Mavzu: Pedagogika fanlarni o`qitish metodlari va ulardan foydalanishning zarur shartlari mundarija: Kirish i-bob Ta’limni rivojlantirish bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati


II.2 Mavjud shart-sharoyitlardan kelib chiqib metod va


Download 185.82 Kb.
bet7/12
Sana30.04.2023
Hajmi185.82 Kb.
#1412416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu Pedagogika fanlarni o`qitish metodlari va ulardan foydala

II.2 Mavjud shart-sharoyitlardan kelib chiqib metod va
usullardan foydalanish

Yangi bilimlarni berish metodlari-biz o`qitish metodlarini tasniflashda


yetakchi metodlardan birini ajratdik. U bilimlar manbayi, yangi bilimlar
hamda tariflarni berish; tushuntirish, hikoya, maktab maruzasi metodlari
majmuyidir. Quyida ana shu metodlarning har birini alohida ko`rib chiqamiz.
Tushuntirishni ayrim tushunchalar, voqealar, harakat printsiplarini og`zaki
talqin etish deb anglash lozim. O`qitishning bu metodida eng asosiy narsa
mashg`ulotlarni ilimiy isbotlash mantiqdir. Ilimiy fikrlash mantiqi tushuntirishga qo`yiladigan asosiy talabni belgilaydi. Bu nimani belgilaydi? Avvalo o`qituvchi yangi materialni o`tishda foydalanilgan o`quv predmetining ilimiy mazmunini chuqur bilishi, dars uchun zarur metodlarni tanlay olishi va tushuntirishning samaradorligini belgilashi kerak. Bundan tashqari bolalar mazkur metodlarni o`rganishning maqsadini aniq `belgilashi ularga qiziqarli bo`ladigan faktli materialni tanlashi lozim. Uning uchun esa o`qituvchi o`quvchilarning psixologik va yosh hususiyatlarini yahshi bilishi tushuntirishda ularning diqqatini tez jalb etishi va bilishiga doir ishlarni faollashtirishi zarur. O`qituvchning nutqi yorqin, aytilgan so`zlari bolalarga tushunarli bo`lishi kerak.
Pedagogik texnologiya masalalari, muammolarini o’rganayotgan
o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedagogik
texnologiya bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq, hamda o’qitish
jarayonida qo’llanilishi zarur bo’lgan komp`yuter, masofali o’qish, yoki turli
texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedagogik
texnologiyaning eng asosiy negizi bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan
maqsadidan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari tanlangan
texnologiyalarga bog’liq deb hisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonda, maqsad
bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar,o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu o’qitish jarayonining asosi xisoblanadi.
Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni
o’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan,
oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Pedagogik texnologiya ta’lim maqsadlariga erishish va shaxsni rivojlanishiga
qaratilgan pedagogik faoliyatni muttasil ravishda rivojlantirish tizimi loyihasidir.
An’anaviy ta’lim texnologiyasida quyidagicha afzallik tomonlarini ko’rsatish
mumkin: Ma’lum ko’nikmalarga ega bo’lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni
o’rganishga foydaliligi, o’qituvchi tomonidan o’qitish jarayonini va o’qitish
muhitini yuqori darajada nazorat qilish, vaqtdan unumli foydalanish va aniq ilmiy
bilimlarga tayanish.
Kamchiliklariga to’xtaladigan bo’lsak: o’quvchilar passiv ishtirokchi bo’lib
qoladilar, o’qituvchining to’la nazorati barcha o’quvchilar uchun motivatsiyani
vujudga keltirmaydi, o’quvchilar o’qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha
olmaydi, eslab qolish darajasi hamma o’quvchilarda bir hil bo’lmaganligi sababli,
guruh bo’yicha o’zlashtirish darajasi past bo’lib qolishi mumkin, mustaqil
o’rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.
Noan’anaviy ta’lim texnologiyasining afzallik tomonlariga to’xtalib o’tadigan
bo’lsak: o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib kelishi, o’z vaqtida
aloqalarning ta’minlanishi, tushunchalarni amaliyotda qo’llash uchun sharoitlar
yaratilishi, o’qitish usullarining turli xil ko’rinishlarini taklif etilishi,
motivatsiyaning yuqori darajada bo’lishi, o’tilgan materialning yaxshi eslab
qolinishi, muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishi, o’z – o’zini
baholashning o’sishi, o’quvchilarning predmetning mazmuniga, o’qitish jarayoniga
bo’lgan ijobiy munosabati, mustaqil fikrlay oladigan o’quvchining shakllanishiga
yordam berish, nafaqat mazmunini o’zlashtirishga, balki tanqidiy va mantiqiy
fikrlashni rivojlantirishga yordam berishi, muammolarni echish ko’nikmalarining shakllanishi.
Kamchilik tomonlari esa: Ko’p vaqt talab etilishi, o’quvchilarni har doim ham
to’liq nazorat qilish imkoniyatining pastligi, juda murakkab mazmundagi material
o’rganilayotganda ham o’qituvchi rolining past bo’lishi, kuchsiz o’quvchilar
bo’lganligi sababli kuchli o’quvchilarning past baho olishi, o’qituvchilarning o’zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko’nikmalariga ega bo’lishining talab etilishi va h.k.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, noan’anaviy ta’lim texnologiyasi
quyidagilarga imkon yaratadi: o’z nuqtai nazari va fikr – mulohazalarini aniq, ishonchli tarzda bayon qilishga o’rgatadi, mustaqil fikrlash qobiliyatini
rivojlantiradi, axborot va uning manbalarini tadqiq qilish va baholashga o’rgatadi,
yuzaga kelgan vaziyatlarning sabab – oqibatli munosabatlarini topish, tahlil qilish, aloqalarini aniqlashga o’rgatadi, muammolarni qo’yish va ularning yechimini topish qobiliyatlarini rivojlantiradi, shaxslararo muloqot va munozaralar yuritish malakalarini rivojlantiradi, o’qituvchi va o’quvchilarni ijodiy izlanishga undaydi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni pedagogik texnologiyalardan farqi bir
butunlikda yondoshish, loyihalashtira olish, oddiydan murakkabgacha ishlab
chiqarish jarayoniga muvofiq yuqori natijalarga erishish yangi loyihalar tajribalar
ustida ishlashligi bilan farq qiladi.
Innovatsion so’zi inglizcha innaveshin so’zidan olingan bo’lib yangiliklar
kiritish degan ma’noni anglatadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalarning
maqsadi ta’lim jarayonida interfaol usullari qo’llay bilishlikdir. Innovatsion so’zi
inter – orasida, o’rtasida degan ma’nolarni anglatadi. Demak, ikki kishi orasida, jamoa o’rtasidagi faollik degan manoni kasb etadi.
Ilg’or pedagogik texnologiya ta’lim jarayonida bir butunlikdagi yondashish,
yuqori natijalarga erishish borasidagi ilmiy – amaliy asoslangan loyihlarni
tahlildan o’tkazib, ularni qo’llash maqsadida tashviqot ishlarini muntazam olib borishini ta’minlaydi.

Download 185.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling