Mavzu: pedagogik konfliktologiyaning fan sifatida paydo bo‘lishi


«PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA»NING ILM SIFATIDA SHAKLLANISHI


Download 1.53 Mb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1482366
1   2   3   4   5
Bog'liq
Saidqulova G.O. slayd

«PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA»NING ILM SIFATIDA SHAKLLANISHI.
  •  
  • Pedagogik konfliktologiya bugungi kunda mustaqil fan sifatida shakllanib bormoqda. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o‘rganish davlat hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni o‘rganishdan boshlangan.
  • Keyinchalik ilmiy qiziqishlarni ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, guruhlararo va shaxslararo konfliktlar fan ob’ektiga aylana boshladi.
    • Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, fan sifatida shakllana boshlagandan so‘ng, jamiyatda konfliktning tutgan o‘rnini o‘rganish jamiyat hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni o‘rganish, sistematik asosda ularni tahlil qilish va o‘zaro to‘g‘ri yechimga kelish zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi. Mustaqillikning dastlabki yillarida konfliktologiyaga oid bilimlar fanlararo paradigmasining konturlari belgilanib, ular asosi sifatida tizimli evolyusion yondashuv olindi. So‘nggi paytda konfliktologiya tarmoqlarini tashkil qilgan xususiy (alohida) konfliktologiya fanlarida bu fan muammosining ko‘p sonli qiziqarli va muhim tadqiqotlari o‘tkazilmoqda.
    • «PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA» FANNING O`ZIGA XOS XUSIYATLARI.
    • Bolalar va ota-onalar o'rtasidagi munosabatlar muammosiga turli psixologik maktablar va yo'nalishlar vaqillari: A.Adler, A. Maslou, C.Rojers, V.Satir, A. Freyd, Z.Freud, E.Fromm, E.Erikson va boshqalartomonidan e'tibor qaratildi va ularning davriylikka bag'ishlangan asarlar alohida ahamiyatga ega.
    • Bolaning aqliy rivojlanishi E. K.Vasilyeva, L. C.Vygotskiy, M. I.Lisin, D. I. Feldshteyn, E.Erikson va boshqalar tomonidan o`rganilgan. Bolalarning yosh xususiyatlari u yoki bu yoshdagi inqirozlar ota-onalar va bola o'rtasidagi ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Boshlang'ich maktab yoshida bola rivojlanishining ijtimoiy holati o'zgaradi. U yangi tadbirlarda faol ishtirok etadi uning muloqot doirasi kengayadi, uning atrofidagi ijtimoiy muhit o'zgaradi.
    • Maktab o'quvchisi uchun o'qituvchi - bu ma'lum funktsiyalarni bajaradi va bolaga yangi talablar qo'yadi.
    • Boshlang'ich sinf yoshida bolada xulq-atvorni o'zboshimchalik bilan tartibga solish imkoniyatlari oshadi, bola insonlar bilan o'zaro ta'sirlasha oladi va muloqotga kirishadi. Unda kattalar, tengdoshlarining qarashlari va fikrlarini hisobga olish, shaxsiy munosabat o'rniga barqaror xususiyatlar shakllana boshlaydi, motivlar va qadriyatlar, ba'zi xarakterologik xususiyatlar o'rnatiladi.
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling