Mavzu: Pedagogik ta’limotlar tarixi


Download 0.69 Mb.
Sana10.11.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1763468
Bog'liq
2-Мавзу. Ум.пед

Mavzu: Pedagogik ta’limotlar tarixi . .

  • Reja:
  • 1. Pedagogik g‘oyalarning rivojlanish bosqichlari.
  • 2.“Avesto” eng qadimgi ma’rifiy yodgorlik. Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlarida tarbiya va maktab.
  • 3. Sharq uyg‘onish davrida ta’lim-tarbiya taraqqiyoti. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino ilmiy merosi va didaktik qarashlari.
  • 4. Temuriylar davrida ilm-fan, ta’lim-tarbiyaning ravnaq topishi. XVII asr va XX asr boshlarida maktab va ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti.
  • 5. G‘arb Uyg‘onish davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti. Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi.


Eng qadimgi kishilarga xos bo‘lgan xislatlar, ularing dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi epos va miflarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Afsona va rivoyatlarda eng qadimgi ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan.
Taniqli o‘zbek pedagogika tarixi sohasining yetuk mutaxassisi Komiljon Hoshimov eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda quyida uch guruh manbalarga tayangan holda o‘rganishni tavsiya etadi:
1. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko‘rgazmali ashyolar.
2. Xalq og‘zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.
3. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.

  • Eng qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz xalq og‘zaki ijodi namunalari afsonalar, qahramonlik eposlari, qo‘shiqlar, maqol va iboralarda ham ko‘ramiz. Xalqimiz o‘z tarixiy - ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy og‘zaki ijodiy meros qoldirgan. Xalq folklorida ta’lim-tarbiyaga oid ilg‘or pedagogik fikrlar ilgari surilgan.

Har tomonlama yetuk axloqli shaxsni shakllanti­rishning hamma tarkibiy qismlari, ya’ni aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya va nafosat tarbiyasiga xos bo‘lgan hamda tarbiya ishida qo‘llash mumkin bo‘lgan pedagogik ma’lumotlar o‘zbek folklorining barcha jihatlarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, alla dastlabki hayot darsligi, ma’naviy boyliklarning bitmas - tuganmas hazinasidir.

Forobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyada nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi - «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ixso al-ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» kabi asrlarida allomaning ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari ifoda topgan.

  • Forobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyada nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi - «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ixso al-ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» kabi asrlarida allomaning ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari ifoda topgan.
  • Forobiy ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa ham, ammo har birining insonni kamolga yetkazishda o‘z o‘rni bo‘rligini alohida ta’kidlaydi.
  • Forobiy «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida» asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr yuritadi. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat, o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi.

Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi.
Ta’limni - insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - muayyan hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan axloq normalari va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi.
Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishi o‘rganishdir.
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda:
- o‘quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- tahlil qilish va taqqoslash;
- ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish;
- takrorlash;
- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etishga e’tibor berish kerakligi uqtiriladi.
Yan Amos Komenskiy pedagogika ilmning poydevorini qurgan, uning keyingi rivojlanish yo`llarini ko`rsatib bergan, o`zining ongli hayotini, amaliy pedagogik faoliyatini bolalarni o`qitish va tarbiyalashdek olijanob ishga bag’ishlagan ulug’ pedagogdir.
Buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy 1592 yil 28 mart tegirmonchi oilasida dunyoga keladi.
Komenskiy o`z asarlarida tarbiyaning maqsadini ko`rsatadi. Tarbiyaning maqsadi kishini mangulik dunyosiga tayyorlashdan iboratdir. Buni uch xil tarbiya orqali amalga oshirish mumkin:
- Aqliy tarbiya.
- Axloqiy tarbiya.
- Diniy tarbiya.
Komenskiy o`zining «Buyuk didaktika» asarida maktabda o`qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilishni tavsiya etadi.
1. Ko`rsatmalilik tamoyili;
2. Onglilik tamoyili;
3. Izchillik va tizimlilik tamoyili;
  • Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash tamoyillari.

  • Sinf — dars tizimi. Komenskiy o`qituvchi butun sinf bilan jamoa bo`lib ish olib borishini, ya`ni sinf — dars tizimida o`qitishni olib borishni tavsiya etdi. Komenskiy sinf — dars tizimini ishlab chiqadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling