Мavzu: O’zbekitson Respublikasida gidroenergetika muammolari va ularni hal qilish yo’llari, gidroenergetika sohalaridagi asosiy ilmiy-texnik yutuqlar. Geslarni ishlatishining asosiy masalalari. Reja


Download 39.68 Kb.
bet2/3
Sana06.11.2023
Hajmi39.68 Kb.
#1751668
1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza

Gidroenergetik jihozlarning tezligini ta’minlash. Bu masala, GESlarni elektr energetika tarmog’ida (EET) optimal ishlashi uchun muhim bo’lib, texnologik jihozlarning ishonchliligiga qator talablar qo’yadi. O’tkazish hodisalarining nisbatan tez amalga oshishi gidroturbinaning (GT) boshqaruv va ishchi organlariga gidrodinamik kuchlanishlarni, generatorga elektr kuchlanishlarni va x.k. vujudga keltiradi. Shuningdek, GESlarning tezligi gidroagregatlarning ko’plab yoqib-o’chirishni ham o’z ichiga oladi. Bu esa ularning ishlashi uchun, sharoitni yuzaga keltiradi. GESlar tomonidan EETda kuchlanishni tartibga solish va avariyaviy zahira vazifasining bajarilishi, xodimlarning minimal ishtiroki bilan GESlarning ishlashini boshqaruvchi avtomatik apparaturalar va tizimlar ishining ishonchliligiga yuqori talablarni ilgari suradi. Avtomatik himoya vositalari va jihozlarining holati va ishlashini ko’zatishda, ishlatish - nazorat vositalarining o’rni bir muncha oshadi.
GESlar EETning yuqori cho’qqi rejimida ishlashi quyidagi jihozlarning tez eyilishiga olib keladi: podpyatniklar, turbina podshipniklari, ishchi g’ildirak kuraklari, generator bosh chiqish joylaridagi shinalar birlashuvlari va h.k. Shuning uchun cho’qqi rejimida ishlayotgan GESlar jihozlarining oldiga qo’yiladigan asosiy talab, rejim almashtirish bo’yicha bajariladigan ko’p sonli operatsiyalar vaqtida uning ishlash ishonchliligini ta’minlashdir. Ushbu talablarda kelib chiqqan xolda, jihozlarni tayyorlash va kontsruktsiyalash, shuningdek ko’proq eyilishi mumkin bo’lgan uzellarning holatini ishlatish vaqtida kuchli nazorat qilish, profilaktik va qayta tiklash ishlarini o’z vaqtida bajarish, qulay ishlatish rejimlaridan foydalanish vaqtida bajarilishi lozim.
Suv omborlari va basseynlarining tartibga soluvchi hajmini saqlash. Bu masala muhim ahamiyatga ega, chunki GESlardan samarali foydalanish uning bir necha soat davomida tinimsiz ishlashini talab etib, bunda kamida sutkaning qolgan vaqtida yig’ilgan suv miqdori sarf qilinadi; haftalik, shuningdek mavsumiy va ko’p yillik tartibga solishni kiritish yanada ko’proq samara beradi. Ko’p sonli GESlarning ish tajribasi shuni ko’rsatdiki, tartibga solish xajmidan samarali foydalanish va uni saqlash masalalariga keraklicha e’tibor berilmagan, bu esa avvalo suv omborining cho’kindi cho’kishi bilan yuzaga kelgan loyqalanishda aks etdi. Ko’pgina derivatsion GESlarning sutkalik tartibga solish basseynlari keraklicha samarali tozalanmaganliklar uchun mutlaqo ishdan chiqgan.
Hozirgi kunda tartibga solish xajmini saqlash muammosi boshlang’ich xajmi 100 mln.m3 ga etuvchi o’rtacha kattalikdagi suv omborlarida paydo bo’lgan: Uchqo’rg’on, Bosh, Chiryurt va h.k. Tartibga solish xajmining yo’qligi yoki etishmasligi sabab qish vaqlarida GESda taxminan 1,2-1,4 mln.kVt ga teng o’rnatilgan quvvatdan foydalanilmaydi. Ushbu kattalik GES ni loyihalash va ishlatish vaqtida jiddiy e’tibor berish kerakligini ko’rsatadi.
GESlarning ishonchliligini ta’minlash. GES inshootlarining holati GESlarning ish rejimiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi. Inshootlarning butunlay ishdan chiqishi - etarlicha kam uchraydigan xolat, lekin ushbu xolat qayta tiklash ishlariga katta sarf - xarajat talab etadi va el.tsantsiyaning ishini keskin chegaralaydi yoki butunlay to’xtab qolishiga olib keladi. GES agregatlarining ishini chegaralash, ko’pincha gidrotexnik inshootlarning ayrim qismlarining noqulay ish holati yoki zararlanishi tufayli yuz beruvchi holatlarda ko’p uchraydi: patski befdagi mahkamlanishlar, kanal va to’g’on qoplamalari va yuz qoplamalari, quvuryo’llar qobiqlari va x.k.
Gidrotexnik inshootlarning qoniqarsiz ahvoli GESlarning tezligiga ta’sir ko’rsatadi, suv keltirish va suv haydash kanallari va o’zanlarida tezlikni, beflarda suv satxining ko’tarilishi yoki ishga tushib ketish tezligini, gidravlik urilish vaqtida bosimli suv keltirgachlarning etarlicha mutsaxkam emasligi tufayli kuchlanishni cheklanishlarini taqazo etadi. Shunday qilib, GESlarning energetik ko’rsatkichlari gidrotexnik inshootlarning ishonchliligini oshirishga bevosita bog’liqligini ko’rsatadi.

Download 39.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling