Mavzu: pedagogik jarayonni rejalashtirish reja kirish asosiy qism


Download 67.87 Kb.
bet2/12
Sana03.12.2023
Hajmi67.87 Kb.
#1796915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu pedagogik jarayonni rejalashtirish-fayllar.org

Kurs ishining maqsadi: Pedagogik jarayonni rejalashtirishni o’rganishdan iborat .
Kurs ishining vazifalari:
    • Mavzuga oid pedagogik yo`nalishidagi manbalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;


    • Pedagogik jarayonni rejalashtirishnining dolzarb muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash;


    • Pedagogik jarayonni rejalashtirishning ustuvor vazifalarini aniqlash;




Kurs ishining metodologik asosi. O`zbekiston respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon, Qarorlar, nutq va ma'ruzalarda maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, O`zbekiston respublikasi Hukumatining maktabgacha ta'limni sifat va samaradorligini ta'minlashga qaratilgan me'yoriy Hujjatlari, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 19 mart kuni bo’lib o’tgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus, mavzuga oid ilmiy­pedagogik, psixologik, metodik manbalar.
Ishining amaliy ahamiyati: kurs ishini tayyorlash jarayonida ilgari surilgan fikrlar, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim tizimida tadqiqot olib boruvchilarga, shuningdek maktabgacha pedagogika fani bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar yaratish, ish tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 3 bo`lim, umumiy hulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


  1. MTT da bolalar hayotini tashkil etish

Fiziologiya, gigiena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida MTT da kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi prinsiplari yuzaga keldi:


Har bir yosh guruxda bolalarni jamoachilik ruhda tarbiyalash va har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish.
Bolalarni yosh guruxlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil ztish.
Bolalarning har xil faoliyat bilan shug‘ullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur bo‘lgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigienik, pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob-anjomlar bilan ta’minlash.
Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini ta’minlash.
Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (uyin, mehnat, ta’lim) tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma’lum vakt ajratish.
Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan prinsiplar asosida almashtirib borish MTT ning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini to`g‘ri tashkil etish

Download 67.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling