Xizmat vazifasi


Download 17 Kb.
Sana09.03.2023
Hajmi17 Kb.
#1256248
Bog'liq
3 ГТҲХ инструктор қутқарувчи хизмат вазифаси uz-assistant.uz



«TASDIQLAYMAN»
Denov tumani FVB boshlig‘i
podpolkovnik
A.YU.Xujanov


«____” yanvar 2022 yil


Denov tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 8-Yong‘in-qutqaruv qismi
gaz tutundan himoya bo‘yicha instruktor-qutqaruvchi

XIZMAT VAZIFASI


535-sonli buyruq bo‘yicha xizmat vazifalar

Gaz va gutundan himoyalash xizmati tarkibiga bo‘linmalarning gaz va gutundan himoyalash xizmati faoliyatini taʼminlovchi qismlar, issiq tutunxonalar (mashq qildirish komplekslari) va shaxsiy tarkibni tayyorgarligini tashkil etishda ko‘llaniladigan boshqa texnik vositalar kiradi.


Garnizon gaz va tutundan himoyalash xizmati boshlig‘i etib, xududiy garnizon boshlig‘ining buyrug‘iga asosan. Tezkor boshqaruv xizmatining ushbu yo‘nalish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishga masʼul bo‘lgan guruhi boshlig‘i tayinlanadi.
Gaz va tutundan himoyalash xizmati boshlig‘ining ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha umumiy nazorat Tezkor boshkaruv markazi boshlig‘iga yuklatiladi.
Gaz va tutundan himoyalash xizmati boshlig‘ining vazifalari:
Garnizon bo‘linmalari boshliqlariga gaz va tutundan himoyalash xizmatini (bundan buyon matnda GTHX deb yuritiladi) tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatishi.
GTHX bazalari va nazorat postlarining faoliyatipi, GTHX guruxlari bilan mashg‘ulot o‘tkazish komplekslari jixozlanishini, ximoya gaziikoblar ishlatilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsagilishini nazorat qilish;
Garnizon va navbatchi smena xizmatini tashkil etishda bo‘linmalar shaxsiy tarkibini himoya gaznikoblarida ishlashga shayligini hamda mavjud tutunga qarshi texnikalar. texnik vositalarni ishlatishga tayyorlipshi nazorat kilish;
Himoya gaznikoblarida ishlovchi xodimlar bilan mashg‘ulotlar tashkil etishi va mashg‘ulotlarini o‘tkazilishini nazorat etishi.
Garnizondagi GTHX katta usta, usta va katta instruktorlarning ish faoliyatini muvofiklashtirish;
vazirlikning amaldagi buyruqlari asosida gaz va tutundan ximoyalash xizmatining ish faoliyatini tashkil etish;
GTHXning ilg‘or ish tajribalarini o‘rganishi va tatbiq etish;
Garnizon GTHXni apparatlar, tutunga qarshi texnika va texnik vositalar bilan taʼminlanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlarga ega bo‘lishi, GTHX yo‘nalishi bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Himoyalangan gazniqoblarda ishlayotgan xodimlar bilan sodir bo‘lgan baxtsiz xodisalar yuzasidan o‘tkaziladigan maxsus tekshiruvlarda ishtirok etish;
Gaz va gutundan himoyalash xizmatining xizmat xujjatlarini ishlab chikish.
Gaz va tutundan himoyalash xizmati boshlig‘i quyidagi xuquqlarga ega:
Garnizon bo‘linmalarida GTHX tashkil etilishini tasdiklangan jadval asosida tekshirish:
Tegishli mansabdor shaxslardan mazkur Nizom va boshqa normativ-xukukiy xujjatlarning GTHXga taalluqli bandlari bajarilishini talab qilish;
Garnizon bo‘linmalaridan mavjud GTHX holati to‘g‘risida zarur maʼlumotlarni so‘rab olish. boshqaruv organlari va quyi tizimlarda GTHX tashkil etish masalalari bo‘yicha normativ-xuquqiy xujjatlar bilan tanishish; boshqaruv organlari va quyi tizim rahbarlariga GTHX tashkil etish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berish;
Himoya gaznikoblarida ishlash qoidalarini buzgan hamda apparatlarda ishlashga ruxsatiomasi bo‘lmagan xodimlarni himoya gaznikoblarida ishlashdai chetlashtnrnsh;
Hududiy boshqaruv organi va bo‘linmalar rahbarlariga belgilangan tartibda GTHX xodimlarini rag‘batlantirish yoki jazolash to‘g‘risida takliflar kiritish.
517-sonli buyruq bo‘yicha xizmat vazifalar
GTXX ustasi, instruktor va texpiklarning vazifalari:
ushbu lavozimlarga tayinlangan xodimlar GTHX boshlig‘iga va baza joylashgan bo‘lim (guruh) boshlig‘iga bo‘ysunadi.
Mintaqa bazasidagi mavjud anjom-uskunalarning yuza va yaroqli holda saqlanishiga hamda xujjatlarning sifatli yuritilishiga masʼul xisoblanadi;
mavjud himoya apparatlarining tuzilishini va foydalanishda mehnatni muxofaza qilish qoidalarini hamda GTHX bazasidagi anjomlar bilan ishlashni mukammal bilishi, shuningdek mazkur doida talablariga asosan ishlar bajarilishini tashkil etadi;
GTHX bazasi xizmat ko‘rsatadigan FVV tarkibiy tuzilmalarga amaliy yordam beradi va gaz-tutundan himoyachilarni tayyorlash bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi;
FVV tarkibiy tuzilmalariga biriktirilgan himoya apparatlarini va ularning extiyot qismlarini hisobga oladi, GTHXning jangovar holatini, nazorat xonalarida himoya apparatlarining saqlanishi va ishlatilishini hamda xujjatlarning sifatli yuritilishini reja asosida tekshiradi;
siqilgan havo balloilarini vaqtida to‘ldirish va belgilangan muddatlarda sinovdan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Mavjud kompressor va apparatlarning bosim o‘lchagichlarini texnik ko‘rsatgichiga qarab belgilangan muddatda tegishli tashkilotlarda sinovdan o‘tkazish ishlariga maʼsul hisoblanadi;
mavjud himoya apparatlarining tekshiruv jadvalini tuzadi, xar chorak yakunida bir marotaba nazorat asboblarini tekshiruvdan o‘tkazadi, barcha GTHX anjomlarining soz holda bo‘lishini taʼminlaydi, shuningdek baza xizmat ko‘rsatadigan tarkibiy tuzilmalardagi reometr bosim o‘lchagichlarni ishlab chiqaruvchi korxoia formulyariga tekshirilganligi to‘g‘risida belgi (yorliq)ni yelimlab, unga tekshirilgan vaqt va natijasini imzo qo‘yish yo‘li bilan belgilaydi;
SXAning 2-sonli va kislorodli apparatning 3-sonli tekshiruvlarini o‘tkazadi hamda ularni taʼmirlash, tozalash va zararsizlantirish ishlarini amalga oshiradi;
GTHX bazasi xizmat ko‘rsatadigan himoya apparatlari holatini o‘rganib, xar chorak yakunida amalga oshirilgan ishlar va mavjud kamchiliklarni tahlil qiladi.

Tuzdi”


Denov tumani FVB 8-YOQQ
boshlig‘i kapitan M.Odinaboboyev

Tanishdim”


Denov tumani FVB 8-YOQQ GTXB
instruktor-qutqaruvchi katta serjant A.A.Musurmonov
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling