Mavzu. O`zgaruvchan tokli elektr zanjirlar Sinusoidal tok elektr zanjirlari


Download 129.64 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi129.64 Kb.
#1579500
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4- (1)

Sinusoidal EYuK ni hosil qilish
O'zgaruvchan tokning eng ko'p tarqalgan manbalaridan biri mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi sinxron generatordir. Sinxron generatorda sinusoidal EYuK olish uchun doimiy magnit maydonida ramka ko'rinishdagi chulg'am o'zgarmas burchak tezligida aylantiriladi. O'zgaruvchan tok generatorlari ikki asosiy qismdan iborat (2.2-rasm). Qo'zg'almas qism - stator 1 va aylanuvchi qism-rotor 2 dir. Ularning birida (ko'pincha rotorda) doimiy elektromagnit joylashtiriladi va uning chulg'amlari o'zgarmas tok manbaidan ta'minlanadi.



2.2-rasm

Silindrsimon statorning ichki yuzasidagi pazlarda joylashgan chulg'amlarda rotorning aylanishi natijasida EYuK paydo bo'ladi, bu yerda B-o'tkazgich simga ta'sir etuvchi magnit maydonining induksiyasi, l-o'tkazgich simning uzunligi, v- aylanuvchi magnit maydonining chiziqli tezligi. Agar l va v kattaliklarni o'zgarmas deb olsak, u holda chulg’amlardagi EYuK e(t) ning o'zgarish qonuni magnit induksiyasi B ning vaqt bo'yicha o'zgarish qonuni bilan aniqlanadi.


EYuK egri chizig'ining shakli sinusoidaga yaqin bo'lishi uchun generatorning rotorida joylashtirilgan qutb boshmog'i chetidagi havo oralig'i uning markaziga nisbatan 1,5 ... 2 marta kattalashtiriladi. Shu sababdan, magnit induksiyaning o'zgarish qonuni stator bilan rotor oralig'ida sinusoidal bo'ladi, qutb boshmoqlarining o'rtasida magnit induksiyasi maksimal bo'lib, qutb boshmoqlarining chetiga qarab kamayib boradi. Agar juft magnit qutblari soni p va rotorning bir minutdagi aylanishlar soni n bo'lsa, u holda o'zgaruvchan EYuK ning chastotasi:

Elektrotexnikada o'zgaruvchan tokning keng qo'llanishi elektr energiyani markazlashgan holda ishlab chiqarish va uni uzoq masofalarga uzatish masalasi yechilganidan keyin boshlandi.
Energiyani uzatish va taqsimlash iqtisodiy tarafdan hamda xavfsizlik nuqtai nazaridan uzatish uchun yuqori kuchlanishni va taqsimlash uchun esa nisbatan past kuchlanishni talab etadi. O'zgaruvchan tok kuchlanishini o'zgartirish nihoyatda sodda statik apparat-transformator yordamida bajariladi.
Agar bir xil chastotali bir necha sinusoidal funksiyalar (masalan, EYuK va tok) sinusoidalarining boshlanishlari mos kelmasa, u holda bu sinusoidalar faza jihatidan bir biriga nisbatan siljigan deyiladi. Faza siljishi tok va EYuK boshlang'ich fazalarining ayirmasi bilan o'lchanadi, ya'ni .
Agar bir xil chastotali sinusoidal funksiyalar boshlang'ich fazalari bir xil bo'lsa, u holda sinusoidalar faza jihatidan mos tushadi. Agar fazalar ayirmasi ga teng bo'lsa, u holda sinusoidalar bir biriga nisbatan kvadraturada deyiladi.

Download 129.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling