Mavzu: Pedagogika fanlarni o`qitish metodlari va ulardan foydalanishning zarur shartlari mundarija: Kirish i-bob Ta’limni rivojlantirish bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati


Download 185.82 Kb.
bet1/12
Sana30.04.2023
Hajmi185.82 Kb.
#1412416
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu Pedagogika fanlarni o`qitish metodlari va ulardan foydala


Mavzu: Pedagogika fanlarni o`qitish metodlari va ulardan
foydalanishning zarur shartlari


MUNDARIJA:


Kirish


I-bob Ta’limni rivojlantirish bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati


I.1 Pedagogik texnologiyada dars o`tish metodikasi
II.2 Pedagogik texnologiyalarning turlari


II-bob Pedagogika fanlarini o’qitishdagi metod va usullari


II.3 Mavjud shart-sharoyitlardan kelib chiqib metod va usullardan
foydalanish
II.4 Ta’lim samaradorligini oshirishning interfaol usullaridan
foydalanish yo’llari.


Xulosa


Tajriba


Foydalanilgan adabiyotlar

K I R I SH


«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o’zlashtirish zarurligi ko’p karra takrorlanadi. Pedagogik texnologiyaning o’zi nima va u ananaviy talim metodlaridan nimasi bilan farqlanadi?


Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, talim muammolariga oid maruzalar, rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik texnologiya", "ilg’or pedagogic texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya" iboralari keng qo’llanilmoqda.
Aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiya asosida o’qitishni boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o’qitish va ta’lim berish metodlari, nazorat va natijalarni baholashni o’zaro aloqada va bir-biri bilan bog’liqlikda loyihalash- ko’pincha ananaviy o’quv jarayonida yetishmaydigan narsalardir.
Pedagogik adabiyotda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar (V.Bespalko, V.Guzeev, V.Slastenin, B.Lixachev, İ.Volkov, M.Choshanov, M.Klarin, İ.Lerner, Ch.Yudin va boshqalar) ham keltiriladi, ammo ularning birortasi YuNESKO tarifi darajasiga ko’tarila olmaganlar. Aytib o’tilgan olimlar orasida pedagogik texnologiya to’g’risidagi axborotni MDX mamlakatlari, jumladan, O’zbekistonda tarqalishida V.P.Bespalko va M.V.Klarinlarning tasiri kuchliroq. M.V.Klarin pedagogikadagi texnologik yondashuvning tarkibiy tuzilishi va mazmuni to’g’risida birmuncha to’laroq ma’lumotlarni e’lon qilgan.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan – kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi – talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi.
O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi – talaba asosiy figuraga aylanadi.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Ushbu masalalar bizning kurs ishining dolzarbligi bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi: Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish yo’llarini o’rganish.
Kurs ishining predmeti: Ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish yo’llari



Download 185.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling