Ergasheva N
1. Agrar munosabatlar
|
qishloq xo’jaligida kishilar o’rtasida Bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar.
|
2. Agrar-sanoat majmuasi
|
muayyan hududda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqaradigan, qishloq xo’jaligi uchun texnikalar ishlab chiqaradigan va yetkazib
beradigan, hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan bir-birlari bilan
Bog’langan korxonalar yig’indisi.
|
3. Korxona
|
ijtimoiy talablarni qondiruvchi va sof foyda olish maqsadida mahsulot
ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmat ko„rsatuvchi mustaqil xo„jalik yurituvchi
iqtisodiyot sub‟ektidir.
|
4. Konsentratsiya
|
predmet, hodisa-voqealarning bir joyga to’planishi, yig’ilishi,
birlashishi.
|
5. Konsern
|
umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo’shma
faoliyatda ishtirok etish bilan bog’liq bo’lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks
ettiradi
|
6. Korporatsiyalar
|
umumiy maqsadlarga erishish, hamkorlikda faoliyat yuritish
maqsadida birlashib, mustaqil huquqiy sub‟ekt-huquqiy shaxsni tashkil qiluvchi shaxslar
Yig’indisini tavsiflaydi.
|
7. Sanoat siyosati
|
sanoatni joylashtirish va rivojlantirishga qaratilgan davlat
tomonidan olib boriladigan siyosat.
|
8. Sanoat rayoni
|
sanoat-ishlab chiqarish ixtisosi yaqqol ko’rinib turadigan iqtisodiy
rayon.
|
9. Kombinatsiya
|
kooperatsiyaga o’xshab korxonalar birlashmasidan iborat. Ammo bu erda tarqoq holda joylashgan birlik emas, balki ularning hududiy umumiyligi
tushuniladi.
|
10. Metallurgiya
|
ruda va tarkibida metall bo’lgan materiallardan metall olish, metall va qotishmalarning ximiyaviy tarkibini, strukturasini O’zgartirish jarayonlarini o’z ichiga olgan fan, texnika va ishlab chiqarish sohasi.
|
11. Sindikat
|
tijorat faoliyatini (ta‟minot, sotish, narxning paydo bo’lishi) hamkorlikda tashkil qilishga asolangan birlashmadir.
|
12. Ixtisoslashish
|
kishilarning biron-bir mashg’ulotda band bo’lishi yoki mehnatning
ayrim vazifalarga bo’linishi.
|
13. Industriyalash
|
hozirgi zamon korxonalarini qurish va fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishning barcha tarmoqlariga joriy qilish yo’li bilan rivojlangan sanoatni bunyod etish.
|
14. Parfyumeriya-kosmetika sanoati
|
atir sovun, efir moyi, sintetik xushboʻy moddalar ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi
|
15. Birlashma
|
bu bir tarmoqqa kiruvchi yirik korxona yoki aksariyat hollarda turdosh
Bo’lgan korxonalar turkumi, majmua esa bir emas, ikki va undan ortiq tarmoqlarning
uyushmasi, ularning uyg’un holda rivojlanishi demakdir.
|
16. Intensiv taraqqiyot yo‟li
|
mazkur korxonalarda yangi texnika va mehnatni tashkil
etishnipg yangi shakllarini joriy etish hisobiga ishlab chiqarishni kengaytirish.
|
17.ixtisoslashuv
|
ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim shakli bo„lib, u mehnat
taqsimoti va iqtisodiy rayonlarni tarkib topishi bilan chambarchars bog„liq.
|
18. ishlov beruvchi sanoat
|
kon sanoati, qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, baliq
tutish, ovchilikdan keladigan, shuningdek, sintetik yo’l bilan olinadigan xom ashyoga
ishlov beradigan yoki uni qayta ishlaydigan sanoat tarmoqlari
|
19.kabotaj
|
yuk tashish. Kabotaj 2 xil bo’ladi: katta
kabotaj-turli dengizlar orqali yuk tashish; kichik kabotaj-bir dengizda yoki yonma-yon
dengizda yuk tashish.
|
20. moddiy ishlab chiqarish sohasi
|
ishlab chiqarish faoliyatining barcha turlari
majmui bo’lib, buning oqibatida mahsulotlar, energiya shaklidagi moddiy ne’matlar
yaratiladi va yuklar tashiladi, mahsulotlar saqlanadi, navlarga ajratiladi, qadoqlanadi,
O’rab bog’lanadi, joylanadi va muomala sohasidagi vazifalar amalga oshiriladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |