Mavzu-9: «Mehnatni me’yorlashtirish asoslari». Reja


Download 35.47 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi35.47 Kb.
#1053431
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MAVZU. MTE


MAVZU-9: «Mehnatni me’yorlashtirish asoslari».
REJA:

  1. Mehnatni me’yorlash haqida tushuncha.

  2. Me’yorlashning asosiy vazifalari.

  3. Jamlash metodi va uning turlari.

  4. Analitik me’yorlash metodlari.

1. Mehnatni me’yorlash haqida tushuncha.
Hozirgi sharoitda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish mehnatning fan yutiqlari va ilg’or tajribaga asoslanib, texnika va odamlarning yagona ishlab chiqarish protsessida birlashish, moddiy va mehnat resurslaridan eng samarali foydalanish, mehnat unumdorligini uzluksiz oshirib borish, mehnat protsessida inson salomatligiga g’amho’rlik qilish, mehnat asta-sekin hayotiy ehtiyojga aylanish imkonini bajaradigan qilib tashkil etilishi demakdir.
Mehnatni ilmiy tashkil etishda mehnatni me’yorlashga alohida e’tibor beriladi. Bu bilan bir qatorda fan va texnika zamonaviy yutuqlari asosida xalq xo’jadigining barcha tarmoqdarida qayta qurollantirishni amalga oshirishda mehnatni me’yorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehnatni normalashtirish-bu ma’mul tashkiliy-texnika sharoitida mahsulot birligini tayyorlash yoki vaqt birligini ichida maxsus ishlab chiqarish belgilangan ish hajmini bajarish yoki ishlab chiqarish vositalariga xizmat ko’rsatish uchun mehnat sarfi o’lchovini belgilashdir.
Mehnat me’yorlash har bir ish o’rnida, uchastka va tsexda mehnatni to’g’ri va ilmiy asosda tashkil etish, ish jarayonining bir tekis, bir me’yorda sotishni ta’minlash, ish vaqtidan tejab foydalanish, mehnatning ilg’or usul va metodlarini aniqlash va joriy qilish, mehnatni yuksak samaradorligini ta’minlash, mehnat unumdorligini to’xtovsiz oshirib borish rezervlarini aniqlash, korxona faoliyatini rejalashtirish va tahlil qilish va nihoyat ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish asosi bo’lib xizmat qiladi.
Mehnat unumdorligining o’sishida texnikaviy asoslangan me’yorlar belgilashning ahamiyati kattadir. Texnikaviy asoslangan va programmasiz me’yorlar ham iqtisodiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Ularn ishlab chiqarishga ilg’or texnika va texnologiyani joriy qilish bilan qilish bilan bir qatorda mehnat intizomi va uyushqoqlikni mustahkamlanishini, ish haqining mehnat unumdorligining oshishishiga qarab muttasil o’stirib borishni ta’minlaydi.

Download 35.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling