Mavzu: paradont kasalliklar tasnifini bolalarda tekshirish usullari


Download 480.65 Kb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi480.65 Kb.
#1053278
  1   2   3
Bog'liq
PARADONTzzzz

Andijonv Davlat Tibbiyot Instituti 502 guruh talabasi Muqimov Asrorbek ning Gospital va Klinik Artopediya Kafedrasining Paradantologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti

  • Andijonv Davlat Tibbiyot Instituti 502 guruh talabasi Muqimov Asrorbek ning Gospital va Klinik Artopediya Kafedrasining Paradantologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti

MAVZU:PARADONT KASALLIKLAR TASNIFINI BOLALARDA TEKSHIRISH USULLARI.
REJA:
1.BOLALAR OG’IZ BO’SHLIG’I XASTALIKLARINI DAVOLASHDA OG’RIQSIZLANTIRISH USULLARI.
2.PARADONT KASALLIGI TUSHUNCHASI.
3. PARADONT BOLALARDA.
4.OG’IZ BO’SHLIG’I SHILLIQ PARDASI KASALLIKLARI.
Tekshirdi : Samatov. U
1.BOLALAR OG’IZ BO’SHLIG’I XASTALIKLARINI DAVOLASHDA OG’RIQSIZLANTIRISH USULLARI.
BOLALARDA TISH VA OG’IZ BO’SHLIG’I SHILLIQ PARDASINING XASTALIKLARINI DAVOLASHDA OG’RIQSIZLANTIRUVCHI VOSITALARNI TOG’RI , O’Z O’RNIDA QO’LLASH MUHIM AHAMIYATGA EGA.
OG’RIQSIZLANTIRISH USULLARINING BIR NECHA XILI MAVJUD BO’LIB, ULARDAN ASOSIYLARI QUYIDAGILAR;
  • IGNASIZ (NOIN’EKSION ) TERMINAL ANESTEZIYA;
  • IGNA SHPRITS YORDAMIDA (IN’EKSION) AMALGA OSHIRILADIGAN OG’RIQSIZLANTIRISH;

1.1. TERMINAL ANESTEZIYA
Bolalarda ulaming ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik uchun og‘riqsizlantirishning bu usulidan foydalanish juda katta qulaylik tug'diradi. Bu usul asosan og‘riqsizlantirish lozim bo‘lgan sohaga og‘riqsizlantiruvchi vositani chaplash yoki surtish, og‘riqsizlantiruvchi namlangan salfetkalarni biroz tutib turish kabi yo'llar bilan amalga oshiriladi. Shuni nazarda tutmoqlik lozimki, bunday usul yordamida to ‘qimaning faqat yuza qavatlarigina og‘riqsizlantiriladi
Ignasiz amalga oshiriladigan terminal anesteziya uchun quyidagi og'riqsizlantiruvchi vositalardan foydalaniladi. Dikain — kuchli og‘riqsizlantiruvchi vosita hisoblansa-da, novokainga nisbatan 10 marotaba kuchli zaharli ta’sirga ham egadir. Shuni nazarda tutgan holda yosh bolalarda (10 yoshgacha) bu vositani ishlatib bo‘lmaydi. 10 yoshdan katta bolalar uchun dikainning 1—2 ml miqdordagi 0,5 % li eritmasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1.2. IGNA SHPRITS YORDAMIDA (IN’EKSION) AMALGA OSHIRILADIGAN OG’RIQSIZLANTIRISHI.
Bolalarda tish to‘qimalari va periodont hastaliklarini davolash amaliyotida og'riqsizlantirishda ko‘pgina hollarda («Pulpa va periodont hastaliklarini davolash» boblariga qaralsin) mahalliy in’eksiya usulidan foydalaniladi. Mahalliy og‘riqsizlantirishda in’eksion usulning infiltratsion (tish atrofidagi yumshoq to‘qimani og'riqsizlantiruvchi modda bilan to‘yintirish) va o'tkazuvchi (provodnikovaya — asab tolasi atrofiga og‘riqsizlantiruvchi modda yuborish) turlari keng qo‘llanadi. Og‘riqsizlantirishning bu usuli yordamida ijobiy natijalar olish uchun anchagina kuchli ta ’sirga ega bo‘lgan anestetik vositalardan foydalaniladi.

Download 480.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling