Mavzu: ozuqaviy moddalarning tanadagi fiziologik ahamiyati va ularning organizmda hazmlanish


Download 165.43 Kb.
bet18/20
Sana11.05.2023
Hajmi165.43 Kb.
#1453823
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Ozuqaviy moddalarning tanadagi fiziologik ahamiyati va ularning

Sutning tarkibi. Emizikli ayollarda bir kecha-kunduzda 1-2, sigirlarda 40-60, biyalarda 10-12 va echkilarda 1-3 l sut ajraladi.Turli hayvonlarning suti tarkibi, oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning miqdori va yog‘lar hamda oqsiilarning sifati bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Sut tarkibidagi organik moddalarning qon tarkibida bo‘lmasligi va sut bilan qon tarkibining bir-biridan farq qilishi uning qonining filtrati emas, balki sekretsiya mahsuloti ekanligidan dalolat beradi. Sutning zichligi 1,020-1,055 ga teng bo‘lib, muhiti neytrallidir. Sut-emulsiya, ya’ni mayda yog‘ sharikchalari albuminli xarakterga ega bo‘lgan pustloq bilan opralgan bo‘lib, uning emulsion turg‘unligini ta’minlaydi.
Qoramollarning sutida yog‘larning miqdori 4,5% gacha bo‘ladi. Sigir sutida onorganik moddalarning miqdori o‘rtacha 0.75% ni tashkil etadi: ular Na. K, Ca, va Mg ning fosfatlari, sulfatlari va xloridlaridan tashkil topgan, uncha katta boplmagan temir oksidi ham saqlanadi. Ayollar sutida quyidagi mikroelementlar: Li, Fe, Si, Ni, Jn, Mn, Ag, J, Br. As. Si. Al va boshqalar bor. Sut tarkibidagi vitaminlar, iste’mol qilingan ozuqa xarakteriga va undagi vitaminlar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. U vitamin A va V guruhi C. D, va E vitaminlarga boy bo‘ladi. Sutda amilaza, lipaza, katalaza, peroksidaza va boshqa fermentlar mavjud. Fermentlarning ayrimlari sut bezlarida hosil bo‘lsa, boshqalari mikroblar tomonidansintezlanadi deb taxmin qilinadi. Yangi sog‘ib olingan sutda hajmiga ko‘ra 60-70% gacha CO2 va Osaqlanadi. Sutga ona qonidan ko‘plab toksinlar, antitanachalar. alkogol, tuzlar, alkoloidlar, achchiq maxsulotlar va boshqa moddalar o‘tadi. Ya’ni bolaning me’dasi bunday, moddalarga bir yoshgacha juda tez reaksiya qiladi. shu sababli laktatsiya davrida emizikli onalarni davolashda juda katta ehtiyotkorlik talab etiladi, bu davrda kuchli hidli medikamentlar va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanishni cheklash zarur. Yangi tug‘ilgan bolalar uchun ona suti ideal to‘yimli mahsulot bo‘lib hisoblanish bilan birga bola uchun juda muhim ahamiyatga egadir. Ona suti bola organizmini barcha talablarini qondiradi, shu jumladan opsish va rivojlanish uchun zarur bolgan moddalarga bo‘lgan talabini ham qondiradi. Bolalar emadigan davrda, ularni supniy ozuqalar bilan oziqlantirganda ularda ortiqcha kasalliklarga chalinuvchanlik holati kuzatiladi, bu esa ona sutining yuqori darajadagi biologik qiymatga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Ona sutini emayotgan bolada ona organizmida ishlab chiqilgan va sutga o‘tgan antitanalar hisobiga turli infeksion kasalliklarga qarshi vaqtinchalik passiv immunitet hosil qiladi. Yangi tug‘ilgan bola organizmida ona organizmidan olingan jiddiy darajada temir zahirasi saqlanadi va o‘shaning hisobiga sutdagi temir taqchilligi qoplanadi. Bolalar sut bilan mo‘tadil rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar miqdorini ham oladilar. Tabiiy tanlash ham sutning tarkibiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ya’ni bu tarkib avlodining hayotchanligi uchun juda katta ahamiyatga ega. Turli hayvonlaming sutini tarkibi ularning yangi Tug‘ilgan bolalar organizmining talablarini to‘liq qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Organizmni vaznining ortish muddati bilan sutdagi oqsil, kalsiy va fosfor miqdori orasida teskari bog‘lanish ham mavjud. Filogenez jarayonida ona sutining tarkibi o‘zgaradi. Tez opsuvchi hayvonlaming suti, sekin opsuvchi hayvonlar sutiga qaraganda organizmdagi hujayra va to‘qimalaniing hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan oqsillar, kalsiy va fosfomi ko‘p saqlashi aniqlangan. Ona suti tarkibida qancha letsitin miqdori ko‘p bo‘lsa. yangi topg‘ilgan bolaning bosh miyasi massasi shuncha katta bo‘ladi. Bu esa boshqa moddalar orasida lesitin miyaning opsishi uchun jiddiy ahmiyatga ega ekanligini ko‘rsatib turibdi. Laktatsiya - bu sut bezlaridan sut ajralish va lining chiqarilish jarayonlaridir. Tug‘ishda va yo‘ldosh ajralganidan keyinoq sut ajralishi boshlanadi. Sigirlarda sat ajralish 300-305 kun davom etadi. Sut bezlari hayvonlaming bug‘ozlik davridayoq sariq tana garmonlari ta’siri ostida kuchli rivojlana boshlaydi. Bug‘ozlikining ikkinchi qismida sezilarli darajada muz suti ajrala boshlaydi, lekin lining ajralishini plasenta gormonlari to‘xtatib turadi. Ayollarda uvuzning ajralishi tug‘ishdan bir necha kun oldin va tug‘ishdan keyingi birinchi kunlari kuchayadi. Uvuz suti sariq nordonroq suyuqlik bo‘lib sutga nisbatan ancha quyuq (zich) va lining zichligi 1.040-1.080 ga tcng bo‘ladi. U qaynatilganda ivib qoladi, o‘zicha xos hidli, shoprroq tapmli, katta miqdorda uvuz tanachalarini yog‘ga opxshash neytrofillarni saqlaydi. Sutga nisbatan uvuz katta miqdorda fermentlar, albuminlar, globulinlar. lesitin. fosfor kislotasi. Ca va p ni saqlasada. lekin kaziyen va sut qandini kamroq saqlaydi. Uvuz suti katta miqdorda tuzlarni saqlaganligi sababli u yangi Tug‘ilgan bola organizmiga ich bopshatuvchi sifatida ta’sir ko‘rsatadi va uning dastlabki tezagini (mekoniya) ajralishini tapmin etadi.
Sut ajralishi murakkab reflektor jarayon bo‘lib, uning hosil bo‘lishida alveolalarni tashkil qiluvchi hujayralar o‘zlarida sutning yog‘li tomchilarini va boshqa qismlarini jamlaydi va o‘lchami jihatidan ortadi, undan keyin uning ichki qismi ya’ni sekretlar jamlangan va tashqariga yopnalgan qismi sitilib yoriladi hamda o‘zgargan sitoplazma bezlar yuzasiga quyiladi. Ajralayotgan sut sisterna va sut yo‘llariga yig‘iladi, bu paytda emchaklarining sfinkterlari uning oqib ketishiga qarshilik ko‘rsatib turadi. Sut ajralishi bevosita markiziy asab tizimi hamda gipotlz va boshqa ichki sekresiya bezlari (buyrak usti bezi po‘stloq qismi. jinsiy bezlar, qolqonsimon bez) gormonlari nazoratida bo‘ladi. Bug‘ozlik davrida va tug‘ishdan keyingi laktasiya davrlarida sut bezlari rivojlanishining asosiy va hosil qiluvchi quzg‘atuvchilari bo‘lib gipofiz va jinsiy bezlarning garmonlari hisoblanadi.
Ayollarning bitta sut bezidagi emchak uchining qo‘zg‘atilishi reflektor ravishda har ikkala sut bezlarida ham laktasiyani kuchaytiradi. Sut bezlari hatto orqa miya shikastlangandan keyin ham sut ajratishi mumkin, lekin mo‘tadil sharoitda emish paytida emchak uchlaridagi reseptorlarni mexanik qo‘zg‘atilishi natijasida laktasiya reflektor holda qo/g‘atiladi. Odamlarning sut bezlarining nerv tolalari 4-7 qabirg‘alararo nervlardan boshlanadi. Sutning tarkibi simpatik nervi kesilganidan keyin op/garadi. Demak simpatik nerv tolalari faqatgina uning tomirlariga ta’sir ko‘rsatmasdan balki bevosita sut bezlarining sekretor hujayralariga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Qo‘rqish. hayajonlanish. shovqin va boshqa ruhiy ta’surot sut hosil bo‘lishiga va uni chiqarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sut hosil bo‘lishi va sut chiqarilishi o‘zaro bog‘liq bo‘ladi va asosan oziqlanishga bog‘liqdir.

Download 165.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling