Mavzu: pedagogik jarayonni rejalashtirish reja kirish asosiy qism
KUNNING BITINCHI VA IKKINCHI YARMINI REJALASHTIRISH
Download 67.87 Kb.
|
Mavzu pedagogik jarayonni rejalashtirish-fayllar.org
3. KUNNING BITINCHI VA IKKINCHI YARMINI REJALASHTIRISH
Mashg‘ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma’lum xajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo‘llash imkonini beradi. Bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarning hajmi mashg‘ulotdan-mashg‘ulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi birinchi mashg‘ulotda bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o‘rganadi. Keyingi mashg‘ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo‘ladi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xatti-harakatini kuzatishsa, kelgusi mashg‘ulotda bolalar uy hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o‘z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi to‘g‘risida gap boradi. Dastur materialini o‘rganish mashg‘ulotdan-mashg‘ulotga mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari aksariyat xollarda tarbiyachining tayyorlagan metod va usullariga, shart-sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarning yosh xususiyati asosan ko‘rgazmali metoddan kuzatish namoyish qilish metodi xikoya, suxbat tushuntirish; amaliy metod mashq o‘yindan foydalanishni takrorlaydi. Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo‘l bo‘lib, usullar yig‘indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo‘lish mumkin: ko‘rgazmali (ko‘rsatish), og‘zaki (savol, solishtirish, she’r aytish, topishmokdan foydalanish), amaliy (topshiriq, o‘yin, vaziyat usullari va boshqalar). Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Ko‘p xollarda metod va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg‘ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni bolalar yaxshi o‘zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Tarbiyachi o‘zining kalendar rejasida mashg‘ulotda foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga uning mazmunini ham ochib yozishi kerak. Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qo‘yish zarur. Agar tarbiyachi mashg‘ulotda topishmoq yoki she’rdan parcha keltirmoqchi bo‘lsa, uning mazmunini yozib qo‘ygan ma’qul. Solishtirishga o‘rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi. Tarbiyachining mashg‘ulotni rejalashtirishdagi ba’zi bir metod va usullarini ko‘rib chiqamiz. Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rayotganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri ko‘rgazmali-obrazli bo‘lishini e’tiborga oladi va asosan mashg‘ulotda ko‘rgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan ob’ektni bolaning hissiy idrok qilishini ta’minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Ko‘p mashg‘ulotlarda, ayniqsa-nutqni o‘stirish mashg‘ulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bo‘lgan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan olingan voqea-hodisalarni tarbiyachi xis-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir. Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga avval egallagan bilimlari bilan yangisini bog‘lash imkonini yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni o‘zlashtirib olishlarini yengillashtiradi. Tarbiyachi mashg‘ulotlarda foydalanadigan so‘zli metodda uning qiyinligini savollar tashkil etadi. savollarni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkurini faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy zo‘r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo‘lishi zarur. Mashg‘ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishini yengillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan bo‘lishiga yordam beradi. Mashg‘ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning eng qimmatbaxo aqliy xazinasi bo‘lib, u buyumlarni yaxshiroq o‘rganish va tushunishga yordam beradi. Kichik guruxlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko‘p bo‘lmaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib borishni o‘zining kalendar rejasida yozib qo‘yadi. O‘rta guruhda solishtirishga mo‘ljallangan buyumlardagi belgilar soni ko‘payadi va bolalardan buyumlarni kuzatib, ulardagi belgilarni ma’lum izchillikda bayon qilish talab etiladi. Katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalardan faqat ular ko‘rib turgan buyumlarning belgilarini sanash bilan chegaralanib qolmay, ularni solishtirishda tasavvurlaridan foydalanish ham talab etiladi. Solishtirishning bu murakkab shakli bolalarning yoshiga mos bo‘lib, ularning aqliy rivojlanishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi mashg‘ulotlarda o‘yin usulidan keng foydalanadi. O‘yin usuli mashg‘ulotning qiziqarliroq, jozibaliroqligini ta’minlaydi, mashg‘ulot jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bola osonlik bilan yengadi. Mashg‘ulot rejasida bolalarning xulq-atvori, qiziqishi, rivojlanish darajasiga qarab yakka tartibdagi ishlar ham rejalashtiriladi. Umumiy rivojlanishi biroz orqada kolayotgan, diqqati tarqoq, o‘ziga ishonchi yo‘q yoki o‘zi to‘g‘risida yuqori fikrli bolalarga ko‘proq e’tibor berish kerak. Shunday qilib, kalendar rejaga mashg‘ulotning dastur mazmuni, metodik usul unga kerakli ko‘rgazma va tarqatma materiallar, bolalar bilan individual ishlash rejalashtiriladi. Sayrni rejalashtirish. 1. Qoidali o‘yinlarning ta’lim-tarbiyaviy vazifasi ko‘rsatilgan xolda rejalashtiriladi. Kichik guruhda bitta yangi o‘yin yoki tanish o‘yinni rejalashtirish mumkin katta guruxda ham bolalarga tanish bo‘lgan 2 o‘yinni sayrning boshida va oxirida rejalashtirgan ma’qul. 2. Tabiatdagi, ijtimoiy xayotdagi voqea-xodisalarni kuzatish rejalashtiriladi. Masalan: harakatlanayotgan transportni, bayramga bezatilgan ko‘chani, farroshning ishini va shunga o‘xshashlarii kuzatish; barg yozayotgan, gullab turgan o‘simliklarni, yog‘ayotgan qor va hokazolarni kuzatish rejalashtiriladi. Bular xaftasiga 5-6 marta kuzatiladi. Ob-havoni kuzatishni oldindan rejalashtirib bo‘lmaydi. Buni kalendar rejasiga quyidagicha yoziladi: yaqin orada (xafta davomida) qor yog‘ishini kuzatish. Bu tadbir o‘tkaziladigan mashg‘ulot bilan uzviy bog‘lik bo‘lishi kerak. 3. Bolalarning maydonchadagi, polizdagi mehnati rejalashtiriladi: a) tabiatdagi mehnat (daraxt o‘tqazish, suv quyish, chopiq qilish, o‘simlik urug‘ini terish, xayvonlarni parvarish qilish va xokazolar); b) maishiy-xo‘jalik mehnati (barglarni yig‘ish, qorni tozalash, ayvonchani supurish, kafasni tozalash, yulkalarga qum sepish va shunga o‘xshashlar). 4. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar: jismoniy tarbiyadan asosiy harakatlarni mashq qildirish, san’at, ona tilini o‘rganish va boshqalar. Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo‘yicha tadbirlar yil fasllariga qarab tanlanadi, masalan, qishda yugurish, sakrash, yurish kabi ishlar rejalashtiriladi; emaklab, sirpanib yurish, gimnastika narvonchasidagi muvozanatni saqlashga o‘rgatuvchi mashqlar rejalashtirilmaydi. 5. Sport o‘yinlari (voleybol, stol tennisi, bagminton va shunga o‘xshashlar), sport ermak o‘yinlari (chang‘i, konki, chana, velosiped va boshqalar). 6. Maqsadli sayrlar maydoncha bo‘ylab va maydonchadan tashkariga o‘tkaziladi. Avval ekskursiyaga borib kelingan joyga maqsadli sayr uyushtiriladi. (Masalan, bahorda mana shu o‘tloqqa kelgan edik, shu vaqtgacha ko‘p narsalar o‘zgaribdi) 7. Qurilish o‘yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar sayrda bolalarning syujetli-rolli o‘yinlari yuzaga kelish va rivojlanishi, o‘yin harakatlariga bolalarni o‘rgatish usullari ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi kalendar rejasi o‘yin uchun olib chiqiladigan o‘yinchoklarni, ularning ayrimlarini ham ko‘rsatadi. Sayrga chiqishdan oldin tarbiyachi bugun sayr vaqtida nima bilan shug‘ullanishlari, kanday mehnat faoliyatini bajarishlari yoki qanday o‘yin materiallarini olib chiqishlari kerakligi to‘g‘risida bolalar bilan gaplashib oladi. Download 67.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling