Mavzu: Pedagogik muloqotda psixologik bog’lanish va shaxslararo mojaro. Pedagogik va boshqaruv muloqoti. Shaxsning o’z-o’zini tarbiyalashida pedagogik muloqotchanlikning ahamiyati
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-Maruza Muloqot va mojaro
Mavzu: Pedagogik muloqotda psixologik bog’lanish va shaxslararo mojaro. Pedagogik va boshqaruv muloqoti. Shaxsning o’z-o’zini tarbiyalashida pedagogik muloqotchanlikning ahamiyati Fan o’qituvchisi: Pedagogika va filologiya kafedrasi o’qituvchisi N.B.Djabbarova 1. Pedagogik muloqotda psixologik bog’lanish va shaxslararo mojaro. 2. Shaxslararo birgalikda harakat va do’stona munosabatlar. 3. Kishining kishi tomonidan idrok qilinishi. 4. Muloqotda teskari aloqa va muloqot treningi. Reja: Bog’lanish (lotincha,― yaqinlashish )-muloqotga kirishuvchilar o’rtasida ikki tomonlama aloqa bo’lishini taqozo etadi. Bunga erishish va uni ko’ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatga kirishuvchi shaxslarning o’zaro bir-birlariga xizmati, ishonchidan iboratdir. Pedagogik o’quv tarbiya jaraonida o’quvchilar bilan aloqa bog’larkan, ulardan o’qituvchi rolining o’zi taqozo etadigan darajada izzat – ikrom kutadi. Agar pedagog o’z tarbiyalanuvchilariga nisbatan ishonch va hurmat bilan munosabatda bo’lsa, u har qancha qattiqqo’l va talabchan bo’lgan taqdirda xam, uning eng arzimas tanbehlari ta’sirli bo’ladi. Talaba o’qituvchining so’zlarida o’ziga nisbatan hurmat- e’tiborni sezmasa, juda asosli va mantiqan to’g’ri pand -nasihatlarni ko’pincha loqayd qoldirishi mumkin. Munosabatdagi ma’naviy anglashilmovchilik- bu aytilgan talabning, iltimosning, buyruqning ma’nosi muloqot bog’lashgan sheriklar uchun muvofiq emasligidir. Bu xol ularning o’zaro hamjihatligi vabirgalikdaharakat qilishi uchunto’sqinlik tug’diradi. Agar pedagog talabalar psixologiyasini yaxshi bilsa, uni e’tiborga olsa, talabaning qiziqishlarini va e’tiqodini, yoshiga xos xususiyatlarini, ilgari egallagan tajribasini inobatga olsa, uning istiqboli va qiyinchiliklari bilan xisoblashgan holda ish tutadigan bo’lsa, ma’naviy anglashilmovchiliklarni bartaraf etish mumkin. Kishining kishi tomonidan idrok qilinishi Muloqotning perseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok qilish , tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo’ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi. Muloqot ishtirokchilari o’z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg’ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi. Shaxs boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l atvori va hatti-harakatlari, ular qo’llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va ana shu ma’lumotlarga tayangan holda o’zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishga to’g’ri keladi. Odamlar o’zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o’zining o’rniga qo’yib ko’rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o’y-fikrlari, mayllari va his- tuyg’ulari haqida tahmin qiladilar. Masalan, avgust oyi kunlaridan birida univrersitet qoshida hayajonlangan holda kitobni varaqlayotgan abituriyentlarni uchratib qolgan talaba o’zining abituriyentlik davrini eslaydi, ularning ruhiy holatini hayolan o’z boshidan kechira boshlaydi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling