Yosh o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik dilkashligini o‘rganish DASTURI
I.
O‘zingizda kishilar bilan muloqotga ehtiyoj sezasizmi?
Yolg‘iz o‘zingiz qolganingizda zerikasizmi, odamlar orasida bo‘lishni istaysizmi, yoki aksincha, yolg‘iz qolishdan qoniqish hosil qilasizmi?
Ko‘chada tanishingizni ko‘rib qolsangiz, u bilan gaplashish istagi paydo bo‘ladimi, yoki ehtimoliy suhbatdan qochishni istaysizmi?
Tanish do‘stlaringiz ko‘pmi?
Nima deb o‘ylaysiz, tanishlaringiz siz bilan muloqotdan zavq olishadilarmi?
Zaruriyat yuzasidan notanish kishilar bilan oson muloqotga kirisha olasizmi?
Telefonda uzoq gaplashasizmi (do‘stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringizga qaraganda)?
Sizda ba’zan shunday holat bo‘ladimi: masalan, jamoa bilan doimiy muloqot qilishdan charchagansiz, yolg‘iz o‘zingiz qolishni istaysiz, ammo bir necha soniya vaqt o‘tmasdan, siz yana kishilar va do‘stlaringiz bilan muloqot qilishga ehtiyoj his qilasizmi?
Ba’zan tanishlaringiz haqida o‘ylaganingizda ular bilan gaplashish istagi paydo bo‘ladimi va suhbatning lozim bo‘lgan mavzusi ham topiladimi?
O‘tkazilgan o‘z-o‘zini kuzatish asosida, o‘zingiz uchun dilkashlik xususiyatlarini kasbiy fazilat sifatida ahamiyatini aniqlang, shunda siz o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida pedagogik faoliyatingizdagi asosiy kamchiliklardan kelib chiqqan holda o‘zingiz uchun “Kommunikativ jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalashning individual-tipologik dasturi”ni tuzishingiz mumkin. Ushbu dastur – kasbiy fazilat sifatida o‘qituvchida dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantirish dasturi (o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish darajasi past bo‘lganida) bo‘la oladi hamda o‘quvchilar bilan muloqotda salbiy ko‘rinishlarni bartaraf etish (siqiqlik, tortinchoqlik, keskinlik va hokazo), kasbiy-kommunikativ ko‘nikma va malakalarni qisqa muddatda shakllantirishga zamin yaratadi.
Kommunikativ jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash tizimi individual, berilgan tavsiyalar inobatga olingan holda ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Tabiiyki, muloqotga oid ko‘p narsalarni har qanday o‘qituvchi o‘zining shunchaki sog‘lom tafakkuri va tajribasi bilan ishlab chiqishi mumkin. Masalan, boshqalar bilan muloqotda tabiiy noqulaylikni his qiladigan odamlar, bunday muloqotdan keyin o‘z tajribasini ongli ravishda orttirishi, psixologik to‘siqlarni ma’lum bir maqsadni ko‘zlab bartaraf etishi lozim. Buning uchun yosh o‘qituvchi turli seminarlarda, yig‘ilishlarda, o‘qituvchilar davrasida ko‘proq chiqish qilishga intilishi, hamkasblari va kishilar bilan muloqot qilishning har bir imkoniyatidan foydalanishi kerak.
Adabiyotlar:
Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toskent, 2006.
Maxsudova M.A. Muloqot psixologiyasi. Toshkent: Turon-iqbol, 2006. -115
Оmоnоv Х.T., Mаdiyarоvа S.А. vа bоshq. Pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr vа pеdаgоgik mаhоrаt. Mаgistrаturа uchun dаrslik. – T.: Iqtisоd-Mоliya, 2009.
Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.
Yuzlikаеvа E.R., Mаdyarоvа S.А., Yanbаrisоvа E.E., Mоrхоvа I.V. Tеоriya i prаktikа оbщеy pеdаgоgiki. – T., 2013.
Do'stlaringiz bilan baham: |