligi uchun barcha choralar ko’rib chiqilishi lozim. Gidroelektrotsantsiyalardan foydalanish «elektr tsantsiyalar va tarmoqlardan texnik foydalanish qoidalari» asosida olib borilishi zarur. Bu qoidalarni bilish ekspluatatsion xodimlar uchun majburiy va loyixa, ilmiy tekshirish korxonalari uchun juda foydalidir. Barcha inshoot va jixozlarni foydalanish davri mobaynida ulardan uzoq ishchilari muddat, to’xtovsiz va yanada samarali foydalanish zaruriyatidan yaxshi xolatda saqlash, inshoot va jixozlarni barcha ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida va yuqori sifatda o’tkazish yordamida amalga oshiriladi. Ta’mirlash ishlari o’z vazifasi, masshtabi, o’tkazish vaqti va moliyalash sharoiti bo’yicha kapital va joriy ta’mirlashga bo’linadi. Bulardan kapital ta’mirlash o’z xarakteri bo’yicha yirikroq, axamiyatliroq va nisbatan ko’proq mablag’ talab qiladi. Odatda bu nisbatan katta shikatslanishlar, va jixoz, inshootlarni emirilishi bilan bog’liq (masalan turbinani anchagina kavitatsion emirilishi, zatvor, panjara, to’g’onni beton yuzasini shikatslanishi, mas’ul inshootlar yaqinida o’zanni yuvilishi, oqiziqlarni ruxsat etilgandan ko’proq cho’kishi, filtratsiyani kuchayishi natijasida gidroelektrotsantsiyalarni samarali foydalanish to’sqinlik qilinishi). Gidroelektrotsantsiyalarni ba’zi elemetlarini kapital ta’mirlash, vaqti - vaqti bilan tartibli, masalan 5-10-15 yilda bir marta ba’zan undan ham uzoq muddatda o’tkaziladi. Joriy ta’mirlash inshootlar va jixozlarni axamiyati kam emirilishlarini tuzatishdir. Ular, xali inshoot va jixozlar anchagina sifatli shikatslanib ulgurmagan xollarda o’rinlidir. Biroz shikatslanish xosil bo’lishi bilan ta’mirlashni o’tkazish, inshootlarni va jixozlarni yaxshi xolatda saqlashni eng iqtisodiy va samarali usulidir. Bunda albatta ta’mirlash ishlarini xajmi, mexnat va materiallar xarajati nisbatan kichik bo’ladi. Shuning uchun joriy ta’mirlash doimiy kam ishchi kuchi bilan sitsematik va rejali, ya’ni har kungi joriy ish tartibida bajarilishi mumkin. U inshoot va jixozlarni sitsematik ko’ruvi va ularni ish sifatini kuzatish natijalari asosida amalga oshiriladi. Profilaktik (ogoxlantirish) ta’mirlash, joriy ta’mirlashni xususiy xoli xisoblanadi va inshoot va jixozlarni yaxshi xolatda saqlab turishni eng samarali vositasi bo’lib, ulardan puxta va to’xtovsiz foydalanishni ta’minlaydi. Bunda inshoot va jixozlarni joriy ko’ruvi sinchkovlik bilan o’tkazilishi shikatslanishni ular xosil bo’la boshlagandagi boshlang’ich davridayoq bilishini taqozo qiladi. Bir tekis tartibda o’tkaziladigan profilaktik ta’mirlash (rejali-ogoxlantirish ta’mir) uning yuqori samaradorligi, foydalanishni puxtaligini ta’minlash, ta’mirlash ishlarining asosi bo’lishiga olib keldi. Ko’pgina xollarda suv energetik resurslardan to’liqroq foydalanish imkoniyati, xalq xo’jalik axamiyatiga egadir. Suv resurslaridan kompleks foydalanishda bu talablar, gidroelektrotsantsiyalar uchun foydalanilayotgan oqim va sarf xajmiga ta’lluqlidir. Loyixalashda va foydalanish jarayonida, gidroelektrotsantsiyalarda foydalanilayotgan oqim va sarf xajmini ko’paytirish, quvvatni, energiya ishlab chiqarishni va shu bilan birga energotarmoqda ulardan foydalanish samarasini ko’paytiradi. Shu maqsadda foydalanish bilan shug’ullanuvchi ishchilar vazifasiga kiradi: - gidrotutbinalar bilan oqimdan to’liqroq foydalanishni ta’minlash. Suv chiqaruvchi va kema qatnovchi inshootlar zatvorlari va gidroturbina yo’llantiruvchi apparatlarini zichlanmaganligi sababli yo’qotilishlarni kamaytirish zarur; - suv resurslaridan kompleks foydalanishda elektroenergiya ishlab chiqarish uchun ajratilgan oqim va sarf Q xajmini W ko’paytirishga xarakat qilish zarur. Noenergetik maqsadlarga ajratilgan oqim xajmini asossiz ko’paytirishga qarshi choralar ko’rish. Bu esa tegishli korxonalar ta’rafidan kema qatnaydigan kanallarda, ishlab chiqarishni suv bilan ta’minlashda, irrigatsion inshootlarda itsemol qilinayotgan suvni samarali nazorat qilishni talab qiladi; - yuqori b’efdan yoki keltiruvchi suv elitgichlardan gidroelektrotsantsiyaning o’z extiyojlari uchun ishlatiladigan suvning miqdorini kamaytirish, masalan panjaradagi axlat va foydalanishni qiyinlashtiruvchi oqiziqlarni chiqarish, tindirgichlarni yuvish va texnik suv ta’minotiga ishlatish miqdorini. Odatda o’z extiyojlari uchun suv olish gidrotsantsiyada foydalanilayotgan oqimni 0.25-1.5 % ni tashkil qiladi; - yax va muz parchalarini turbinadan o’tkazmasdan tashlashda iloji boricha qochish, chunki bunda oqimni bir qismini isrof bo’ladi, shuning uchun barcha mumkin bo’lgan xollarda muz parchalarini turbinadan o’tkazish va yax muz parchalarini yuqori b’efda ushlab qolish. Chunki ularni erishi turbina bilan foydalanilayotgan oqim xajmini ko’paytiradi; - N tsatik bosimini iloji boricha kattaroq, ya’ni yuqori bef sathini iloji boricha yuqori belgida va patski bef sathini patsroq belgida ushlab turish; - energotarmoq tarkibidagi gidroelektrotsantsiya ish rejimini boshqa elektrotsantsiyalar ish rejimi bilan kelishtirish. Odatda bu kelishish, energotarmoq uchun eng qulay gidroelektrotsantsiyani ish rejimini ta’minlaydigan dispechirlik xizmati topshirig’iga binoan (ko’pincha dispecherlik punktidan boshqarilib) amalga oshiriladi. GESlarni ishlatishning bosh masalalari. Elektr tsantsiyalarning hamma turlari uchun umumiy bo’lib, asosiy vazifasiga qarab elektr energiya ishlab chiqaruvchi texnologik korxona sifatida aniqlanadi. Asosiy vazifalari: - itse’molchini uzluksiz energiya bilan ta’minlash; - yuborilayotgan elektr energiya sifatini normal holda ushlash; - elektr tsantsiya va energotizimlar ishining maksimal tejamkorligi (gidroenergetik resurslarni maqsadga muvofiq holda ishlatishda, ishlab chiqarishning rentabelligini ta’minlashda) da dispetcher-kuchlanish grafigini bajarish. - atrof muhit va odamlarni ishlab chiqarishning zararli ta’siridan himoya qilish. Ushbu umumiy masalalar texnik ishlatish qoidalari ichiga kiritilgan va ishlab chiqarishni tashkil etish uchun asos hisoblanadi. GES lar gaz, mazut yoki atom energiyasi ishlatiladigan elektrotsantsiyalarga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: - elektroenergiya ishlab chiqarish jarayonini to’la avtomatlashtirish mumkinligi; - uskunalarni ishga kiritish va ularga texnik xizmat ko’rsatish osonligi; - atrof-muxitga zarari yo’qligi; - ishlab-chiqarilgan elektrenergiyani arzonligi. GESlarning energotizimga ulanib ishlagandagi vazifalari qo’yidagilardan iborat: - energotizim yuklanish grafigidagi cho’qqi qismlarini qoplashda ishtirok etish; - energotizimda kuchlanish va chatsota pasayib avariya holati yuz berganda tez ishga tushuvchi zaxira vazifasini bajarish. Energotizimning ishonchli va bardoshli ishlashida GES basseynlarida va suv omborlarida suv energiyasi zaxirasi borligi, gidroagregatlarni tez ishga tushushga tayyorligi va navbatdagi operativ xodimlarning tayyorgarlik darajasi yuqoriligi katta rol o’ynaydi. Download 39.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling