Tarmoqlangan zanjirlar uchun Kirxgof qoidasi
Tarmoqlangan zanjir kattaliklarini hisoblashda Kirxgof qoidasiga rioya qilish hisoblashlarni ancha soddalashtiradi. Bu qoidalardan biri tugun (uch yoki undan ortiq o’tkazgichlarning tutashgan nuqtasi)ga tegishli bo’lib, u quyidagicha ta’riflanadi:
Tugunda uchrashuvchi toklarning algebraik yig’indisi nolga teng.
(5.32)
Masalan: Quyida ko’rsatilgan tugun uchun (33-rasm) Kirxgofning birinchi qoidasi:
(5.33)
Odatda tugunga kelayotgan toklar musbat ishora bilan, chiqayotgan toklar manfiy ishora bilan olinadi.
Bu qoidaning to’g’riligi quyidagi mulohazadan kelib chiqadi: Agar toklarning algebraik yig’indisi noldan farqli bo’lganda edi, tugunda zaryadlarning to’planishi yoki kamayishi sodir bo’lib, bu esa o’z navbatida zanjirdan o’tuvchi tokning o’zgarishiga olib kelar edi.
5.5-rasm 5.6-rasm
Kirxgofning ikkinchi qoidasi tarmoqlangan zanjirda olingan berk konturga tegishli bo’lib, Om qonunini umumlashtirilishi tufayli vujudga kelgan. Har qanday berk konturdagi tok kuchlari bilan qarshiliklari ko’paytmasining algebraik yig’indisi, shu konturdagi EYuK – larning algebraik yig’indisiga teng. (5.6-rasm)
(5.34)
Kirxgof tenglamalarini tuzishda quyidagi tartibga rioya qilish lozim:
a) Zanjirning barcha qismlaridagi tok yo’nalishi tanlab olinib, belgilab qo’yiladi;
b) Mustaqil berk kontur uchun tenglamalar sistemasi tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |