Mavzu: pedagogik fanlar taʼlim mazmunini belgilovchi meyoriy hujjatlar: tahlil va mulohazalar. Mundarij a kirish


Download 42.3 Kb.
bet1/6
Sana14.07.2023
Hajmi42.3 Kb.
#1660222
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
durdoonaa1


MAVZU: PEDAGOGIK FANLAR TAʼLIM MAZMUNINI BELGILOVCHI MEYORIY HUJJATLAR: TAHLIL VA MULOHAZALAR.
M U N D A R I J A
Kirish.

  1. BOB. TA’LIM MAZMUNINI BELGILOVCHI ME’YORIY HUJJATLAR VA DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI.

    1. Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.

    2. Davlat ta’lim standarti.

  2. BOB. PEDAGOGIK FANLARNI O'QITISH METODLARI TASNIFI.

    1. Pedagogik fanlar mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. 

    2. Pedagogik fanlar mazmunini tanlab olish tamoyil va mezonlari

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan zamonaviy uzluksiz ta'lim tizimiga asos solgan ikkita juda muhim hujjat – “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingan. Ularning amaliyotga kiritilishi natijasida tarixan qisqa davrda tizimning nafaqat shakli, balki mohiyatida ham barkamol avlod tarbiyasini ta'minlaydigan keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Ta'lim tizimida hamdo‘stlik davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib, quyidagi me'yoriy-xuquqiy asoslar yaratildi. Jumladan:
“Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, barkamol avlodning voyaga yetkazish” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrdagi PF-1869-son farmonini birinchi bandi bilan “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturini xayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb belgilangan.
Respublikada ta'lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish yo‘lida olib borilayotgan islohatlarni amalga oshirish va bu borada qabul qilingan hujjatlar mohiyatini keng jamiyatchilik tomonidan chuqur anglab olinishiga har tomonlama sharoit yaratish – davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari, ta'lim-tarbiya muassasalari xodimlarining eng dolzarb vazifalari etib belgilansin deb ko‘rsatilgan.
Yana bir asosiy hujjatlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12 avgustdagi “Ta'lim to‘g‘risidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash va ularni amalga oshirishga oid chora-tadbirlar xaqida”gi № 406-sonli qarori hisoblanadi.
Bu hujjatni to‘ldiruvchi qo‘shimcha 1998 yil 5 yanvarda “Uzluksiz ta'lim tizimi uchun Davlat ta'lim standartlarini ishlab chikishi va joriy etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 5-sonli qarori qabul qilingan.
Bu qarorni 1-bandi bilan “Davlat ta'lim standartlari to‘g‘risida”gi “Nizom” tasdiqlangan.
Qarorni 5 bandida Oliy ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Davlat standartlash metralogiya va sertifikatlash markazi, ta'lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar bilan birgalikda “Davlat ta'lim standartlari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ta'limning tegishli turlari uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Shuningdek xujjatning ilovaliridan birida “Ta'lim muassasalari Ustavini ishlab chiqish tartibi” ko‘rsatilgan.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning ta'lim tizimini isloh etishdagi bu tarixiy farmon va qarorlari birinchi navbatda mamlakatimizning ta'lim tizimini isloh etish, kadrlar tayyorlashning o‘zbek modelini yaratish va uni hayotga tatbiq etish, kelajak taqdirini savodli, iqtidorli, har tomonlama intelekti rivojlangan yoshlar qo‘liga berishga intilishdek yuksak siyosiy, ma'naviy kuch ifoda etilganligini alohida ta'kidlash, uni tinglovchilar diqqatiga yetkazish va maktabni boshqaruv ishida bu muhim davlat hujjatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan.
Ta'lim muassasalari rahbarlari barcha o‘qituvchilarni bu me'yoriy hujjatlar mazmunidan xabardor bo‘lishlari, ularning ish rejalari, sinfdan tashqari ishlarida dasturulamal tarzida foydalanishini ta'minlash, hukumatning ta'lim tizimini isloh etish va rivojlantirishga oid har bir qarori mohiyatini anglash, undan yuksak davlat hujjati sifatida foydalanish, pedagog vazifasi va ta'lim muassasasi rahbar xodimining ish me'yori, yo‘naltiruvchi xususiyatiga oid bandlarni maktab direktori o‘zining ish rejasiga kiritishi, uning rahbariyati ostidagi pedagoglar ish rejasida ham bu muhim hujjatning asosiy jihatlarini kiritib ish olib borishini ta'minlashi lozim.

Download 42.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling