Mavzu: Pedagogik innovatsiya va uning o’ziga xosliklari. Reja
-rasm. Innnovatsion jarayon ketma-ketligi davrlari2
Download 35.51 Kb.
|
P va I 8
1-rasm. Innnovatsion jarayon ketma-ketligi davrlari2
1-rasmdan ko’rinib turibdiki, innovatsion jarayonning umumiy tuzilishi ta’lim muassasasidagi alohida muammoni aniqlash va hal etish bo’yicha harakat tuzilishidan, ta’lim muassasasidagi umumiy muammolarni hal etishga doir harakatlar tuzilishiga qarab boradi. Quyida innovatsion jarayon davrlarining har biriga alohida-alohida to’xtalib o’tamiz: Innovatsion jarayonning birinchi davri – ta’lim muassasasidagi muammoni aniqlash. SHuni qayd etib o’tish kerakki, avvalo muammo qisman yoki to’liq aniqlanishi mumkin.Ta’lim muassasasining alohida ob’ektiga tegishli muammo: birinchidan, mazkur ob’ektning avvalgi va kutilayotgan holatining tarkibiy qismlarini hal etish uchun zarur omillar mavjud bo’lsa; ikkinchidan, ta’limmuassasasidagian’anaviyvositalaryordamidaularni muvofiqlashtirish imkoniyati mavjud bo’lmasa; uchinchidan, mazkur ob’ekt bilan bog’liq kasbiy qiziqishlarga ega xodimlar belgilab olinganda, to’liq aniqlanishi mumkin. Innovatsion jarayonning ikkinchi davri – ta’limmuassasasidagimuammolarni haletishning muqobil variantlarini izlab topish. Innovatsion jarayonning ikkinchi davri ob’ektning kutilayotgan holati bo’yicha pedagogik jamoa faoliyati loyihasini tayyorlash va amalga oshirish bilan bog’liq. Alohida muammolarni hal etish variantlarini shakllantirish ta’lim muassasasidagi barcha ob’ektlarning mavjud holatini o’zgartirishga doir rivojlanish kontseptsiyasi va strategiyasini yaratish bilan bog’liqlikda ko’rib chiqilishi zarur. Rivojlanish kontseptsiyasi ta’lim muassasasida imkon boricha o’zlashtirishi mumkin bo’lgan yangi g’oya va texnologiyalarni taqdim etuvchi yangilanayotgan ob’ektning kutilayotgan holati modelini o’zida aks ettiradi. Rivojlanish strategiyasi o’zgartirilayotan ob’ektning yangi sifat holatiga o’tish bosqichlari, har bir bosqichdagi asosiy harakat yo’nalishlari, ularning o’zaro aloqadorligi va ular orasida resurslarning taqsimlanishini aniqlab beruvchi yangi sifat holatiga o’tishini ta’minlashning umumlashgan g’oyasidir. Rivojlanish rejasi ta’lim muassasasini rivojlantirish bosqichlariga mos keluvchi vazifalarni hal etish uchun zarur xatti-harakatlar va ularni amalga ooishirsh muddatlari, mazkur harakatlar orasidagi aloqadorlik, zarur manbalar ro’yxati, har bir kiritilayotgan yangilikning oraliq muddatdagi va yakuniy natijalarini o’zida aks ettiradi. Innovatsion jarayonning uchinchi davri ta’lim muassasasi ichki boshqaruvida quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadigan muammoga doir qarorlar qabul qilishdir: muammoni hal qilish bo’yicha ekspertlar guruhini tashkil etish; rivojlanishning umumiy va xususiy dasturlarini tasdiqlash va ularni amalga oshirilishini tashkil etish. Rivojlanish dasturini tasdiqlash – har bir aniqqlangan ob’ektni o’zgartirish, ta’lim muassasasi rivojlanishiga mos g’oyalarni amalga oshirish usullari haqida qaror qabul qilishdir. O.G.Xomerikining fikricha, agar innovatsion jarayonning dastlabki uch davri invariantli tuzilishga ega bo’lsa, to’rtinchi davr ta’lim muassasasini rivojlanish g’oyasini amalga oshirish tanlangan metod va usullarini aniqlab beradi 1 2 Download 35.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling