Mavzu: Paxta to'qimachilik klaster. Ipakchilikda klaster usuli


Download 128.14 Kb.
bet3/13
Sana18.06.2023
Hajmi128.14 Kb.
#1557856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ibrohim

2022-yilda esa 134 taga yetdi va klasterlar respublikada mavjud paxta maydonlarining 100 foizini qamrab oldi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishdagi roli va masʼuliyatini oshirish, mahsulot yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchilarning manfaatdorligini taʼminlashga doir bozor tamoyillarini keng joriy etish maqsadida 2021-yil 16-noyabrda “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmonga asosan, paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika komissiyasi tashkil etildi. Shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etishda to‘rt tomonlama bitim imzolash tartibi joriy etildi. Bunda bitim Vazirlar Mahkamasining paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil qilish bo‘yicha qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi, tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyat hokimligi va paxta-to‘qimachilik klasterini tashkil qilish bo‘yicha talabgor o‘rtasida o‘ttiz yil muddatga, talabgor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet ellik yuridik shaxs bo‘lgan taqdirda yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilishi belgilangan
Bundan tashqari, bir hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki tegishli viloyat) barcha paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzishga ruxsat berildi. Bu esa o‘z navbatida fermer xo‘jaliklariga erkinlik berdi va ular manfaatdorligini oshirdi.
Shuningdek, Farmonga ko‘ra, tomonlarning hech bo‘lmaganda bittasi qarshi bo‘lgan taqdirda yoki tomonlarning bitimda ko‘zda tutilgan majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmasligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan o‘zaro tuzilgan shartnoma munosabatlari uch yil davomida to‘liq bajarilmay kelinganligini asoslovchi yozma murojaatlarining mavjudligi bois to‘rt tomonlama bitimni sud tomonidan bekor qilish tartibi joriy etildi.
Farmonda paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil qilishda yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxta xom ashyosining kamida 

Download 128.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling