Mavzu: p sixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari


Download 45.62 Kb.
bet1/7
Sana11.05.2023
Hajmi45.62 Kb.
#1450577
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAVZU


MAVZU: Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari
Bolaning o‘sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti jamiyat a’zosi sifatida voyaga yetishida taraqqiyot qanday qilib yuzaga keladi? degan savolni hal qilish muhim masaladir.
O‘sish - miqdoriy jihatdan ulg‘ayish, demakdir. Taraqqiyot-sifat jihatdan o‘zgarish demakdir. Bolaning psixik taraqqiyoti ham qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz beradi. Bu qarama-qarshiliklar:
Bolaning shu choqqacha erishgan darajasi, imkoniyatlari bilan yangi extiyojlar o‘rtasida tug‘iladigan qarama-qarshiliklar. YA’ni bolalarning extiyojlari tez ortib boradi. Lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekinlik bilan yuzaga keladi.
Bolaning eski xulq-atvori formalari bilan yangi xatti-harakatlari, yangi tashabbuslari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar. Masalan: yosh bolaning asosiy faoliyati kattalarga taqlid qilishdir. Taqlidiy harakatlarda mustaqillik, tashabbuskorlik bo‘lmaydi.
Bola osib ulgaygan sari uning tajribasi, mustaqilligi, tashabbusi orta boradi. Masalan: mustaqil yurish, ba’zi ishlarni bajarish.
3.Bola hayotining mazmuni bilan uning formasi o‘rtasida vujudga keladigan qarama-qarshiliklar. Odatda hayotning mazmuni uning formasidan biroz oldinroq vujudga keladi. Masalan: bola bog‘chaga qatnay boshlashdan oldin oiladagi hayotga o‘rganib qoladi. Bog‘chada esa yangicha hayotning boshqacha talablari va qoidalariga duch keladi.
Demak, bolaning psixik taraqqiyoti juda murakkab jarayondir. Lekin bu taraqqiyot qanchalik murakkab bo‘lmasin uning qonuniyatlari fanga ayondir. Bolaning psixik taraqqiyoti ijtimoiy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan aniq shartsharoitning ta’siri tufayli yuz beradi.
Bola yashaydigan muhit o‘zgarmas narsa emas, balki u kishilarning faol faoliyati natijasida o‘zgara boradi. Har bir inson va bolaning ongi o‘zgarib boruvchi muhit ta’siri ostida o‘sadi. Ammo muhit bolaning o‘sishi uchun qulay va noqulay bo‘lishi mumkin. Qulay muhit kishining «mudroq» qobiliyatlarini ulg‘aytiradi. Noqulay ijtimoiy muhitda tug‘ma qobiliyatlar «mudroq» bosgan holda qolaveradi. Bunday muhit, hatto tasodifan namoyon bo‘lgan iste’dod va qobiliyatlarni ham nobud qiladi.
Masalan: 1920 yillarda doktor Sang Hindistonda Kalkuttaning janubi- g‘arbidan 2 qizni bo‘rilar orasidan topadi. Qizlardan biri Amola 2 yosh, 1 oydan keyin vafot etgan, ikkinchisi Kamola 7-8 yosh 17 yoshgacha yashagan, 45ta so‘zni o‘rgangan.
Organizmning o‘sishi, nerv sistemasining shakllanishi psixik hayotning shakl va mazmuni uchun imkoniyatlar yaratib beradi. Bu imkoniyatlarning ruyobga chiqishi kishining ijtimoiy muhitda yashashi va taraqqiy etib borishiga bog‘liqdir. Demak, inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida taraqqiy qiladi.
Demak, insonni inson qiladigan uning butun fazilatlarini yuzaga keltiradigan omil tashqi ijtimoiy muhitning ta’siridir.
Bolalar psixologiyasi bolani har tomonlama rivojlanishida ta’lim-tarbiyani asosiy harakatlantiruvchi kuch deb ta’kidlaydi, chunki jamiyatning bolalar ongiga ongli ta’sir etishi ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladi.



Mavzu: Go'daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bn emotsional muloqotning ahamiyati
Go`dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini o`rganish bo`yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Denisova, M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon, D.B.Elkonin, Ye.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byuler, F.I.Fradkinalarning asarlari alohida ahamiyatga molikdir.
S.Fayans tajribasida go`dakka chiroyli va jozibador o`yinchoqlar 9 sm masofadan ko`rsatilganda u butn vujudi bilan ularga intilgan keyinchalik oraliq 60 sm bo`lganida bolaning intilish, qo`l cho`zishi, sustlashgan va nihoyat ular 100 sm dan ko`rsatilganda bolada intilishi, cho`zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so`ngan.
U o`yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatib borish mumkin.
Yuqoridagi tajriba materiallari asosida, shunday xulosa chiqarish mumkin: kattalr go`dak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar. Go`dakni qurshab turgan jismlar borgan sari uning nigohini o`ziga tortib, maftun qilib, qo`zg`atuvchi vazifasini bajarib, bolaning qidirish, mo`ljal olish, chamalash faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotchi A.V.Yarmolenko yarim yoshlik go`daklarda jozibali narsalarning o`zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Mkallif olgan ma`lumotlarga qaraganda, go`dak bexisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. Shu bilan birga harakatsiz ko`ruv qo`zg`atuvchisiga diqqatni to`plash 26 sekunddan 37 sekundgacha, harakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi 34 sekunddan 111 sekundgacha, harakatdagi ko`ruv qo`zg`atuvchisiga qarashi, 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi insonga e`tibor berishi 49 sekunddan 186 sekundgacha ortgan. Tajribada go`dakning harakatlanayotgan odamga diqqatni to`plab turishi to`rt marotaba ortgani aniqlangan.
Harakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator tajribalar asosida o`rgangan olimlardan D.B.Elkoninning ishonch bilan ta`kidlashicha 2-3 haftalik go`dakda ko`z konvergentsiyasi vujudga kelsa ham, o`z nigohini turli jismlarga qaratib turish jarayoni qiyin kechadi, hayotining 3-5 haftalarida esa uning nigohi oz fursat bo`lsada, muayyan ob`ektga to`plana boshlaydi. 4-5 haftalik go`dakda 1-1,5 metr naridagi jismlarni kuzatish ko`nikmasi hosil bo`ladi. Ikki oylik bola 2-4 metr uzoqlikdagi narsani kuzatishni o`rganadi, u uch oyligida 4-7 metr oraliqdagi jismlarni ham payqay oladi, nihoyat, 6-10 haftalik go`dak hatto, aylanayotgan predmetning harakatini idrok qilish imkoniyatiga ega bo`ladi. Keyinchalik hissiy organlarining ko`z bilan funktsional aloqalar o`rnatish qaror topadi. Go`dak to`rt oyligida uning jismga tikilish va uni tomosha qilishi nisbatan barqaror bo`ladi.
Katta yoshli kishilar tovushiga taqlid qilib, go`dakni qurshab turgan odamlar nutqini idrok qilinishi tom ma`nodagi nutq faoliyatini tarkib toptiradi. Muloqotning so`nggi turlari go`dak hayotining ikkinchi yarim yilida ko`zga tashlanadi. Uning o`zini parvarishlayotgan, odamlarga ilk tabassum, quvonch va shodlik tuyg`usi bilan boqishi faqat xush kechinmalaridan emas, balki ichki mexanizmlarini ifodalovchi, muayyan darajada tashkil topgan ijobiy ta`sirlanishni aks ettiruvchi muloqotdan ham iboratdir. Katta yoshli odamlardan ta`sirlanish his-tuyg`usi go`dakning hayoti va faoliyatida bir necha yo`nalishda qaror topib boradi



Download 45.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling