Mavzu: Pеdаgоg коmpеtеntligini оshirishdа intеrnеt rеsurslаridаn fоydаlаnish vа mаsоfаviy o`quv кurslаridа tа`lim оlish O`qituvchi: Xudoyberdiyev Nurislom Reja:
4
1
2
3
5
Veb sahifa tushunchasi va shakli, veb sayt
tushunchasi va shakli, veb portal tushunchasi
Internetga resurslarni joylashtirish va
ko`chirib olish
Masofaviy ta`lim va uning ahamiyati
1. Veb sahifa tushunchasi va shakli, veb sayt tushunchasi va shakli, veb portal tushunchasi - Veb-sahifa tushunchasi va shakli. Internet manzili (URL) bilan bir xil ma`noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb-saytning tarkibiy qismidir. Veb sahifa biror voqelik, xodisa yoki ob`yekt to`g`risida ma`lumotlarni o`zida jamlagan ma`lumotlar Fаylidir. Veb serverlar bazasi veb saytlardan iborat bo`lsa, veb saytlar esa o`z navbatida sahifalardan iborat bo`ladi
Fizik nuqtai nazardan u HTML turidagi Fаyldir. Veb sahifalar matn, tasvirlar, animasiya va dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo`lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo`lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi. - Veb-sayt tushunchasi va shakli. Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish) so`zining o`zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o`rgimchak to`ri ma`lum axborotni topish mumkin bo`lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Mazkur manzil veb-saytning bosh sahifasi manzilini ko`rsatadi.
O`z navbatida, bosh sahifada veb-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud bo`ladi. Veb-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma`lumotlardan tashkil topgan bo`lishi mumkin. Veb-saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib uning manzil maydoniga kerakli veb saytning manzili kiritiladi. Veb-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. - Veb portal tushunchasi. Veb portal (inglizcha “portal” – darvoza so`zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, uаngiliklar, forumlar va x.k) ko`rsatuvchi yirik veb-sayt.
- Veb saytlarning toifalari va vazifalari. Veb saytlarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va xodisa yoki biror shaxsning Internetdagi imidjini yaratadi. Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:
- Ta`lim saytlari
- Bu turdagi saytlarga ta`lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va masofaviy ta`lim saytlari kiradi, masalan: edu.uz, eduportal.uz
- Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan reklama agentliklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.
- Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet do`konlar, internet to`lov tizimlari va internet konvertasiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz, webmoney.ru, egold.com
- Ko`ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o`yinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga bag`ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz
- Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do`stlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va o`zaro muloqot o`rnatishga bag`ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: sinfdosh.uz, id.uz, odnoklassniki.ru
- Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo`jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.
2.Internetga resurslarni joylashtirish va ko`chirib olish - Internetga resurslarni joylashtirish va ko`chirib olish
- Axborotni serverga joylashtirish bir necha usullarda amalga oshiriladi. Masalan Plesk tizimi, FTP klient dasturlari yoki veb interfeys orqali resurslarni internetga joylashtirish mumkin. Bunda barcha yuklanayotgan ma`lumotlar server kompyuter xotirasidagi ajratilgan joyga joylashtiriladi.
- Biror ma`lumotni internetdagi biror kompyuterga joylashtirish uchun foydalanuvchi albatta shu tizimda qayd qilingan bo`lishi shart, aks holda yuklashga ruxsat berilmaydi.
- Ma`lumotlarni yuklab olish veb interfeys orqali yoki maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi.
- Bunda ko`rilgan veb saytdagi ma`lumotlarni Internet brouzerning saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin.
- Agar Fаyl ko`rinishidagi ma`lumotlarni yuklab olish kerak bo`lsa, u holda Fаyllarni yuklab olishga mo`ljallangan maxsus dasturlardan foydalaniladi.
3. Masofaviy ta`lim va uning ahamiyati - Masofaviy ta’lim
- Masofaviy ta’limda qo’llaniladigan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalar bilan tanishish, o’rganish va kerakli texnikaviy imkoniyatlarga ega bo’lgan kompyuter va dasturiy majmuani yaratish bo’yicha ishlar. Masofaviy ta’lim uchun o’quv uslubiy materiallarini yaratishga oid ishlar
- Interaktiv ta’lim o’qitishning, muloqotning distant uslubida, qolaversa, bu usulni amalga oshiruvchi bir qancha interaktiv (audio, Video, elektron anjumanlar, tele va ovoz kommunikatsiyalari, yerning sun’iy yo’ldoshlari orqali o’zaro aloqa va b.) va nointeraktiv texnologiyalar vositasida olib boriladi
- Kelajakda umumrivojlanishning yetakchi jabhalaridan bo’lib qoluvchi interaktiv masofaviy ta’limning ommaviylashishida Internet «on-line» ning roli, telekommunikatsiyalarning o’rni, barcha insonlarning Internetga barobar ochiq tashrif eta olishi uchun ajoyib yo’lak WWW (Web) texnologiyasini yaratgan olim Tim Berners Lining xizmati beqiyosdir.
- Hozirgi kunda masofaviy ta’lim AQShda mukammal shakllangan bo’lib, uning vujudga kelishi 1970 yillar oxiriga borib taqaladi. Avvalida masofaviy ta’lim sohasida o’quv muassasalari yakka holda faoliyat olib bordilar. 1980 yillarda yo’ldosh teleko’rsatuvlar rivojlanib borishi bilan, bu o’quv kurslari ustida bir necha o’quv muassasalari hamkorlikda ish olib bordilar.
- Quyida keltirgan saytlar orqali tekinga bilim olishingiz, malakangizni oshirishingiz va oxirida sertifikatga ham ega bo’lishingiz mumkin.
- 1. Intuit. Rasmiy sayti: www.intuit.ru - Oliy ta’lim va ikkinchi oliy ta’limni olish imkoniyati mavjud bo’lgan, shuningdek, professional qayta tayyorlash va malakani oshirish imkoniyatlarini taqdim qila oladigan yirik Rossiya internet-universitetidir.
- To’liq o’qish pullik, ammo intuit saytida turli sohadagi: informatika, fizika, matematika, iqtisodiyot va falsafa bo’yicha 500 dan ortiq kurslarni bepul o’qish (tinglash) mumkin. Hozirgi kunda ko’pgina kurslar Video darslar shaklida ham berilmoqda. Ta’limkurslarini tugatganda bepul elektron sertifikat olish mumkin.
- 2. Twirpx. Rasmiy sayti: www.twirpx.com - Adabiyot o’qish uchun kerakli manba. Bu yerda kam uchraydigan adabiyot namunalarini ham topish mumkin. Yuklab olish faqat ballar bilan amalga oshiriladi. Ballar esa ro’yxatdan o’tishda beriladi, keyin esa ularni shaxsiy materialingizni joylashtirganingizda yoki haqiqiy pulingizni kiritganingizda beriladi.
- 3. TED. Rasmiy sayti: www.ted.com - TED qisqartma so’z bo’lib, ingliz tilidagi "Technology, Entertainment, Design" so’zlarining birinchi harfidir. O’zbek tiliga "Texnologiya, San’at, Madaniyat" kabi tarjima qilish mumkin. Ushbu konferensiyada ko’plab ishlab chiqaruvchilar, olimlar, rassomlar, musiqachilar, muhandislar va boshqa ko’plab insonlar sahnaga chiqishadi va o’zlarining g’oyalarini bo’lishadilar.
- 4. Yandex maktabi. Rasmiy sayti: http://shad.yandex.ru/lectures/- Bu yerda Yandex ma’lumotlar tashxisi maktabi ma’ruzalari joylashtirilgan. Uning asosiy maqsadi aynan Yandex uchun, shuningdek, AKT industuriyasida ma’lumotlarni tashxis qilish va qayta ishlash hamda internetdan ma’lumotlarni olish bo’yicha malakali insonlarni tarbiyalashdir.
- 5. Coursera. Rasmiy sayti: www.coursera.org - Ushbu ingliz tilidagi loyiha har xil bilimlar bosqichi bo’yicha kurs tizimlarini o’tkazadigan universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Tinglovchilar faqatgina kurslarni o`qibgina qolmasdan, kursdoshlari bilan gaplasha oladilar, Coursera saytida testlar va imtihonlar topshiradilar. Coursera saytidan olingan sertifikatni mashhur www.linkedin.com saytidagi profilingizda ko’rsatishingiz mumkin.
- 6. Xan akademiyasi. Rasmiy sayti: https://www.khanacademy.org/ - Bir kuni Garvardni bitirgan qobiliyatli talaba Salmanxan boshqa shaharda yashaydigan kichkina amakivachchasini matematika fanidan qiynalishini bilib qoladi. U «YouTube» saytiga Videodarslarni joylashtirib, unga yordam bermoqchi bo’ladi va mashhur bo’lib ketadi
- Endi Xan akademiyasi saytida har xil mavzudagi 42000 dan ortiq bepul mikroma`ruzalar bor. Ulardan ko’pchilig rus tilida ham mavjud. Ushbu ma`ruzalarni oʻzbek tiliga oʻgirish uchu www.crowdin.net saytida roʻyxatdan oʻtib, amalga oshirish mumkin. Roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng, u yerdagi qidiruv funksiyasidan foydalanib, kerakli tarjima loyihasini topib, oʻzbek tiliga oʻgirish mumkin.
Topshiriqlar: - 1.Kasbiy bilimingizni oshirishda qaysi internet resurslarida foydalanasiz.
- 2. Internetda onlayn o’qish deganda nimani tushunasiz.
- 3.Masofaviy ta’limni o’z kasbiy faoliyatingizda qay darajada kerak deb o’ylaysiz.
E`tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |