Mavzu: parasimpatik nerv sistemasi


Download 107.04 Kb.
bet2/6
Sana14.05.2023
Hajmi107.04 Kb.
#1460058
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nerv sistemasi, markaziy va periferik nerv sistemasi. Bosh miya

Bosh miya. Bosh miya kalla bo'shlig'ida joylashib, og'irligi odamda o'rta hisobda 1360 gr bo'ladi. Bosh miya besh qismga bo'linadi: uzunchoq miya va ko'prik, miyagacha. O'rta miya, oraliq miya va katta yarim sharlar. Uzunchoq miya, ko'prik, miya va oraliq miya stvoli deb ataladi. Katta yarim sharlar bosh miyaning eng yaxshi rivojlangan qismi bo'lib, bosh miya og'irligining deyarli 80% tashkil etadi.
Uzunchoq miya va ko'prik orqa miyaning davomi bo'lib, kalla bo'shlig'ida teshigi ustida joylashgan. Uzunchoq miya va ko'prik kulrang oq moddadan tuzilgan. Bosh miyaning bu qismlarida kulrang modda ichki tomonda yadrolar holatida, oq modda esa kulrang moddaning ustida joylashadi. Uzunchoq miya bilan ko'prikning dorsal yuzasi rombsimon chuqurchani tashkil etadi. Bu chuqurcha miya IV qorinchasining tubi hisoblanadi.
Uzunchoq miya bilan ko'prik reflektor vazifasini va ko'zg'alishini o'tkazish funktsiyasini bajaradi. Uzunchoq miyada bosh miya nervlarining yadrosidan tashqari, hayot uchun muhim organlar faoliyatini idora etuvchi markazlar, chunonchi, nafas olish, yurak ishini boshqarish, qon aylanish, ovqat hazm qilish (yutish, so'lak chiqarish, me’da shirasini va me’da osti bezi shirasini ishlash) organlarining markazlari va ba’zi himoya reflekslari (qusish,aksa urish, yo'talish, ko'zni yumib-ochish va boshqa) markazlari joylashgan. Uzunchoq miya bilan ko'prik markazlarini har xil organlar retseptorlardan kelgan ta’sirotlar qo'zg'atadi.
Bosh miya nervlari. Bosh miyada 12 juft nerv chiqadi. Funktsiyasiga qarab ular sezuvchi (I,II va VIII juft nervlar), harakatlantiruvchi (III,IV,VI,VII,XI va VIII juft nervlar) va aralash (V va IX juft ) nervlarga bo'linadi.
Bosh miya nervlarining: 1 jufti-hidlash nervi; II jufti- ko'rish nervi; III jufti-ko'zni harakatlantiruvchi nerv; IV jufti-g'altaksimon nerv; V juft - uch tarmoqli nerv. Bu nervning birinchi tarmog'i- ko'z kosasi nervini, ikkinchi tarmog'i - yuqorigi jag' nervini va uchinchi tarmog'i - pastki jag' nervini hosil qiladi. Uch tarmoqli nervda harakatlantiruvchi va sezuvchi tolalar mavjud. Harakatlantiruvchi tolalar chaynash muskullariga boradi. Sezuvchi tolalar esa yuz va chakkadagi terini, ko'z soqqasi, qovoqlar konьyunktivalarini, og'iz va burun bo'shlig'idagi shiliq pardani, yumshoq va qattiq tanglayni innervatsiya qiladi;VI jufti - uzoqlashtiruvchi nerv (harakatlantiruvchi nerv); VII jufti - yuz nervi yuzning mimika muskullariga boradi; VIII jufti - eshitish va muvozanat nervi chig'anoq va vestibulyar apparat nervlariga bo'linadi; IX jufti - til halqum nervi; X jufti - adashgan yoki sayyor nerv; XI jufti -qo'shimcha nerv; XII jufti - til osti nervidir.

Download 107.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling