Mavzu: Parallel xisoblash tizimlari


Parallel tizim arxitektura kategoriyalari


Download 1.69 Mb.
bet2/35
Sana18.10.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1708590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
1-Amaliy mashg’ulot (1)

Parallel tizim arxitektura kategoriyalari
Kompyuter sistemalarini to’rtta asosiy kategoriyaga ajratish mumkin. Bu uchun qanday ishlashi haqidagi ko’rsatmani birmuncha almashtiramiz. Markaziy protssessor nuqtai nazaridandastur rasshifrovka qilish va bajarish kerak bo’lgan qoidalar oqimidir. Ma’lumotlarni ham oqim ko’rinishida kiruvchi deb hisoblash mumkin.
Dasturlash modeli – abstrakt kompyuter arxitekturasiga javob beradigan dasturlash usullari majmuasi bo’lib, ma’lum algoritmlar sinfini amalga oshirish uchun mo’ljallangan. Dasturlash modellari kompyuter va uning arxitekturasini mantiqiy tashkillash haqida aniq tasavvurga ega bo’lishi uchun xizmat qiladi.
Arxitekturalarning xar xil turlari mavjud bo’lib ulardan birinchi bo’lib “FLINN taksonomiyasi” xisoblanadi. Arxitekturaning bu turi kompyuterning buyruqlar va ma’lumotlar oqimi bilan ishlash xususiyatlarga asoslanadi. Biz tahlil qiladigan to’rtta kategoriya ma’lumot va qoidalarning bitta oqimga kirish-kirmasligi bilan aniqlanadi. Ushbu arxitektura turlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
SISD (Single Instruction Single Data) bir oqim buyruq, bir oqim ma’lumotlar.

1.1-rasm SISD arxitekturasi
Bitta oqim buyruq, bitta oqim ma’lumotlar (SISD) modeli o’zida bitta protssesorli klassik modelni ko’rsatadi. Unga eski avlod kompyuterlari bilan bir qatorda ko’pgina zamonaviy kompyuterlar ham misol bo’ladi. Bunday kompyuter protsessori har qanday vaqt momentida faqatgina bitta qoidani bajarishga qodir va faqat bitta ma’lumotlar to’plami bilan ishlay oladi.
SIMD (Single Instruction Multical Data) bir oqim buyruq, bir necha oqim ma’lumotlar.

1.2-rasm SIMD arxitekturasi
Bitta oqim buyruq, bir nechta oqim ma’lumotlar bo’lgan komyuterlarda (SIMD) bir xil operatsiyani turli xil ma’lumotlar bilan ishlovchi bir nechta protssessorlar mavjud. SIMD - mashinalar ba’zan vektorli protsessorlar deb ham ataladi, chunki ular vektorlar ustida amal bajarish uchun juda qulay. Bunda har qaysi protssesorga bitta vector koordinasi beriladi va amal bajarilgandan so’ng natija vektor kelib chiqadi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling