Mavzu: O‘zgaruvchan tokning ishi va


Download 36.44 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi36.44 Kb.
#1745845
Bog'liq
7-mustaqil ish




Mavzu:O‘zgaruvchan tokning ishi va quvvati. Quvvat koeffitsiyenti
REJA:

    1. O‘zgaruvchan tokning ishi va quvvati.

    2. Quvvat koeffitsiyenti

O‘zgarmas tokning bajargan ishi kuchlanish, tok kuchi va tok o‘tib turgan vaqt ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi:
A = U · I · t.
• O‘zgaruvchan tokning bajargan ishini aniqlash uchun juda kichik vaqt oralig‘ida uning qiymatini o‘zgarmas deb qaraymiz. U holda o‘zgaruvchan tok bajargan ishining oniy qiymati ham shu kabi formula yordamida aniqlanadi:
A = u · i · t.
agar zanjir uchlariga qo‘yilgan kuchlanish u = Um cos ωt qonuniyat bo‘yicha o‘zgarayotgan bo‘lsa, undagi tok kuchi ham garmonik qonuniyat bo‘yicha faza jihatidan farq qilgan holda o‘zgaradi: i = Im cos(ωt +φ). U holda o‘zgaruvchan tok bajargan ishning oniy qiymati uchun quyidagini yozamiz: A = u i t = Um Im t cos ωt cos(ωt + 𝜑). 
Vaqt birligi ichida bajarilgan ishga quvvat deyiladi. shunga ko‘ra o‘zgaruvchan tok quvvatining oniy qiymatini
p = u i = Um Im cos ωt. cos(ωt +𝜑) ifoda ko‘rinishda yozish mumkin.
Bitta davrga to‘g‘ri kelgan quvvatni topish uchun dastlab (3–31) formulani vaqtga bog‘liq bo‘lmaydigan ko‘rinishga keltiramiz. Buning uchun matematika kursidan ikkita kosinus ko‘paytmasi formulasidan foydalanamiz:
cosα cosβ = (cos(α – β) + cos(α + β)).

• Biz ko‘rayotgan holda


• α = ωt va β = ωt + 𝜑. Shunga ko‘ra, p = (cos𝜑 + cos(2ωt + 𝜑)) = cosφ + cos(2ωt + 𝜑). Bunda ifodaning ikkinchi qo‘shiluvchisining bir davr davomida o‘rtacha qiymati nolga teng. Demak, bir davrga to‘g‘ri kelgan o‘rtacha quvvatning vaq gan hadi

Tok va kuchlanishning effektiv qiymatlari ifodasi hisobga olinsa,ya’ni: Uef = 𝑈𝑚 va Ief = 𝐼𝑚 bo‘lgani uchun quyidagiga ega bo‘lamiz:





    • Bu kattalik zanjirning bir qismidagi o‘zgaruvchan tokning quvvati deyiladi: P = UIcos𝜑. 




    • Shunga muvofiq o‘zgaruvchan tokning bajargan ishi quyidagi formulad an aniqlanadi: A = U I t cos𝜑. 

    • shunday qilib, zanjirning bir qismidagi o‘zgaruvchan tokning quvvati va bajargan ishi tok kuchi va kuchlanishning effektiv qiymatlari bilan aniqlanadi. U, shuningdek, kuchlanish va tok kuchi orasidagi faza siljishiga ham bog‘liq bo‘ladi. 3–31 formuladagi cosφ ko‘paytma quvvat koeffitsiyenti deb ataladi.




  • Agar zanjirda reaktiv qarshilik yo‘q bo‘lsa, unda φ = 0, cosφ = 1, P = U I

• sanoat va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida elektr dvigatellari juda keng qo‘llaniladi. Ular katta induktiv qarshilikka va kichik aktiv qarshilikka


ega bo‘ladi. Shuning evaziga cosφ ning qiymati kamayib ketadi. Uni oshirish uchun korxonalarning tarmoqlariga maxsus kompensatsiya qiluvchi kondensatorlar ulanadi. Bunda elektrodvigatellarning salt yoki yetarli yuklamasiz
ishlatilmasligiga e’tibor berish kerak. Odatda, cosφ < 0,85 bo‘lgan qurilmala rni ishlatishga ruxsat berilmaydi.
Download 36.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling