Mavzu: O'zingiz yoqtırgan kitobga taqriz yozing


Download 283.6 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi283.6 Kb.
#1596554
Bog'liq
1-amaliy topshiriq




Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi


Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti
Qarshi filiali Telekommunikatsiya va Kasbiy ta’lim fakulteti
Telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishi
TT_11-22 guruh talabasi Rasulov Komilning
Akademik yozuv 2 fanidan tayyorlagan

1-AMALI ISHI

Mavzu: O'zingiz yoqtırgan kitobga taqriz yozing


Ahmad A’zamning
Soyasini yo'qotgan odam”
hikoyasiga taqriz

Ahmad A‘zamning "Soyasini yo‘qotgan odam" hikoyasi qahramoni o‘z xayollari ichida yuruvchi inson. Xayollari girdobiga shu qadar sho‘ng‘ib ketganki, real hayotdan uzilib qolgandek,go‘yo. Xayolparast insonlarning do‘sti kam bo‘ladi. Hikoya qahramonining ham do‘sti deyarli yo‘q. O‘z ichki kechinmalarini, ruhiyatidagi qarama-qarshiliklarni, hissiyotlarini bo‘lishgani, to‘kib solgani bir yupanch, bir do‘st topolmaydi.


Xayolan bunday insonni soyasi(do‘sti) yo‘q insonga qiyoslash mumkindir, ammo real hayotda-chi? Real hayotda soyasini yo‘qotgan odam ishonilishi mumkin bo‘lgan hodisa emas, lekin hikoya qahramoni hayotida bu chindan ro‘y beradi.
Endi nima bo‘larkin? Jamiyat,undagi odamlar bunday g‘ayritabiiy insonni qanday qabul qiladi? Ahmad A‘zam hikoyada shu savollarga javob izlaydi.
Ahmad A‘zam deyarli ko‘pchilik asarlarida romantik kinoyaviy unsurdan ustalik bilan foydalanadi. Yuqorida tilga olingan hikoyada ham bu unsurdan mahorat bilan qo‘llanilganiga amin bo‘lamiz. Yozuvchi badiiy to‘qimasiga kitobxonni chindan ham ishontiradi. Aslida esa bu hayotda ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan hodisa bo‘ladi.
Ishonilishi qiyin bo‘lgan bunday badiiy to‘qima orqali yozuvchi jamiyatda bunga bo‘lgan munosabatni ko‘rsatadi. Bu munosabatlar ortida Ahmad A’zamning yumori va kinoyasini ko‘rishimiz mumkin. Bunday yumor Said Ahmad ijodida ham uchraydi. "Sobiq" hikoyasida buni yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Hikoya qahramoni soyasi bilan birga maqsadini ham yo‘qotgandek, tushunarsiz xayollarga g‘arq bo‘lgandek,go‘yo.
Tushim bo‘lganda, tushuntirib berardim. Tushunmayapman ham, tushuntirib ham berolmayman. Soyam yo‘q, lekin yashab kelyapman soyamni yo‘qotgan bo‘lsam-da...
Download 283.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling