Tuzulishi va holati
Download 321.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Maruza - 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zilzila markazida tolqinlar Tez bo’ylama P-tolqinlar
- Yuzaki L-tolqinlar - Er yuzasida yoki yaqinida murakkab sinusoidal tebranishlar bilan ajralib turadi. Yer fizikasining vazifalari va usullari
- Seysmik tolqinlarning qutblanishi
- Seysmik to‘lqinlar tarqalishining o‘ziga xos hususiyatlari Supyerpozitsiya nuqtai nazari
- O‘zaro bog‘liqlik nuqtai nazari
- Yer qobigining kimyoviy tarkibi
3 – MARUZA SEYSMOLOGIK MA’LUMOTLAR BO’YICHA YERNING ICHKI TUZULISHI VA HOLATI Reja: 1. Yerning ichki tuzilishini o'rganish usullari. 2. Zilzila markazida to'lqinlar. 3. Seysmik to‘lqinlar tarqalishining o‘ziga xos hususiyatlari. 4. Yer qobig'ining kimyoviy tarkibi. Yerning ichki tuzilishini o'rganish usullari. Geologik metodlar - Tog' jinslari, konlar va konlar kesimlari, chuqur burg'ilash quduqlari yadrolarining tabiiy ko'rinishini o'rganish. - Kola yarim orolidagi tajribali quduq 12 kmgacha bo'lgan loyiha chuqurligida 15 km dan ortiq chuqurlikka yetdi; - Vulqon hududlarida vulqon portlashlari mahsuloti 50-100 km chuqurlikdagi moddalarning tarkibi bilan baholanishi mumkin. Seysmik metod - Seysmik (yunoncha "seismos" - chayqalish) usuli portlashlar yoki er qobig'iga zarba tebranish ta'siridan kelib chiqadigan tabiiy va sun'iy zilzilalarni o'rganishga asoslangan. - Zilzilalar manbalari Tinch okeani chekkasidagi yoriq zonalarida kuzatilgan, er yuzidan (taxminan 10 km), eng chuqurgacha (700 km gacha) turli chuqurliklarda joylashgan. Manbada vujudga keladigan seysmik to'lqinlar ular o'tadigan muhit haqida tasavvur beradi. Zilzila markazida to'lqinlar Tez bo’ylama P-to'lqinlar - P - to'lqinlarining tarqalishi bilan jinslarning siqilishi va cho'zilishi kuzatiladi. - P-to'lqinlar yer qa'rining qattiq va suyuq jismlarida o'tadi. Sekinroq ko’ndalang S-to'lqinlar. - Ko’ndalang S-to'lqinlar faqat qattiq moddalarda tarqaladi. - Ko’ndalang to'lqinlarning o'tishi bilan elastik jinslar siljish va burilishning deformatsiyasiga uchraydi. Yuzaki L-to'lqinlar - Er yuzasida yoki yaqinida murakkab sinusoidal tebranishlar bilan ajralib turadi. Yer fizikasining vazifalari va usullari Yer fizikasining ob’ekti - Yerning ichki tuzilishi, materiyaning holati va sayyora ichki dinamikasi. Yerning ichki tuzilishini o'rganish bir qator vazifalarni o'z ichiga oladi. 1. 𝑣 𝑃 va 𝑣 𝑆 seysmik to'lqin tezligini taqsimlash orqali uning qatlamli tuzilish parametrlarini aniqlash. Shu asosda, siqilishning elastik moduli K, siljish 𝜇, Poisson koeffitsienti 𝜎 quyidagi munosabatlar bilan belgilanadi: 𝑣 𝑃 = √ 𝐾+4/3𝜇 𝜌 ; 𝑣 𝑆 = √ 𝜇 𝜌 ; 𝑣 𝑃 > 𝑣 𝑆 Seysmik to'lqinlarning qutblanishi P – chiziqli bo’ylama to’lqinlar. S – chiziqli ko’ndalang to’lqinlar. R – elliptik vertikal tekislikda Reley to’lqinlari. L – chiziqli gorizontal tekislikda ko’ndalang Lyava to’lqinlari. 𝒗 𝑷 (𝒛) = √ 𝑲+𝟒/𝟑𝝁 𝝆 ; 𝒗 𝑺 (𝒛) = √ 𝝁 𝝆 ; 𝑣 𝑃 > 𝑣 𝑆 Tog’ jinslari uchun; 𝑣 𝑃 ≅ √3𝑣 𝑆 = 1,7𝑣 𝑆 Seysmik to‘lqinlar tarqalishining o‘ziga xos hususiyatlari Gyuygens nuqtai nazariga binoan to‘lqin frontining har bir nuqtasini mustaqil tebranish manbasi, ya’ni ikkilamchi to‘lqin manbai deb hisoblash mumkin: bunga asosan byerilgan to‘lqin frontining ayrim holatlariga qarab, boshqa holatdagi to‘lqin frontini belgilash mumkin. Ferma nuqtai nazariga binoan ikkita nuqta orasida to‘lqin eng kichik qarshilik etuvchi yo‘l bo‘ylab tarqaladi, ya’ni eng qisqa vaqt sarf qiladigan yo‘lni bosib o‘tadi. Uning fikriga asosan (izotrop) muhitlarda seysmik nur to‘g‘ri chiziqdan iborat, chunki ularda tezlik doimo bir xil. Gradientli muhitlarda (tezlik asta – sekin uzluksiz o‘zgarib turganda) seysmik nur egri chiziq holiga keladi. Seysmik to‘lqinlar tarqalishining o‘ziga xos hususiyatlari Supyerpozitsiya nuqtai nazari. Muhitda bir necha to‘lqin bir vaqtning o‘zida tarqalganda ularning har biri huddi boshqalari yo‘qdek harakat qiladi. Lekin to‘lqinlar muhitning biror nuqtasiga bir vaqtda etib kelganda, zarralarning tebranishlari to‘lqinlarning bir-biriga ustma-ust tushish natijasidek namoyon bo‘ladi (intyerfyerensiya kuzatiladi). O‘zaro bog‘liqlik nuqtai nazari. Agar seysmik tebranishni qo‘zg‘atuvchi va qabul qiluvchi manbalarning joylarini o‘zaro almashtirilsa, unda shu nuqtalarda kuzatish vaqti, to‘lqinning shakli va zarralarning tebranish sifati o‘zgarmaydi. Yer qobig'ining kimyoviy tarkibi Yer qobig'idagi eng keng tarqalgan 46 elementl bo'lib, ulardan 8 tasining massasi 97,2—98,8% ni tashkil qiladi, 2 (kislorod va kremniy) - umumiy yer massasining 75% ni tashkil qiladi. Kimyoviy elementlarning yer qobig'ining massasining ulushi sifatida taqsimlanishi quyidagilar: ❖ Kislarod – 49,13 ❖ Kremniy – 26,00 ❖ Alyuminiy – 7,45 ❖ Temir – 4,20 ❖ Natriy – 2,40 ❖ Magniy – 2,35 ❖ Bor – 0,01 ❖ Berilliy – 0,003 Yerning umumiy massasi • Yer po’stlogi – 1% • Mantiya – 68% • Yadro– 31% Download 321.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling