Mavzu: Pedagogik nizolarni bartaraf etish texnologiyasi
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
11-мавзу низолар
Mavzu: Pedagogik nizolarni bartaraf etish texnologiyasi 1. Pedagogik nizolar va ularning turlari. 2. Nizoli holatlar va ularni yuzaga kelish sabablari. 3. O’qituvchi – nizoli holatlar manbai sifatida. 4. O’qituvchi-nizoli holatlarni bartaraf etuvchi shaxs. 5. Ta’lim-tarbiyada krizisli vaziyatlar. 6. Pedagogik nizolar va ularni barataraf etish texnologiyasi. Bugungi glaballashuv sharoitida nizolar (iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy, madaniy va hokazo) va ularning yo’nalishi dunyo miqyosida tobora keng qamrovli xarakterga ega bo’lmoqda. Rivojlanish, fan-texnika taraqqiyoti, ekologik, tibbiy va tarbiyaviy muammolar nizoli holatlarni tabora kuchaytirmoqda. Barcha nizolar ichida pedagogik nizolar eng murakkab va dolzarb muammo sanaladi. Uning kelib chiqish sabab va oqibatlari shaxs tarbiyasi va madaniyati bilan bog’liq bo’lib, bu borada pedagog olimlar, tajribali o’qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar, mahalla faollari hamkorligida istiqbolli ishlarni amalga oshirishlari lozim. Olimlar va soha mutahassislari pedagogik nizolarning besh turi mavjudligini ko’rsatishadi. Nizolarning asosiy manbalaridan biri o’qituvchining o’zi ekanligi isbotlangan. O’qituvchining o’z kasbiga qiziqmasligi, tasodifan kasbga kirib kelib qolganligi, bilimining sayozligi, pedagogik nazokat va odobning etishmasligi, qo’polligi, ehtiyotsizligi, o’quvchi va ota-onalar bilan muomala qilishni bilmasligi, o’quvchining qalbiga yo’l topa olmasligi, o’quvchini tinglash madaniyatining pstligi, kasbiy pedagogik mas’uliyatni etishmasligi va shu kabi holatlarda o’qituvchini pedagogik faoliyat bilan bemalol shug’ullanib yurishi uni nizoli vaziyatlar o’chog’iga (manbaiga) aylanishiga olib keladi. O’quvchilik davrida bunday o’qituvchilarning kasb tanlov motivi shunchaki “diplom olish”, “ota-ona yoki bironta yaqin kishisining tavsiyasiga ko’ra oliy o’quv yurtiga kirib o’qishga undaganligi” asos bo’lib xizmat qiladi. Kasbni tasadifan tanlagan ba’zi bir talabalarni o’qishni tashlab ketgan hollari ham kuzatiladi. Ammo “bir iloj qilib diplom olsam, keyin bir gap bo’lar”, istagida ish tutganlarni tarbiya muassasasiga kelib qolishi bugungi kunda tasadifiy yoki kutilmagan holat emas. Ular go’yo chaqirilmagan mehmon kabi maktab ostonasini hatlab kirib kelgan bo’ladi. Aynan shunday “o’qituvchilar” hisobiga nizoli holatlar vujudga keladi. Bunday sharoitda maktab ma’muriyati ta’lim-tarbiya ishida tasodifiy insonlarning bo’lishiga yo’l qo’ymasligi, uning oldini olishi lozim. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling