Mavzu: O’zgarmas elеktr tоki ma’ruza rеjasi
Mavzu: O’ZGARMAS ELЕKTR TОKI
Ma’ruza rеjasi
1.O’tkаzgichlаrdаgi elеktr tоki. Elеktr tоkining mаvjud bo’lish shаrti.
2.Mеtаllаrdа elеktr o’tkаzuvchаnligining klаssik nаzаriyasi. 3.Оm vа Jоul-Lеns qоnunlаrining diffеrеnsiаl vа intеgrаl ko’rinishlаri.
4.Tаshqi kuchlаr. Elеktr yurituvchi kuch (EYUK). Butun zаnjir uchun Оm qоnuni.
5. Kirхgоf qоidаlаri.
6.Vаkuumdа elеktr tоki.
Tayanch iboralar.Zaryad,elektr zaryad, elementar zaryad, elektr zaryadining saqlanish qonuni, zaryadning diskertligi, tok, elektr toki, tok kuchi, tok zichligi, electron o’tkazuvchanlik, om qonuni, elektr yurituvchi kuch, om qonuni, tashqi kuchlar, kirixgof qonuni, tugun, vol’t-Amper xarakteristika.
Elektr toki. Tok kuchi. Tok zichligi.
Zaryadlangan zarrachalarning har qanday tartibli yo’nalgan harakati elektr toki deb yuritiladi. Zaryadlangan zarrachalarning tartibli harakatini turli yo’llar bilan hosil qilish mumkin:
a) Zaryadlangan zarrachalarning fazoda jism bilan birgalikda ko’chishi konveksion tok deyiladi. Masalan: zaryadlangan bulutning yerga nisbatan ko’chishi, ortiqcha zaryad manbaiga ega yerning orbitadagi harakati;
b) Elektr kuchlari ta’siri ostida zaryadli zarrachalar (erkin elektronlar) ning o’tkazgichga nisbatan ko’chishi o’tkazuvchanlik toki deyiladi;
v) O’tkazuvchanlik berk kontur orqali magnit oqimining o’zgarishi induksion tok hosil qiladi;
g) Dielektriklarda o’zgaruvchan elektr maydoni toklarga xos magnit maydonini vujudga keltirishi siljish toki deb yuritiladi.
Elektr tokini miqdor jihatdan xarakterlash uchun tok kuchi deb ataluvchi fizik kattalik kiritiladi.
Vaqt birligi ichida o’tkazgichning ko`ndalang kesimi yuzidan o’tayotgan zaryad miqdoriga son jihatdan teng kattalik tok kuchi deyiladi.
(5.1)
Elektr maydoniga joylashtirilgan o’tkazgich tarkibidagi zaryadli zarrachalar, ikki xil: tartibsiz issiqlik harakatida va maydon kuchlarining tartibli harakatida qatnashadi (5.1-rasm).
5.1-rasm
Tartibsiz harakat tezligi - , tartibli harakat tezligini u-deb belgilasak, zaryadli zarrachalar umumiy tezligining o’rtacha qiymati uchun quyidagini yoza olamiz:
<<(v+u)>>=<<v>> + <<u>> =<<u>>
Agar 1sm3 da n-ta zaryad tashuvchi bo’lsa, dS-yuza orqali dt – vaqt oralig’ida ko’chirilgan zaryad miqdori quyidagicha aniqlanadi:
(5.2)
tok kuchining ta’rifiga ko’ra
(5.3)
Tok o’tkazgichlarda taqsimlanishini to’laroq xarakterlash uchun tok zichligini tushunchasidan foydalaniladi.
O’tkazgichning perpendikulyar kesimi yuzasi birligiga to’g’ri kelayotgan, tok kuchiga son jihatidan teng bo’lgan kattalikka tok zichligi deb ataladi.
(5.4)
(5.3) va (5.4) lardan (5.5)
Tok kuchi esa:
(5.6)
Shunday qilib, tok kuchi – tok zichligi vektorining biror sirt orqali oqimini ifodalaydi.
Vaqt o’tishi bilan zichligi, kuchi va yo’nalishi o’zgarmaydigan tok, o’zgarmas tok deb ataladi.
(5.7)
O’zgarmas tokning yo’nalishi sifatida musbat zaryadli zarrachalarning harakat yo’nalishi qabul qilingan. Xalqaro birliklar sistemasida tok kuchining birligi qilib, 1 Amper qabul qilingan.
1 Amper shunday tok kuchidirki u vakuumda joylashgan ikki parallel tokli o’tkazgichlar 1 metr oraliqda uzunligi bir metr bo’lgan o’tkazgichga 2·10-7 N kuch bilan o’zaro ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |