Mavzu: Parrandalar pasterellyoz kasalliging patomorfologiyasi. Reja: Kirish
Download 327.01 Kb.
|
587f232e55f7d
Antigen tuzilishi. –P. Multocida ning ikkita antigeni bor: kapsulali (Kantigen) va somatik (O-antigen) K-antigen Karter bo’yicha 4 ta serologik tipga bo’linadi: A,B,D va E. K-antigen silliq variantiga (S) bog’liq bo’lib, kengish (R) va (M) mukoid shakllarda uchramaydi. K-antigen oqsil va polisaxaridlardan, Oantigen lipopolisaxarid oqsil kompleksdan iborat.
A-tipi shtammlari parranda, yirik shoxli mol, buyvol, cho’chqalarda; B- tipi asosan yirik shoxli mollarda; D-tipi shtammlari barcha turdagi hayvonlarda uchraydi; E- tipi shtammlari juda kam uchraydi va kasallikning tarqalishida uncha katta ahamiyatga ega emas (Vorobyov A.A. va boshqa., 2008). Parmanov J.M., (2001, 2004) va bir qator olimlar ilmiy izlanishlari natijasida pasterellyozga mikrobiologik tekshirishlar o’tkazilayotganda qo’zg’atuvchini K-antigeni bo’yicha fraksiyalashtirib diffuzion presipitatsiya usulida maxsus zardoblar bilan qaysi seroguruhga mansubligini aniqlash kerak deb xulosa qilishdi. Bundan keyin kasallikni o’rganishda gemolitika turiga va uning serologik xilma-xilligiga alohida ahamiyat berishishni ta’kidlashgan. Hozirgi vaqtda kasallangan parranda turidan, qat’iy nazar pasterellyoz haqida umumiy “gemorragik septisemiya” degan tushuncha eskirgan. Kasallikning kechishini o’zi va qo’zg’atuvchisining tarkibi oxirgi vaqtlar o’zgarib, har xil nozoetiologik birliklarga ajratilgan shuningdek bizning davlatimiz xo’jaliklarida pasterellyozning klassik ko’rinishi namoyon bo’ladi. Ajratilgan pasterellalarni har taraflama o’rganib chiqib, epizootiya davrida kasallikni qo’zg’atuvchining gemolitika turi, boshqa hollarda esa-multosida turi va kam hollarda aralash tiplari keltirib chiqaradi deb xulosa qilishgan. Pasterellaning multosida va gemolitika turlarini differensiya qilishning asosiy usuli, gemoliz, indol hosil qilish testlarini o’tkazish va Mak-Konki agarida o’stirish hisoblanadi. Gavrish V.G., Kolyujniy I.I., (2001) biofabrikada vaksina tayyorlashda ishlatiladigan pasterella shtammlarining (laboratoriyada quritilgan holda +40Cda 1 yil saqlangan) tinktorial, morfologik, kultural, fermentativ, antigen, virulentlik xususiyatlarini o’rganib chiqadi. Bularni o’rganishda qabul qilingan umumiy laboratoriya uslublaridan foydalangan. Barcha o’rganilgan shtammlar bir yil davomida o’zining xususiyatlarini saqlab qoladi deb xulosaga kelgan. J.M.Parmanov (2001, 2004), O’zbekiston xo’jaliklarida yirik va mayda shoxli hayvonlardan ajratilgan pasterellalarning turlarini o’rganib va ularni biokimyoviy xususiyatlari bilan bir-birlaridan farqlash maqsadida yillar davomida kasal yoki o’lgan buzoq va qo’zilardan ajratilgan 35 shtammni mikrobiologik tekshirgan. Kulturani morfologik, kultural, biokimyoviy ko’rsatkichlari, patogenligini o’rganib chiqqan. Patogenligini yangi ajratilgan kultura bilan oq sichqonlarni zararlab aniqlandi. Ma’lum bo’lishicha ko’p hollarda kulturani teri ostiga yuborib zararlash pasterellaning turidan qat’iy nazar natija bermaydi. Bu ko’p yillar ishlatib kelayotgan yo’riqnomaga zid hisoblanadi. Natijada, ko’pchilik hollarda yangi ajratilgan bulyon kulturasini 0,2-0,4ml dozada oq sichqonlarning qorin bo’shlig’iga yuborib zararlaganda, ular 16-18 soatda o’lgan. Virulentligi past kultura bilan zararlaganda esa 48-72 soatda o’lgan. Avtor, xulosasi bo’yicha, O’zbekiston regionida faqat yosh hayvonlarda kasallikni pasterellaning gemolitika turi yoki multosida serotiplari chaqiradi. Download 327.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling