Mavzu: Pedagoglik kasbi va uning vazifalari


Download 58.01 Kb.
bet1/2
Sana02.12.2023
Hajmi58.01 Kb.
#1780801
  1   2
Bog'liq
1-seminar


mavzu: Pedagoglik kasbi va uning vazifalari
(Seminar mashg‘uloti ishlanmasi 2 soat)
Reja
1.Pedagoglik kasbining paydo bo‘lishi va demokratik jamiyatda pedagoglik kasbining o‘ziga xosliklari.
2.Sharq va G‘arb pedagoglarining pedagoglik kasbiga doir fikrlar.
3.Pedagogning shaxsiy va kasbiy sifatlari (O’qituvch maqomi to’g’risida ID-1852).


1-topshiriq. Pedagoglik kasbining paydo bo‘lishi va uning vazifalariga doir blis-so‘rov savollari

  1. Dastlabki maktablar qayerda paydo bo‘lgan?

  2. “Pedagog” tushunchasining ma’nosi?

  3. Afinada maktab tizimi qanday tashkil etilgan edi?

  4. Yunonistonda pedagogikani rivojlanishiga xissa qo‘shgan mutaffakkir olimlaryb sanang?

  5. Suqrot o‘z ta’limotida qanday tushunchalarini belgilab beradi?

  6. Aristotel tarbiya muddatini necha bosqichga bo‘ladi?

  7. Demokrit bolalarga namuna bo‘lishda nimalarga alohida ahamiyat beradi?

  8. Sharqdagi akademiya ko‘rinishidagi ta’lim muassasasini sanang?



2-topshiriq. “Ikki qismli kundalik” metodi



Fikr (g‘oya, munosabat,xulosa)

Sharx

1

Dehqon va muallim
Dehqon nopob urug‘ sepsa, achchiq “hosili”ni bir o‘zi “o‘rib oladi”. O‘sha yili.
O‘qituvchi bolaning qalbiga nobop urug‘ sepsa, achchiq “hosili”ni butun jamiyat o‘rib oladi. Yigirma yildan keyin...
Muallim moddiy boylik yaratmaydi, deydiganlar jamiyatni ichidan portlatuvchi bombadir!
(O‘tkir Hoshimov)




2

Ustoz otangdek ulug‘, deganlari bejiz emas. Ota hayot beradi. Ustoz esa yashashga o‘rgatadi. Tug‘ilishdan ko‘ra yashash qiyinroq....




3

Maktabimiz biqinidan ariq oqardi. Ariqda charxpalak bor edi. Katta tanaffusda charxpalakni tomosha qilishni yaxshi ko‘rardim... Yog‘och gardishi ko‘hna, temir paqirchalari zanglab ketgan. Parraklariga ko‘kimtir suv o‘tlari yopishgan...birov yolg‘ondan turtib yuborsa, rostdan qulab ketadigandek... Charxpalak nolali chiyqillab aylanadi. Kiftida suv ko‘tarib yuqoriga olib chiqadi... Tepaga chiqib olgan suvi ortga qaytmaydi... Charxpalak ham bunga ranjimaydi. Yangidan-yangi suv tomchilarini yuqoriga ko‘tarib beraveradi... Nolali g‘iyqillaydi...
Oradan ko‘p yillar o‘tib, o‘sha charxpalak tushlarimga kiradigan bo‘ldi. Nega shunday bo‘lganini uzoq o‘yladim...
So‘ng...bir haqiqatni angladim. Men charxpalakni emas, ustozlarimni qumsar ekanman.
Suv – suv emas, men ekanman! Charxpalak – charxpalak emas, o‘qituvchilarim ekan!
Meni –bir tomchi suvni katta hayot yo‘liga olib chiqib qo‘ygan ustozlarim – charxpalak zahmatini oqlay oldimmikan?..bilmadim.
...Ko‘hna charxpalak hamon tushlarimga kiradi...







Download 58.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling