- Shlakni himoyalash jarayoni metallni ustki qismida reaksiya borib, reaktsiya natijasida chokni tepa qismida shlak qatlami hosil bo`ladi. Gaz bilan himoyalangan muhitda payvandlashda yoy zonasiga gaz oqimi beriladi. Bu usulni gaz muhitida yoyli payvandlash yoki gazoelektrik payvandlash usuli deb yuritiladi.
- Elektr yoyli payvandlashda erigan suyuq metall havo tarkibidagi kislorod va azot bilan tezda bir-biri bilan reaktsiyalanadi. Natijada chokning ximiyaviy tarkibi o`zgarib, uning mexanik hossasini pasaytiradi. Shuning uchun erigan metallni himoyalash zarur. Himoyalash ikki turli bo`lishi mumkin.
- Payvandlash zonani va yoy atrofini gaz yordamida himoyalash
- Payvand vannasini shlakli himoyalash.
- Payvand zonani gaz bilan himoyalangan muhitda payvandlashda zararsiz, neytral gazlar ishtirokida payvandlash ishlari bajariladi.
- Himoya gazi sifatida geliy, neon, argon, ksenon va inert gazlari ishlatiladi. Bu inert gazlar yoyni yonishi natijasida borayotgan payvandlash jarayonida xech qanday ximiyaviy reaktsiyada ishtirok etmaydilar. Yuqorida ko`rsatilgan inert gazlar havoni tarkibida juda oz miqdorda bo`ladi. Himoyalangan gaz muhitida eriydigan elektrod bilan payvandlash faqat avtomatik va yarim avtomatik payvandlashda bajarish mumkin. Payvandlashda tokning miqdori 600 A oshmasligi zarur aks holda erigan metall vannadan sochilishiga olib keladi. Elektrod diametri 0.2-2 mm . Tok manbai o`zgarmas tok bo`lib, teskari yo`nalishdagi qutbda bajariladi. To`g`ri qutb bilan payvandlashda metallni sachrashi ortadi.Yoyni turg`unligi pasayadi.Elektrodni erishlik koeffitsiyenti 20-30 % ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |