Mavzu: pedogogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmun mohiyati
Download 186 Kb.
|
PEDOGOGIK VA IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATNING MAZMUN MOHIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI. Foydalanilgan adabiyotlar
- 2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha milliy dasturni tasdiqlash to’g’risida
MAVZU: PEDOGOGIK VA IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATNING MAZMUN MOHIYATI Reja: I.Kirish II. Asosiy qism Pedogogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmun mohiyati Ijtimoiy pedagogik faoliyat. Ijtimoiy tarbiya. III. Xulosa VI. Foydalanilgan adabiyotlar adabiyotlar “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”1 Sh.M.Mirziyoyev KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Ijtimoiy pedagogika garchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim sohasi va fan sifatida mavjud bo’lgan bo’lsa ham, O’zbekiston uchun yangi xodisa va tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va amaliy tajribalari tizimlashtirilmaganligining sabablari O’zbekiston tarixiy rivojlanishining murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga salbiy ta’sir ko’rsatgan hodisalarga XX asrning 30 yillarida boshlangan ijtimoiy tarbiyaning diskreditatsiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi va chet ellik hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning tushirilishi, umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida jim turish siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat an’analarining yo’q qilinishi kiradi. Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimizning “Islohot-islohot uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini ko`tarishga qaratilganligidadir” - degan fikrlaridan ham ko`rishimiz mumkin. Hayot, bozor iqtisodiyotiga o`tish, isloqotlar jarayonida ya'ni jamiyat a'zolarining, fuqarolarning ongida qanday o`zgarishlar ro`y bermoqda, fuqarolik jamiyati qayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo`lda o`z yo`lini topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va qanday ta'sir o`tkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday ta'sir ko`rsatmoqda. Muhtojlarga ijtimoiy-pedagogik yordamni amalga oshirish, jamiyatda insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini amalga oshirishga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo bo’lgani bilan ham izohlanadi. Bu masalaning ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq anglangan. Uzluksiz ta'lim tizimi individ dunyoga kelgandan boshlab to maktabdan tashqari ta'lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi. Ta'lim-tarbiya muassalari o`z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin, ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa jamiyatning barcha a'zolari ushbu ziddiyatlarni yengib, ulardan to`g`ri xulosa chiqara oladilarmi! Demak, ta'lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta'sirlar, ya'ni kundalikli ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko`rsatayotgan ta'siri, ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o`rganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e'tibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga keltirmoqda. Kursning nomidan ham ko`rinib turganidek, ijtimoiy qayotning turli jabqalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o`z ta'sirini ko`rsatadi. O’zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmoni 2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha milliy dasturni tasdiqlash to’g’risida Maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq ta’limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq: 2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur (keyingi o‘rinlarda — Rivojlantirish dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Rivojlantirish dasturining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin: Maktab ta’limiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturini to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish; Jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib rag‘batlantirish; o‘qituvchilarning yoshlarga ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyatini, doimiy kasbiy rivojlanishdagi talabchanligini oshirish; Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, ilg‘or maktab direktori va namunali o‘qituvchi mezonlarini ishlab chiqish hamda ular asosida rahbar va pedagog kadrlar faoliyatini baholab borish; Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, mazkur yo‘nalishda uzluksiz monitoring, baholash va prognozlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, bola ta’lim-tarbiyasida oila, ayniqsa, ota-onaning o‘rnini oshirish. Download 186 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling